Diniy aqidaparastlik exstremizm paydo bo’lishining ijtimoiy tarixiy zaminlari va rivojlanishi



Yüklə 251,08 Kb.
səhifə1/2
tarix25.11.2023
ölçüsü251,08 Kb.
#134201
  1   2
DINIY AQIDAPARASTLIK EXSTREMIZM PAYDO BO’LISHINING IJTIMOIY TARIXIY ZAMINLARI VA RIVOJLANISHI

DINIY AQIDAPARASTLIK EXSTREMIZM PAYDO BO’LISHINING IJTIMOIY TARIXIY ZAMINLARI VA RIVOJLANISHI

  • Diniy aqidaparastlikning paydo bo’lishi
  • Diniy radikal oqimlar
  • Diniy aqidaparastlikning mohiyati
  • Diniy aqidaparastlik dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o’rinli yoxud o’rinsizligidan qat’iy nazar, ko’r-ko’rona qiyoslash va mutlaqlashtirishga urinishdir.
  • Fanatizm diniy ekstremizmning boshlang’ich nuqtasi xisoblanadi. Ongi zaxarlangan yoki fanatga aylangan yoshlar qilayotgan ishlarni to’g’ri deb xisoblangan xolda, o’zlarining kabix maqsadlari yo’lida xar kanday nomaqbul ishlardan xam bosh tortmaydilar.
  • Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
  • Fundamentalizm (lotincha asos, poydevor) – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini xal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo’nalishi. Diniy fundamentalizm-aqidaning o’zgarmasligini ximoya qiladigan, vaxiy va mu’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining xarfiy talqini tarafdori, ularning xar kanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma-so’z talqiniga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo’yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-yuriqlarni qat’iy va og’ishmay bajarishni talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda foydalanadigan istiloxdir.
  • Islom fundamentalizmining asosiy g’oyasi – “sof islom” printsiplariga qaytish, maqsadi “islomiy tarakqiyot” yo’lini joriy etishdir.
  • O’zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining taxdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni isloxotchi davlatga ishonchini, yuqîtishga o’rinishda o’zini namoyon etmoqda. Bunday guruxlar mustaxkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va xamjixatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka raxna solishga xarakat qilmoqdalar. Demoqratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obrusizlantirishga yo’naltirilgan xatti xarakatlarni amalga oshirmoqdalar.
  • 1970-85 yilgacha bo’lgan sovet davrini o’z ichiga oladigan bosqich. Bu davrda yashirin tarzda xujralarda diniy ta’lim berilgan.
  • 1985-89 yillarni o’z ichiga oladi, ya’ni Gorbachev davri. Bu davr oshkoralik davri deb ataladi. Bu davrda dinga ozgina erkinlik berildi. Natijada Pokiston, Eron, Saudiya, Arabiston tomonidan adabiyotlar kirib kela boshladi. Bo’lar bizning Imomi Azam mazxabidan farq qilardi. Natijada kitoblarda yozilgan narsalarga amal qilish boshlandi. Buning oqibatida Imomi A’zam mazxabi noto’g’ri deydiganlar paydo bo’la boshladi. Natijada odamlar o’rtasida ixtilof paydo bo’ldi. 1989 – 1993 yillar ya’ni O’zbekistonda islomiy xarakatlarni kuchayishi davri. Bu davrda dinga katta erkinlik berila boshladi. Natijada chet ellardan yaxshilar bilan bir qatorda yomon odamlar xam kirib kela boshladi. Namanganda “Adolat” partiyasi paydo bo’ldi. “Islom uyg’onish partiyasi” tashkil topdi. Bo’larga 1992 yil barxam berildi. 1993-1999 yillar ochiq talablar bilan chiqishga barxam berilgandan keyin bu davrda yashirish xolatda axolini islomlashtirish boshlandi. Faoliyatlariga ko’prok ayollar jalb qilindi. xujralarda yashirin xolatda o’qitildi. Yana asosan yoshlarni jalb qilishdi. Ularga millat, din, insoniyat xaloskoriga aylanasan deyishdi.
  • 1999 yil fevraldan xozirgacha bo’lgan davr. Terrorchilar soni davlatlar orqali O’zbekistonga kirib kelishga xarakat qildilar. Mamlakatimizda 4 ta ayol o’zini - o’zi portlatish jarayonida xalok bo’ldi. SHu tariqa Markaziy Osiyoda ekstremistik guruxlar o’z faoliyatlarini olib borishga xarakat qilganlar shunday guruxlardan biri “Hizbut – taxriri” diniy siyosiy partiyasidir. “ xizbut – taxrir al - islomiy” ( Islom ozodlik partiyasi) norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo’ldi. Uning asoschisi Misrdagi “ Al- Asxar” universitetini tamomlab quddus shaxrida shar’iy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan shayx Takiyuddin Nabixoniy ( 1909- 1979) bo’lib Iordaniyadagi “Al – Ixvon al muslimiy” ( Musulmon birodarlar) diniy siyosiy ekstremistik tashkiloti raxbarlaridan biri edi. Aqidada ixvolar bilan kelisha olmay, bu jamoadan ajralib chikib, o’z qarashlarini kuyidagi risolalarida bayon qiladi. “Islom nizomi”, “Islomiy olamga qaynoq nidolar”, “Hizbut – taxrirning tushunchalari” va boshqalar.
  • Partiya piramida shaklida tarkibiy tuzilma ko’rinishida tashkil topgan. “Doris” lardan tarkib topgan “xalqa” dagi 4-5 kishi gurux raxbari – “Mushrif”dan saboq oladilar. Ta’lim xaftada kamida 1 marotaba utkazilishi shart. xalqa a’zolari bir–birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladilar. Tashkilotga a’zo bo’layotgan nomzod xar kanday sharoitda xam xizb faoliyati xaqidagi ma’lumotni sir saqlash xaqida qasam ichadi. Mintaqaviy raxbar – “mu’tamad” butun dunyo buyicha “xizbut – taxrir al- islomiy” xarakati raxbari, ya’ni “amir” tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida ishlaydigin “ma’sul” xamda tuman miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi “musoid” ga raxbarlik qiladi. Tumanlar xam aloxida xududlarga bo’linadi va 4 iborat mushrifdan iborat “naqib” raxbarlik kiluvchi, “maxalliy jixoz” ni tashkil etadi.. Naqib o’ziga yordamchi “noib” va pul to’plovchi “ta’barru”ni tayinlaydi. Maxalliy jixoz 1 oyda kamida 1 marotaba to’playdi. Partiyaning xar bir a’zosi o’z imkoniyatlari va asosiy mexnat faoliyati daromadi xisobidan 5-20% mikdorda soliq to’plashi majburiydir.
  • To’plangan pul mablag’i turli texnika jixozlari, aloqa vositalari, xarid qilish xamda boshqa xizmat xaqlarini qoplash, xorijda keltirilayotgan adabiyot, audio-video kassetalar va ularning tarjimasi uchun xaq to’lashga sarflanadi.
  • Bugungi kunda partiyaga Falastinning Xalil shaxrida tugilgan Abdulqadim Zallum raxbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot faoliyati 1982 yilda sezilarli darajada jonlandi. Tashkilot raxbarlarining asosiy qismi Farbiy Yevropa davlatlarida faoliyat olib boradi. Partiya filiallari Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt xamda Turkiyada tarqalgan.
  • “Hizbut – taxrir al-islomiy” diniy tashkiloti xam Vaxobiylar kabi davlat siyosiy boshqaruviga aralashishga, xukumatni to’ntarish yo’li bilan qo’lga kiritib, islom davlati o’rnatishga intiladi. Xalifalikni tiklashga da’vat etadi. “Musulmonlar uchun bitta xalifa saylashga xarakat qilmaslik gunoxi kabiralardandir. CHunki bu narsa islomning eng muxim farzlaridan birini bajarishdan tiyilishdir”, deyishadilar ular.
  • Bu tashkilot o’z oldiga kuyidagilarni maqsad qilib qo’ydi:
  • tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash:
  • mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish:
  • millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish:
  • mamlakatga qurol-asloxa va narkotik moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch xayotiga raxna solish:
  • mustaqil davlatni qurol-asloxa ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish.
  • “Hizbut-taxrir al-islomiy” tashkilotining asosiy nazariy maqsadi ikki yo’nalishni o’z ichiga oladi:
  • 1)
    Yüklə 251,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin