Sakofiy. Partiya a’zolari islom niqobi ostida ekstremistik g’oyalar bilan yo’g’rilgan, g’arazli tushuntirish ishlarini olib boradilar va o’z g’oyalariga yetishishi uchun kishilarning onggida o’z partiyalari xaqida tushuncha uyg’otishga xarakat qiladilar. Bunda ular xar bir shaxsning fikrlash doirasiga karab o’z ta’limotlariga da’vat etadilar.
2) Siyosiy. Jamiyatda bo’layotgan vaqtinchalik qiyinchiliqlar. Tabiiy ofatlarni ro’kach qilib, ko’rsatib, agar islomning solix xukmlari bo’lganda edi, bunday xodisalar ruy bermas edi kabi fikrlar bilan mo’tassib musulmonlarni ishontirish orqali g’araz niyatlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar. Ya’ni xujumlar fikrlarga qaratilmogi lozim, natijada bu xujum fikriy kurashga bu esa o’z navbatida fikriy inqilobga olib boradi. Fikriy inqilobning orqasidan esa siyosiy inqilob keladi. Mana shu vazifani ado etgan avlodning o’zi esa xokimiyatga keladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish va olamda yuz berayotgan voqea xodisalarga xizbning munosabatini bildirish uchun partiya 1989 yildan boshlab “Alva’y” (“Ong”) nomli oylik jurnalni turli xillardagi tarjimasi bilan davomiy chiqarib kelmoqda. Xususan mazkur jurnalning o’zbek tilidagi 140 dan oshik soni mamlakatimizda maxfiy ravishda tarqatilganligi ma’lum.
“Hizbut-taxrir al-islomiy” diniy tashkilotining kurash bosqichlari:
Tashviq-tushuntirish ishlari ongi to’liq shakllangan yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirish. Fikri zaif ta’sirga beriluvchi huquq targ’ibot organlari xokimiyatlardagi ma’sul shaxslarni o’z tarafiga ogdirish.
Tafoul- birgalikda xarakat qilish fikriy kurash orqali “ummatning oyokqà turishi fikriy ongligiga va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi” yo’lida fikriy inqilobga yetishish.
Inqilob-to’ntarish xukumatni yaratilgan ummat orqali qo’lga kiritish. Ularning xam boshqa diniy ekstermistik tashkilotlar kabi mavjud Konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlab xokimiyatga kelishga intiladilar. Yagona siyosiy iqtisodiy xududiy kenglik-xalifalik davlatini ko’rish ularning asosiy va so’nggi maqsadlari xisoblanadi.
“Hizbut-taxrir”ning rasmiy faoliyat ko’rsatish arab davlatlarida ta’qiqlangan. Ushbu partiyaning Iordaniyadagi ma’suli SHayx Axmad at-Davur 1969 yil xukumatni egallashda ayblanib katl etilgan. SHuningdek partiyaning 32 a’zosi Misrda sudlanganligi ma’lum. “Xalifa” so’zining lug’aviy ma’nosi-o’rinbosar, terminologik ma’nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy xamda dunyoviy boshlig’i, deb tushuniladi. Xalifalik davlati tarixda xukm surgan davlatlardan bo’lib, Arabiston yarim orolida tashkil topgan va bu davlat shariat qonun-qoidalari orqali boshqariladigan siyosiy tizimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2001 yil.
Karimov I.A “ O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T., “ O’zbekiston ” 1997 yil.
Karimov I.A O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., “ O’zbekiston ” , 1992 yil.
Karimov I.A Ollox kalbimizda, yuragimizda. T.,
“ O’zbekiston ” 1999 yil.
Karimov I.A. E’tiqod erkinligi qonuniy asosda bo’lsin. “Xalq so’zi”. 1998 yil 5 may