Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə69/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Latin imperiyasi – to’rtinchi salb yurishlari qatnashchilari tomonidan bosib olingan Vizantiya imperiyasining Yevropa yer-mulklarida Konstantinopol poytaxti qilib asos solingan feodal davlati.
Legat – Rim papasining bajarilishi ma’lum muddatga belgilab qoyilgan alohida topshiriq bilan chet elga safarbar qilingan favqulodda elchisi.
Livoniya ordeni – qilichbardorlar ordenining Tevton ordeni bilan qo’shilib ketishi natijasida 1237-yilda Sharqiy Boltiq boyida maydonga kelgan diniy ritsarlik ordenining keng tarqalgan nomi.
Lyublin uniyasi – 1569-yilda umumiy Lyublin seymida Polsha va Litvaning davlat birlashuvi.
Mayordom – palata meri, Merovinglar sulolasi davridagi Franklar davlatida yuqori martabali mansabdor shaxs. Davlatni boshqarishda eng ko’p funksiyani o’z qo’llariga to’plab borayotgan mayordomlar VII –asr boshlarida Merovinglar qirollarining qulashi bilan paralel ravishda Frank davlatining barcha uch qismida: Burgundiya, Neystriya va Avstraziyada ichki va tashqi siyosatga amalda rahbarlik qilishni o’z qo’llariga oldilar. Avval qirol tomonidan tayinlab qoyiladigan mayordomlar endi yirik feodal aristokratkar qatoridan saylab qoyiladigan bo’ldi.
Malta ritsarlari(Malta ordeni) – ilgarilari gospitalerlar, ionitlar va rodos ritsarlari deb atalgan diniy jamiyat azolari. Bu ritsarlar 1530-yilda imperator ayni vaqtda Sitsiliyaga ham qirol deb hisoblangan Karl V dan O’rta dengizni va uning qirg’oqlarini turk va Afrika dengiz qaroqchilaridan saqlab turish majburiyatini olib, Malta orolini oldilar. Malta ritsarlari dengizda Jazoir, Tunis, Tripoli va Levantiya qaroqchilariga qarshi aktiv kurash olib bordilar va turklarning (1565y) ayovsiz hujumlarini qaytarib turdilar.
Mamluklar – 1250-yildan boshlab Misr (1507-yilgacha) va Suriyada (1516-yilgacha) mustaqil ravishda hukmronlik qilgan Ayubiylar sulolasining oxirgi qul-jangchilari.
Mans – O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada dehqon xo’jaligi majmuasini tashkil etuvchi uy xo’jalik qurilishlari hamda yer-mulklar kompleksi. Mans tarkibiga haydaladigan yerlar, yaylovlar, ba’zan uzumzorlar kirgan. Dala yerlarini o’z ichiga olgan Mans maydonlari 6-8 ga dan 25-30 gektargacha (ko’pincha 10-15 ga) bo’lgan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin