Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu : Ilk o’rta asrlarda Hindiston



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə18/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu : Ilk o’rta asrlarda Hindiston
Reja:

  1. Gupta davlati davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi.

  2. Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati.

  3. Hindistonga arab va turklarning kirib kelishi .

  4. Dehli sultonligining tuzilishi.

Tayanch iboralar:
Gupta davlati, Xarsha imperiyasi, qishloq jamoasi, yer egaligi, G’aznaviylar sulolasi, G’aznaviylar sulolasi, Dehli sultonligi.

IV- asr boshlarida Hindiston bir necha o`nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo`lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar- rojalar turar edi, ular hukmron tabaqalarga brahmanlar tabaqasiga (kohinlarga) va kshatriylar tabaqasiga (harbiy zodagonlarga) suyanar edi. 320- yilda shimoliy Hindistonning rojalaridan biri Chandragupta I- (320- 340) atrofidagi podsholarni tor-mor qilib, Gang daryosi bo`yida katta bir davlat tuzdi, bu davlat Gupta deb atalib, VI asrning boshlarigacha yashadi. (Guptalar sulolasi; Chandragupta I(320-340),Samudragupta(340-380),Chandragupta II Vikramaditya(380-414),Kumaragupta I(414-455),Skandagupta(455-470),Kumaragupta II(470-475),Budxagupta(475-500),Vaynyagupta(500-515),Narasimxagupta(515-530),Kumaragupta III(530-540).Vishnugupta(540-550).


Chandraguptaning vorislari Samudragupta (340-380) va Chandragupta II (380-414) o`zlarining istilochilik yurishlari bilan mashhur edilar.
Gupta davlati - Gang daryosining quyi oqimini, Dekan yassi tog`larining bir qismidan to Narbad daryosigacha bo`lgan joylarni o`z ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shahri edi. Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan quldorlik xarakterida edi. Qullardan turli irrigatsiya va qurilish ishlarida foydalanilardi. Qullar bozori bor edi, bu yerga qullar nafaqat Osiyodan, Afrikadan ham keltirardi.
Hind jamiyatida quldorlikka xos alomatlar mavjudligi aholining kastalarga (tabaqalarga) bo`linishda ko`rinardi. Qadimiy kastalarning 4 ta guruhi brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (jangchilar), vayshiylar (dehqonlar, hunarmandlar savdogarlar), shudralar (sobiq qullar, qaram kishilar) y`ani kishi xazar qiladigan ishlarni bajaruvchi kishilardan tashkil topgan edi.
O`rta asrning boshlariga kelib ular ancha takomillashdi. Braxmanlar va kshatriylar kohin va harbiy tabaqalarga aylanib ketdilar, davlat hokimiyati ular qo`lida edi. Shu bilan birga ular juda ko`p qullari bo`lgan eng yirik yer egalari edi. Keyingi kastalar vaqt o`tishi bilan maydalashib bordilar. Gupta davrida kastalarning miqdori bir nechta turdan oshdi.
Hindistonga har bir qishloqning ma`lum miqdorda ekinzor yeri va yaylovi bor edi. Har bir qishloqning tepasida oqsoqol va yana bir necha mansabdor kishi turar edi.
Guptalar davlatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichida paxtadan yigirilgan ip, undan to’qilgan gazlama va shoyi matolarga ichki va tashqi bozorlarda talab katta edi.
Temirga ishlov berish natijasida o’z davrining noyob kashfiyoti bo’lgab po’lat ustun uzunligi 7,2m, og’irligi 6,25 tonnalik po’lat ustun 1,5ming yil mobaynida zanglamagan.
Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. U V asrdayoq tushkunlikka uchray boshlagan edi, sababi mehnatkash oila ahvolining og`irligi edi. Hukmron sinflar haddan ziyod zeb – ziynat ichida yashadi; dehqonlarga og`ir soliqlar solindi, ular o`zlari yetishtirilgan hosilning ko`p qismini soliqqa to’lashga majbur edi. Davlat foydasiga majburiyat o’tab berish hind dehqonlarini holdan toydirdi.
Gupta podsholigiga uzil- kesil zarba bergan narsa eftalitlarning hujumi edi.530 yilda eftalitlar Guptaning vassali roja Yasodxarma tomonidan tor-mor qilindi. Eftalitlarni yenggandan keyin Yasodxarma Gupta dinastiyasiga itoat etishdan bosh tortib, o`zi maxaroja unvonini oldi.
VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati bir muncha vaqtgacha yuksalib bordi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi. So`ngra u butun shimoliy Hindistonni o`ziga bo`ysundirdi. Xarsha davlati Gang daryosi vodiysi bo`ylab sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo’ltig`igacha bo`lgan hududni o`z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal edi. Hammasi bo`lib 40 tacha knyaz unga qaran edi. Xitoylik sayyoh Syuan Szyanning yozishicha, Hindistonda VII asrda 70 ga yaqin katta – kichik knyazliklar bo`lgan.
Xarsha imperiyasi uzoq umr ko`rmadi. Uning hokimiyati feodallashuv jarayoning kuchayishi, o`z vassalari rojalar qudratining tobora ortib borishi natijasida zaiflashdi, bu rojalar pirovardida butunlay mustaqil bo`lib, olib markazga itoat qilmay qoydilar.
Xarsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi. Uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqichlariga qarshilik ko`rsata olmagan tarqoq bir mamlakat bo`lib keldi. VI-VII asrlarda Hindistonda feodal munosabatlar yanada rivojlandi. Feodallashuv jarayonning tezlashishida shimoliy Hindistonning siyosiy jihatdan parchalab ketishi katta rol oynadi. O`nlab mayda knyazliklar vujudga keldi, bu knyazliklarning knyazlari yirik yer egalari edi, ular qishloq jamoalarini o`zlariga boysundirib olib, qattiq ekspluatatsiya qilardilar. Buyuk knyazlar, maxorajalar va vassal knyazlar ularga qaram knyazlar, rojalar bo’lar edi. Unisida ham, bunisida ham ularga qaram professional jangchilar bo`lib, ularga harbiy xizmat o`taganlari uchun yer uchastkalari in’om qilinar edi. Jamna va Gang daryolari o`rtasida bu xildagi hind ritsarlari ayniqsa ko`p edi. Bu yerlarda vujudga kelgan juda ko`p sonli ritsarlar tabaqasi rajputlar (tarjimasi; ’’shoh farzandlari’’) degan nom oldilar. Borib-borib rajputlar qadimiy harbiy tabaqa bo`lgan kshatriylar bilan aralashib ketdi. Feodal yer egalarining rivojlanishida hind ibodatxonalari ancha katta rol oynadi. Hind kohinlari juda katta yerlarga ega edilar. Ba’zi ibodatxonlarning 1000 va hatto 1500 ta qishlog`i bo’lar edi. Jamoachi dehqonlar hosilning katta qismini ibodatxonalarga to`lar edilar va ibodatxona ularni sud qilish huquqiga ega edi. VII asr oxirida Eron va Afg`onistonni bosib olganlardan keyin, arablar Hindistonga bevosita qo’shni bo`lib qoldi. Bundan tashqari arablar Hindistonga dengiz bilan yani Fors qo’ltig`i bilan borib, Hind okeanidan ham hujum qila olar edi. 712 yilda ummaviylar sarkardalaridan biri Muhammad ibn Qosim Basradan suzib o`tib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Oradan bir necha yillar o`tgach, arablar Hindistongan quvib chiqarildi. Islom dinining targ`ib qilinishiga hindlar dushmanlik nazari bilan qaradi, chunki islom dinini ular chet ellik bosqinchi va talonchilar deb hisobladi, hinduizm esa islom diniga qarshi milliy din edi.
Musulmonlar hujumi XI asrning 2 chi yarmidan qaytadan boshlandi bu safargi hujum ilgarigi hujumdan qattiq bo`ldi. Bu hujum uchun eng asosiy zamin tug`dirib bergan narsa shu bo`ldiki, bu G`aznaviylar davlati vujudga kelgan edi. (G`aznaviylar X-XII asrlarda O`rta Sharqda mavjud bo`lgan feodal davlat va sulolaning noni. G’aznaviylar davlatida turkiy qabilalar hukmronlik qilgan. Asoschisi-somoniylar lashkarboshi Alptakin. U 962- yilda qo`l ostidagilarga suyanib, G`azna viloyatida o`z hokimiyatini o`rnatdi. Xusrav Malik vafotidan so`ng 1187 yilda g`aznaviylar hokimiyat tepasidan ketdi.) Sulton Mahmud G`aznaviy (998-1030) sharqiy Eron va Afg`oniston yerlarining 1017 yildan e`tiboran esa Amudaryoning narigi tomonidagi yerlarni y`ani Buxoroni ham o`z qo`l ostiga oldi.
Mahmud G`aznaviy shimoliy Hindistonga 17 marta yurish qildi. Hindiston shaharlari nihoyat darajada talandi bu yurishdan u minglab hindlardan asir qilib olib ketgan edi, u ayniqsa hind ibodatxonalarini talab, karvonlarga oltin kumush va qimmatbaho toshlar olib ketdi. G`azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bunda Hindiston ustalari ishlagan edi.
1030 – yilda Mahmud G`aznaviy vafot etgan paytda uning imperiyasi Amudaryo qirg`oqlaridan tortib to Gang daryosigacha borgan butun Hind daryosi havzasini ham o`z ichiga olgan edi. Shunday bo`lsada Hindistonning ishlashiga juda ko`p musulmonlar-xurosonliklar,turk va afg`onlar borib o`rnashdi. Shimoliy sharqiy Hindiston (hoz. Pokiston) aholisining bir qismi islom dinini qabul qilib bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi.
XII asr oxirlarida Hindistonga G`azna istilochilari 2 chi marta hujum qildi. 1175 yilda G`azna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90-yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o`rtasidagi butun yerlarni so`ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Muhammad Guriy vafotidan keyin (1206- yildan)- (guriylar sulolasi-Suri xonadonidan chiqqan, guri sultonlarining sulolasi bo’lib, 1148-1206 yillarda boshqarib, o’z hokimiyatini hozirgi Afg’onistonning deyarli butun hududiga yoyib, Shimoly Hindistonni ham bosib olishgan edi), uning noibi Qutbiddin Oybek G`aznadan ajralib chiqib, Hindistonning shimolida (hoz.Hindiston Respublikasining poytaxti Dehlini markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi, yangi davlat shaharning nomi bilan Dehli sultonligi deb ataladigan bo`ldi.
XIII asr boshlarida G`azna sultonlaridan mustaqil bo`lib olgan poytaxti Dehli shahri bo`lgan sultonlik tashkil topdi. Bu davlatni shimoldan kelgan musulmon feodallari tuzdilar. Dehlining birinchi sultoni Qutbidan Oybek bo`ldi.
Musulmonlar lashkarlari turli qabilalardan tuzilgan bo`lib, uning asosini turk qabilalari tashkil qilgan. Qo’shinning harbiy boshliqlariga mamlakatning bosib olingan yerlarida yirik viloyatlar boshqaruvi topshirilgan.
Arab xalifaligidagi kabi mamlakatdagi barcha yerlar Dehli sultonining mulki deb e`lon qilindi. Dehli sultonligi (1206- 1526 yillarda Hindistonni boshqargan sulola).


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin