E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə130/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   236
yuqumli-kasalliklar

40-rasm. OITS: nekrotik gingivit.
emorlarning deyarli yarmi- dan ko‘prog‘ida yurak mushaklari zararlanishi — miokarditlar, 10% bemorlarda esa buyrak zararlanishi kuzatiladi.
Trombositopeniyali bemor- larda teriga qon quyilishlar, ayrim vaqtlarda esa og‘ir asoratlar bilan yakunlanadigan qon ketishlar (burundan, oshqozon-ichak yo‘l- laridan va b.) qayd etiladi.
Klassik OITSda oqibat yomon. OITS tashxisi qo‘yilgandan so‘ng bemorlarning o‘rtacha umri klinik ko‘rinishlarga bog‘liq.
Tashxisi. OITS tashxisini qo‘yish o‘ta mas’uliyatli va murakkab masaladir. Buning uchun kasallik va jinsiy aloqa anamnezi (seks anamnez) batafsil surishtiriladi, bemorni obyektiv ko‘zdan kechi- rib, laboratoriya tekshirish usullaridan foydalaniladi. OITSga shoshilinch xato tashxis qo‘yish bemorni ruhan jarohatlash demakdir.
Isitma doimiy yoki almashinib turuvchi xarakterda bo‘lib 3 oy va undan ortiq muddat davom etadi, tana vazni 10% va undan ham
o rtiq kamayib ketadi, 1 oydan ortiq davom etadigan ich ketishi, kuchli darmonsizlik, tez char- chab qolish, ko‘p uxlash, og‘iz bo‘shlig‘i va barmoqlar orasida kandidoz toshmalar, tarqalgan limfoadenopatiya, splenomega- liya, seboreyali dermatitlar OITS ning xarakterli belgilari hisob- lanadi (42-rasm).
OITS bilan og‘rigan bemor qonini tekshirganda limfopeniya, trombositopeniya, anemiya, eozi- nofiliya va giper-gammaglobuline- miya (qonda gamma-globulinlar- 41-rasm. OITS : tildagi toshmalar. ning ko‘payishi) aniqlanadi.
OIV ga qarshi antitelolar virus yuqtirgandan keyin uch haftadan boshlab uch oygacha paydo bo‘ladi va keyinchalik ularni doimo aniqlash mumkin bo‘ladi. Antitelolarni aniq­lash uchun serologik reaksiyalar o‘tkaziladi. OITSning serologik tash­xisi ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birin- chi bosqichda antitelolarni aniqlash uchun radioimmunologik tahlil, ra- dioimmunopresipitatsiya usullari, immunoflyuoressensiya va IFA (immunoferment analiz) qo‘llanadi.
I


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin