Diqqat. Reja: 1



Yüklə 331,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü331,19 Kb.
#127147
  1   2   3   4   5


DIQQAT. 
REJA: 
1 Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so'nggi 
diqqat.
4.Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, 
diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi. 

 Tayanch iboralar:
Diqqatning nerv-fiziologik asoslari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, 
ixtiyoriydan so'nggi diqqat, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat 
taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi 
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‗p narsa va hodisalar ta‘sir 
etib turadi. Lekin odamga ta‘sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir 
xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa 
birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana 
shu odamga ta‘sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga 
bog‗liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‗la aks 
ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta‘riflar keltirilganligini 
ta‘kidlash mumkin. Pashlerning (1998, p. 1) fikricha, ―Diqqat muammosini 
o‗rganish psixologlar uchun uzoq yillar davomida muhim ahamiyat kasb etib 
kelgan‖ Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ―diqqat‖ga oid nazariyalar XIX asrning 
oxirlaridan o‗rganila boshlangan. SHunday qilib, bixevioristlar diqqatni ichki 
jarayon deb hisoblaganlar.
Diqqat tushunchasi 1958 yilda Broadberning ―Idrok va kommunikatsiya‖ 
nomli kitobida qo‗llanilgan va ilmiy tushuncha sifatida kiritilgan. Diqqat odatda 
ob‘ektni tanlash va nomlashda qo‗llaniladigan jarayon sifatida beriladi. Villiam 


James esa tuyg‗uga e‘tibor bergan (1890, pp. 403–404): qolgan barcha buni diqqat 
deb hisoblagan. Bu bilish jarayoni bo‗lib, tafafkkur ob‘ektining bir vaqtning o‗zida 
aniq va yorqin shaklda namoyon bo‗lishidir. Diqqat – bu bir vaqtning o‗zida 
e‘tiborning to‗planishidir.
Baar (1997) diqqatning paydo bo‗lish mexanizmlarini asoslab beradi.
Masalan, shuyday deyish mumkin: ―Biz buyruqga qaraymiz‖ yoki ―Biz buyruqni 
eshitamiz‖. Baar (1997, p. 364) quyidagi fikrni keltiradi, ―Tajribada to‗pladi va 
amaliy voqelarda namoyon bo‗ladi. Har kuni nutqda doimo, birinchi bo‗lib e‘tibor 
qaratish uchun ―Tinglang‖, ―Qarang‖ tushunchalari qo‗llaniladi; ikkinchidan 
―eshitamiz‖, ―ko‗ramiz‖ deb izohlanadi‖. 
Villiam James diqqatning ―faol‖ va ―passiv‖ turlarini ajratgan (1890). Faol 
diqqat individual taraqqiyotning yuksalishini, passiv diqqat tashqi stimulga sust 
javob berishdir. YAntisning (1998, p. 252) fikricha, ―Stimul – tez va kuchliligiga 
qarab nazorat qilinadi‖
Olportning fikricha (1993, pp. 203–204): bu haqiqatga o‗xshab ko‗ringani 
bilan yakka-yu yagona mexanizm emas yoki ichki imkoniyat kauzal atributsiya 
diqqat fenomeni tafakkurning yoki idrokning asosida shakllanadi. 
Diqqat psixik faoliyatning yo‗naltirilishi va shaxs uchun ma‘lum ahamiyatga 
ega bo‗lgan ob‘ekt ustida to‗planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‗naltirish 
deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob‘ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy 
tanlash tushuniladi. O‗quvchi maktabda o‗qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib 
o‗tirganda mana shu eshitib o‗tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning 
diqqati ongli ravishda qo‗zg‗algan shu maqsadga bo‗ysundirilgan bo‗ladi. 
O‗quvchining biror boshqa narsaga chalg‗imasdan o‗quv materialining mazmuniga 
zehn qo‗yib o‗tirishida uning psixik faoliyatining yo‗nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‗naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib 
qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo‗llab-quvvatlash tushuniladi. 
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta‘kidlab o‗tish lozimdir. 
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har 
doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy 


yo‗ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin 
diqqatning o‗zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo‗r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi 
qiyofasida ayrim o‗zgarishlar ko‗zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o‗zining 
sirtqi ya‘ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga 
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) 
qilinadi. 
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to‗xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan 
biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat 
vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo‗lib, bu jimlik odamlar ma‘ruzachini yoki artistni 
zo‗r e‘tibor bilan tinglashayotganini anglatadi. 
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va 
pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda 
bo‗ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‗libgina qolmay, balki 
uning ma‘lum yo‗nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. 
SHuning uchun ko‗pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga 
moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
1
As Pashler (1998, p. 1) pointed out, ―Attention has long posed a major 
challenge for psychologists.‖ Historically, the concept of ―attention‖ was treated as 
important by many philosophers and psychologists in the late 19th century. 
However, it fell into disrepute, because the behaviourists regarded all internal 
processes with the utmost suspicion. Attention became fashionable again 
following the publication of Broadbent‘s book Perception and Communication in 
1958, and has remained an important topic ever since.
Attention is most commonly used to refer to selectivity of processing. This 
was the sense emphasised by William James (1890, pp. 403–404): Everyone 
knows what attention is. It is the taking possession of the mind, in clear and vivid 
form, of one out of what seem several simultaneously possible objects or trains of 
1
Michael W. Eysenck, Mark T. Keane Cognitive psychology. Psychology press USA, 2005 130 bet


thought. Focalisation, concentration, of consciousness are of its essence. What is 
the relationship between attention and consciousness?

Yüklə 331,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin