“Dunyoning klassik ilmiy va noklassik ilmiy manzarasi”.
“Dunyoning postonoklassik manzarasi”.
Dunyoning sinergetik manzarasi.
Olamning tuzilishi haqida insoniyat doimo o‘z qarashlariga ega bo‘lgan. Eng qadimgi davrdayoq kishilar bahorda daryolar toshishi, kun uzaya boshlashi, yomg‘ir va momaqaldiroqlar ko‘payishi ajib bir qonuniyatga bo‘ysunishini anglab yetganlar. Insoniyat tarixida ilk bor qum soatni o‘ylab topgan yoki dastlabki yil taqvimini kashf etgan ajdodlarimizning ham bu borada o‘z davriga xos tushunchalari bo‘lgan. Dunyoning dastlabki manzarasi mifologik xarakterda bo‘lib, olamning tuzilishi, asosan, afsona va rivoyatlar, asotirlarda ifodalangan tushunchalar, g‘oya va tamoyillarda o‘z aksini topgan. Ular nihoyatda sodda va oddiy tasavvurlarga asoslangan, asta-sekin takomillashib, o‘zgarib borgan.
Dunyoning mifologik manzarasi davr bilan birga uning diniy manzarasi ham shakllangan. Dinning ilk shakllaridanoq olamning tuzilishi ilohiy kuchlarga, xudolarga bog‘lab talqin qilingan, dunyoning ibtido va intihosi ham u bilan bog‘langan. Jahon dinlarida dunyoning yaralishi, amal qilishi, olam va uning manzarasini tashkil qiladigan narsalarning nisbati kabi masalalarga alohida o‘rin berilgan.
Ilmiy bilimlar rivoji va fan shakllanishi natijasida «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi paydo bo‘ldi. Ushbu tushuncha olamning namoyon bo‘lishi, borliq va tabiat to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlangan nazariyalar, gipoteza va dalillarda aks etgan bilimlar majmuini ifodalaydi. Olam to‘g‘risidagi yaxlit nazariy xulosa «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasining yadrosi bo‘lsa, bu boradagi turli modellar, qarash va fikrlar ushbu xulosani isbotlashga xizmat qiladi. Asosiy xulosa (nazariya yoki gipotezaning bosh g‘oyasi) muayyan darajada barqaror bo‘lsada, uning atrofidagi fikrlar o‘zgarib xilma-xil tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu xilma-xil qarashlarga qaramasdan olamning tuzilishi haqidagi asosiy g‘oya uzoq vaqt saqlanib qoldi. Masalan, Ptolomey tomonidan asoslab berilgan olamning geotsentri nazariyasi uning vafotidan keyin ham bir necha asrlar davomida o‘z ta’siri va ahamiyatini saqlab qolgan. Bu davrda ko‘pgina olimlar, astronom va mutaxassislar olamning manzarasi haqida ko‘plab taxmin, gipoteza va qarashlarni bayon qilgan bo‘lsalarda, quyosh va boshqa sayyoralarning Yer atrofida aylanishi to‘g‘risidagi asosiy goya o‘zgarmay qolaverdi. Ya’ni, dunyo ilmiy manzarasining turlicha izohlari ana shu g‘oya doirasida amalga oshirilar edi. O‘rta asrlarga kelib, geliotsentrik nazariya o‘z isbotini topganiga qadar bunday hol davom etaverdi.
“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi u hakdagi uzuq-yuluq tasavvurlar, bir-biri bilan bog‘lanmagan kdrashlar yig‘indisi emas, balki yaxlit, uzviy bog‘liqlikdagi g‘oya, xulosa va fikrlar majmuidir. Bu tushunchani ifodalaydigan bilimlar muayyan sistemani tashkil qiladi. Ularni tavsiflaydigan eng asosiy belgilardan biri - sistemalilik tamoyili bo‘lib, u uygunlik va uzviy bog‘liklik bilan izoxlanadi.
«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi olam to‘g‘risidagi turlicha qarashlar, xilma-xil yondashuvlarning sintezidir. Ana shu ma’noda mazkur tushuncha bilish jarayonida integrativ (umumlashtiruvchi) funksiyani bajaradi. Bu vazifani bajaradigan tushunchalar bilishning turli sohalari uchun umumiy asos, doim nazarda tutiladigan hamda aksioma tarzida qabul qilinadigan xulosa, abadiy haqiqat rolini o‘taydi. Bugungi kunda fanning turli sohalarida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar yerning quyosh atrofida aylanishi. Butun olam tortishish qonuni, suvning 100° da qaynashi, Avagadro sonining mikdorini tekshirnb o‘tirmaydilar. Balki o‘z tadqiqotlarida shu sohadagi bilimlarga tayanadilar, xolos.
«Dunyoning ilmiy manzarzsi» tushunchasi paradigma xususiyatiga ega, u olam xaqidagi umumiy jihatlarni, bilishning maqsad va tamoyillarini belgilaydi. Mazkur tushunchaning ilmiy tadqiqotlar olib borish rejalari hamda izlanishlarning maqsad va vazifalarini belgilay oladigan psixologik, me’yoriy xususiyatlari to‘grisida ham gapirish mumkin.
“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasiga xos xususiyatlar to‘g‘risida turli soha mutaxassislari turlicha fikr yuritadilar. Masalan, tabiatshunoslar masalaga fizika va astronomiya nuqtai nazaridan yondashadilar, olamning xilma-xil modellarini, matematik, geometrik yoki trigonometrik formulalarini yaratadilar. Bunda olam yashashining asosiy shakllari bo‘lgan makon, maydon, zamon kabilarga alohida e’tibor beriladi. Olamning bu sohada e’tirof qilinadigan har qanday shakldagi manzarasida energiyaning saqlanishi, entropiyaning doimiyligi va boshqa fizik qonunlar uchun asos bo‘ladigan ustuvor tamoyillar o‘z o‘rni, ahamiyatini saqlab qoladi. Bunday yondashuv qanchalik teran va ilmiy bo‘lmasin, olam to‘grisidagi, asosan tabiatshunoslik yutuqlarini aks ettirgani tufayli, ko‘proq bir tomonlama qarashlarni ifodalaydi.
Aslida «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi keng ma’no, serqirra mazmunga ega bo‘lib, muayyan davr kishilarining tafakkur uslubi va fikrlash tarzini belgilaydigan olam to‘g‘risidagi aniq-tarixiy bilimlar majmuasidir. «Dunyoning ilmiy manzarasi» olamning tuzilishi, ob’ektlar o‘rtasidagi tartib, aloqadorlik, ularning genezisi, amal qilishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlarni ifodalaydigan nazariy xulosalar, g‘oyalar, ilmiy asoslangan bilimlar, turlicha yondashuvlar, qarashlar va tasavvurlar majmuini anglatadigan tushunchadir.
Shu bilan birga, «Dunyoning umumiy ilmiy manzarasi» va «Dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» kabi tushunchalar ham bor. Barcha fanlarning yutuqlariga asoslangan va umumilmiy g‘oya, tushuncha hamda tamoyillarni umumlashtirgan dunyoning manzarasiga nisbatan «umumiy ilmiy manzara» atamasi qo‘llaniladi. Ayrim fan yoki ish sohasiga xos bu hakdagi qarashlar majmuini esa «dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» tushunchasi ifodalaydi. Shu ma’noda, dunyoning fizik, ximik, geologik, astronomik va boshqa manzaralari to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.
«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi o‘zining genezisiga, rivojlanish bosqichlariga ega. Birinchi bosqich «dunyoning klassik ilmiy manzarasi», ikkinchi bosqich “noklassik manzarasi”, uchinchisini esa «postnoklassik manzarasi» kabi nomlar bilan ataydilar.
Galiley va Nyuton fizikasi erishgan yutuqlar asosidagi taraqqiyotning bir chiziqli, o‘tmishdan kelajakka tomon uzviy bog‘liqlikka amalga oshadigan harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan bilimlar majmui tushuniladi.
Bunda o‘tmish o‘zidan keyingi davrni, u esa, o‘z navbatida, kelajakni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab beradi. Dunyoning bu taxlit tushuniladigan ilmiy manzarasida go‘yoki xamma narsa hisoblab topilgan, olamdagi cheksiz o‘zgarishlar ham, azaliylikdan iborat o‘tmish ham hattoki benihoya kelajak ham aniq hisoblab chiqilishi mumkin. Mexanika qonunlari va butun olam tortishish qonuni, Kopernikning geleotsentrik nazariyasi kashf qilingan bir davrda dunyoning tuzilishi masalasida hamma narsa aniqdek bo‘lib qolganday. Fiziklar uchun olamning kashf etayotgan qonunlari qolmaganday tuyulgan zamonlar boshlandi. Tabiatshunoslar fizikaning cheksiz imkoniyatlari borligi va o‘z kashfiyotlari ummondan bir tomchi ekanligini anglab yetgan genial ustozlari I. Nyutonning quyidagi so‘zlarini unutib qo‘ygandek edilar: har doim biror yangilik yoki yutuqqa erishganimda, dengiz qirg‘og‘idan qimmatbaho tosh topib olgan yosh boladek suyunib ketman, qarshimda esa cheksiz ummon yastanib yotibdi.
Mexanika qonunlariga asoslangan dunyoning ilmiy manzarasi ustuvor bo‘lgan bu davr 300 yilga yaqin davom etdi. Bunda, asosan, tabiatdagi voqea va hodisalar go‘yoki ataylab muayyan uyg‘unlikda, ketma-ket va aniq bir koordinataga chizib qo‘yilgan mutanosiblikda namoyon bo‘ladi, degan tasavvur ustuvor bo‘ldi. Bu esa masalalarni asosan ontologiya nuqtai nazaridan hal qilishi emas, balki, ko‘proq sub’ektiv pozitsiyaga e’tibor qaratilishiga olib keldi. D. Yung, J. Berkli kabi olimlarning sub’ektiv idealizmi, F. Bekonning indukshya va R. Dekartning deduksiya metodlari olamni bunday izohlashning o‘sha davrda chuqur ildiz otganiga misol bo‘ladi.