Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


USHINSKIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə3/8
tarix03.05.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#126314
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika kurs ishi

1.2 USHINSKIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI
Ushinskiyning pedagogik farliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o‘z ishini tuxtatishga majbur qildi. Bu xatda u go‘yo siyosiy jixatdan ishonchsiz kishi deb, ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o‘z vatanidan ketishga majbur bo‘ldi. U xorijiy mamlakatlar-da yurgan davrida o‘zining butun kuch-g‘ayratini talim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop zttirishga yo‘naltirdi. Natijada,, 1861 yilda uning I va II o‘kuv, yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo‘llanma» degan uslubiy asari e’lon qilindi. 1870 yilda zsa III o‘quv yili uchun xam «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika soxasidagi asosiy nazariy asari xisoblangan «Kishi—tarbiya asoschisi sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo‘linib nashr qilina boshlandi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yilda II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning xamma jildlarini qisqartirib, ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida, zo‘r g‘ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo‘lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab qoldi. Bu shamollash va zo‘r berib ishlashi xamda xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilsizliklar orqasida sog‘lig‘i yomonlashdi. 1870 yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot etdi.
Tarbiyaning xalqchilligi xaqidagi g‘oya Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oyadir. "Xar bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi", deb aytgan edi u, "Xalkning rivojlanish sharoitlari, uning extiyoj va talablari bilan belgilangan". «Hamma uchun umumiy bo‘lgan birgina tug‘ma moyillik borki, tarbiya xamisha shunga tayanishi mumkin: bu biz xalqchillik. deb atagan narsadir. Xalqning o‘zi tomonidan yaratilgan va xalqchillik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g‘oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan, eng yaxshi tizimlarda xam yo‘qdir».
Ushinskiy xalq manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor, mexnatga muxabbat kabi qimmatli psixologik tuyg‘ularni va axloqiy sifatlarni rivojlantirishi va mustaxkamlashini isbotlar edi. U bolalarning ilk yoshlik chog‘idan boshlab xalq madaniyati bilimlarini o‘zlashtirishini, ona tilini egallab olishini, xalq og‘zaki ijodi asarlari bilan tanishishini talab kilar edi.
Ushinskiy xalqchillik deb xar bir xalqning o‘ziga xosligini tushunar ediki, bu o‘ziga xoslik, o‘sha xalq yashashi va mexnat qilishi lozim bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxi xaqida» sarlavxali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruxida bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi taxlilni turli xalqlarda tarixan tarkib topgan alomatlarni xarakterlashdan boshlaydi. Ushinskiy fransuz, ingliz, nemis va amerika tarbiyasini to‘g‘ri deb xisoblaydi va uni chukur taxlil qiladi. Ayniqsa o‘sha zamondagi reaksion nemis pedagogikasini tanqid qilishga mufassal to‘xtaydi. CHorizm shu pedagogika muxlisi adi. Bu pedagogikani mexanik suratda rus tuprog‘iga ko‘-chirishning aqlga mutlaqo muvofiq emasligini Ushinskiy isbot qiladi.
K. D. Ushinskiy, rus xalqi tarbiyasining asosiy tomoni bolalarni vatanparvarlik, Vatanga chuqur muxabbat ruxida o‘stirishdan iboratdir, deydi. Ushinskiy tarbiyada xalq ruxining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligini, rus bolalarini o‘qitishda rus tili asos bo‘lishi kerakligini, boshlang‘ich maktablardagi ta’lim xam bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan muntazam tanishtirilib borilmog‘i kerakligini bir necha bor aytib o‘tadi va buni aniq misollar bilan isbotlab boradi.
K. D. Ushinskiy rus xalqi XVII asr boshida polyak bosqinchilariga karshi kurashda, 1812 yilgi Vatan urushida, 1853 — 1855 yillarda Qrim kampaniyasidagi kahramonligi bilan o‘zining Vatanga bo‘lgan zo‘r muxabbatini ko‘rsatdi va ko‘rsatmoqda, deb aytdi. Ammo, Ushinskiy fikricha, «Vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘aluvchi xaqiqiy arslon kuvvat» tuyg‘usi bizda faqat vatanga xavf tug‘ilgan vaqtdagina jo‘sh urib chiqadi. Biroq xalq ruxi bilan sugorilgan tarbiya esa bu vatanparvarlik shaxsning grajdan ijtimoiy burchi ekanligini, uni bajarishda xamisha va kun sayin ko‘rsatib turishga o‘rgatishi kerak deb ko‘rsatib o‘tadi.
Bu tarbiya bolalarda milliy iftixor tuyg‘usini o‘stirishga xizmat etishi, ammo shovinizmga yot va boshka xalklarni xurmat qilish bilan birlikda bo‘lmog‘i kerak. Bu tarbiya bolalarda vatan oldidagi burchini xis qilish tuyg‘usini o‘stirishi, o‘z shaxsiy manfaatidan umum manfaatini ustun qo‘yishga o‘rgatishi lozim.
Ushinskiy rus xalkining kudratli ijodiy kuchiga chuqur ishondi, xalq maorifi ishi xalqning o‘z ixtiyoriga berilishi va xalq maorifi xukumatning og‘ir va uning taraqqiysiga to‘sqin bo‘ladigan vasiyligidan ozod etilishi kerak, deb talab qildi. Ushinskiy: «Rossiyaning tarixidan yaxshi xabardor bo‘lgan kishi bir minut xam o‘ylab turmasdan, xalq maorifini xalqning o‘z ixtiyoriga berishi kerak».— deb yozgan edi.
Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy yutug‘i va ta’limiy axamiyati xam tarbiyaning asosi bo‘lgan xalqchillik bilan chambarchas borliqligidadir.
Ushinskiy o‘zining «Ona tili» sarlavxali ajoyib maqolasida bunday deb yozgan edi: "Xalk tili — uning qadim zamonlardan boshlanuvchi butun manaviy xayotining eng yaxshi, xech qachon so‘lmaydigan, doimo yangidan ochilib yashnab turadigan gulidir". Butun xalq va uning vatani til bilan tirikdir; vatanning ko‘m-ko‘k osmoni, xavosi, tabiati, iklimi, dalalari, tog‘ va vodiylari, o‘rmon va daryolari, bo‘ronlar va momakaldiroklar— bularning xammasi xalq ijod etgan til orqali ifodalanadi. Ona-vatan tabiatining chuqur fikr va tuyg‘ular bilan to‘liq sadosi kishining o‘z Vataniga bo‘lgan muxabbatida namoyon bo‘ladi, xalq kuylari va ashulalarida, xalq shoirlari sherlarida yangraydi. Ona-vatan tabiatigina emas, balki xalq manaviy xayotining butun tarixi xam xalqning erkin va sof tili orkali ifodalanadi. Xalk avlodlari birin-ketin yashab o‘taveradi, ammo xar bir avlod xayotining natijalari keyingi avlodlarga til orqali meros bo‘lib o‘tadi. Xar bir avlod o‘z xis-tuyg‘ularini, tarixiy voqealar, diniy etiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg‘u va xursandchiliklarini ona tili xazinasiga qo‘shadi,- deb uqtiradi.
Ushinskiyning fikriga ko‘ra ona tili «xali na kitob, na maktab bo‘lmagan vaqtlarda xalqqa xam talim bergan» va madaniyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon xalqni o‘rgatishda davom etayotgan «buyuk xalq murabbiysidir». Ona tili «bizning g‘oyalarni, bilimlarni o‘zlashtirib olishimizda, so‘ngra ularni keyingi avlodlarga berishimizda eng asosiy vositadir. K. D. Ushinskiy ona tilini egallab olishga elementar ravishda o‘rgatishni asosiy vazifa deb xisoblagan edi. «Ona tilini asta-sekin tushunishga doir bu ish, o‘tishning dastlabki kunlaridanoq boshlanishi kerak va insonning butun kamoloti uchun o‘zining birinchi darajada muximligiga ko‘ra tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil ztishi kerak». Xalq maktabida ona tili, Ushinskiyning fikricha, «boshqa xamma fanlarga kiruvchi va o‘zida ularning natshkalarini yig‘uvchi asosiy, markazga aylanishi kerak.
Ushinskiy boshlang‘ich ta’lim kursining asosiy yo‘nalishi va mazmunini belgilash xamda xalq maktabida birinchi bor ona tilini o‘qitish ishlarini yaxshilash, uni bolalarning akliy, axloqiy va estetik tarbiyasiga yordam beruvchi o‘quv darsligiga aylantirish ustida juda ko‘p ishladi.
Ushinskiyning bolalarga ona tilida talim beruvchi xalq maktabi xaqidagi fikrlari rus xalk maktabi qurilishida va CHor Rossiyasi sharoitida bolalarni ona tilida o‘qitish, milliy madaniyatni rivojlantirish uchun kurash olib borayotgan, rus bo‘lmagan xalqlarning maktab ishida katta axamiyatga ega edi.
Bola, deb xisoblaydi Ushinskiy, ilk yoshlik chog‘idayoq xalk madaniyati belgilarini o‘zlashtira boshlaydi, bularni avvalo ona tilini bilish yo‘li bilan o‘rganadi: «Bola o‘z tevarak-atrofidagi kishilarning ma’naviy xayotiga faqat ona tili vositasida kirib boradi va aksincha, bolaning tevarak-atrofidagi olam fakat o‘sha muxit — ona tili vositasida unda o‘zining ma’naviy tomoni bilan aks etadi». SHuning uchun oilada, bolalar bog‘chasida, maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarning xammasi ona tilida olib borilishi kerak.
Ushinskiy ilk yoshlik chogidan boshlab bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirishga doir qimmatli maslaxatlar berdi, bu maslaxatlar xozirgi kunda xam o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U bolalarda nutqning rivojlanishi tafakkurning rivoyaslanishi bilan chambarchas bog‘likligini isbotlab berdi xamda fikr va til ajralmas birlikda bo‘lishini ko‘rsatdi: Til fikrning so‘zdagi ifodasidir. «Til,— deb yozgan edi Ushinskiy,— fikrdan chetlashgan biron bir narsa emas, balki, aksincha, unda asoslanayotgan va muttasil undan paydo bo‘layotgan uning organik maxsulidir». Bolalar nutqini rivoyaslantirishdagi asosiy narsa fikrlyash qobi-liyatlarini rivojlantirish, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdir. «Tilni fikrdan ajratilgan xolda rivojlantirish mumkin emas, xatto uni fikrdan afzalroq qilib rivojlantirish ijobiy jiqatdan zarardir».

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin