xalqaro belgisi.
OITSni etiotrop davolash (anti- 43-rasm. Biologik xavfli materialning virus terapiya) vositalardan quyi-
dagilar ishlatilib kelindi — azido-
avolash. Uzoq yillar davomida
timidin (1987), didanozip (1991), zalsitobin (1992), otavudin (1994) va lamivudin (1995). 1995—1996-yillarda AQSH da uchta preparat (kriksivan, inviraza, norvir)ning klinik sinovi yakunlandi va ma’qul deb topildi. Ayniqsa 3—4 ta preparatni birga qo‘llaganda yanada yaxshi samara berishi tasdiqlandi.
Opportunistik infeksiyani davolash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Pnevmosist pnevmoniyani davolash uchun ko-trimoksazol 1 kg tana vazniga kuniga 20 mg dan fiziologik eritmada eritilgan holda venaga yuboriladi. Nojo‘ya ta’siri — 80% bemorlarda ko‘ngil aynishi, toshmalar toshishi va sitopeniya (qon hujayralarining kamayishi) kuzatiladi. Sitopeniya kuzatilmasligi uchun folin kislota (15 mg dan kunora) tayinlanadi. Profilaktika sifatida an’anaviy preparat prox- lorperazin ishlatiladi. Pentamidin kuniga 1 kg tana vazniga 4 mg dan mushak orasiga yoki 5% li 250 ml dekstrozada eritilgan holda venaga yuboriladi. Nojo‘ya ta’siri — gipotenziya va gipoglikemiya; shuning uchun qon bosimi va qonda glukoza miqdorini nazorat qilib turish lozim.
Toksoplazmozda sulfadiazin preparati kuniga 2—4 g dan ichishga buyuriladi. Teri va shilliq pardalar oddiy gerpes virusi bilan o‘tkir zararlanganda asiklovir preparati bilan 10 kun davomida davolash yaxshi samara beradi. Zamburug‘li infeksiyalar (masalan, og‘iz bo‘shlig‘i kandidomikozi) nistatin, nizoral, diflyukan va amfo- terisin preparatlari yordamida davolanadi. Agar bu preparatlar yordam bermasa ketokonazoldan kuniga 200—400 mg dan ichish tavsiya etiladi. Tukli leykoplakiyaga qarshi asiklovir preparati yaxshi
samara beradi. Bakterial infeksiyalar keng doirada ta’sir qiluvchi antibiotiklar yordamida davolanadi. Kaposhi sarkomasining lokal (mahalliy), tugunlar kattalashadigan turida bir martalik rentgen nurlarini qo‘llash mumkin. Kaposhi sarkomasida tez kuchayib boradigan simptomlar kuzatilsa, interferon preparati yordamida immunoterapiya va etopozid (VP-16) va vinblastin preparatlari yordamida esa kimyoterapiya o‘tkaziladi.
Gematologik kasalliklarda gamma-globulin, steroidlar hamda trombositlar va splenektomiyalar qo‘llanilgan. Anemiyaning aniq sababi hozirgi kungacha to‘liq aniqlanmagan, qon quyish va dori preparatlari unchalik samara bermaydi.
Immun sistemani yaxshilaydigan interleykin, interferon, timus omillari yoki ilikni ko‘chirib o‘tqazish kabi sinovlar yetarli samara bermadi.
P
Dostları ilə paylaş: |