Ma’lumki, ikki qattiq jism birlashganda bikrroq bo’lgan bir jismning g’adirbudirliklari ikkinchi nobikr jismning tanasiga botirilib kiradi. (misol qilib po’lat va bronza birlashmasini olish mumkin). Bunda bikr bo’lgan jism nobikr bo’lgan jismga nisbatan kamroq deformatsiyalanadi (yoki butunlay deformatsiyalanmaydi).
Shuni hisobga olib g’adir-budirlikning ishqalanish koeffitsienti ham ta’sirini aniqlash davrida bikrroq jismning deformatsiyasini nazarga olinmaydi.
G’adir-budirlik ikki turda bo’ladi: yuzaga ishlov berilib tayyorlanganda hosil bo’ladigan boshlang’ich va yuzalarning ishlab moslanganidagi (prirabotannaya) barqaror (ustanovivshayasya) g’adir-budirliklar.
G`adir-budirlikni baholash uchun quyidagi Δ kompleksi ishlatiladi:
Ishqalanish koeffitsienti, boshqa hadlar o’zg’armas bo’lganda, faqat cho’qqi radiusi (r) va yuzalar yaqinlashuvi (h) larning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
f=(r/h)0.5+(h/r)0.5 – elastik tutashuv uchun, f ≈ h/r – plastik tutashuv uchun.
Buni hisobga olgan taqdirda formulani e’tiborga olib shunday xulosalarga kelish mumkin:
Elastik tutashuv davrida g’adir-budirlik Δ kompleksi oshishi bilan ishqalanish koeffitsientining molekulyar qismi kamayadi, deformatsion qismi esa ko’payadi (chunki γ miqdori qancha qo’p bo’lsa shuncha Δ kam bo’ladi (2.22) ga qarang). Yoki Δ o’zgarishi γ ga teskari proportsional bo’lgani uchun ishqalanish koeffitsientining molekulyar qismi kamayadi, deformatsion qism esa ko’payadi.
4.6-rasm. Ishqalanish koeffitsientining elastik (a) va plastik (b) tutashuvlarda g’adir-budirlik kompleksi (D) ga bog’liqligi.
1 – (P/E)=5·10-3; 2 – P/(HB) = 10-2 Ishqalanish koeffitsienti miqdori elastik tutashuv davrida o’zining minimumiga egadir.
2. Plastik tutashuvda g’adir-budirlik qancha qo’p bo’lsa, ishqalanish koeffitsienti shuncha qo’p bo’ladi, chunki plastik tutashuv uchun.