Bu vaqtda bemorlarga qanday yordam ko‘rsatiladi?
Qon to‘xtatuvchi preparatlar haqida gapirib bering.
masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Ch. ismli 43 yoshdagi bemor yotqizildi. Kasallik belgilari quyidagilar: haroratning yuqoriligi, ko‘rishning xiralashgani, bitta narsaning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), yutishning qiyinlashgani, ovozning pasaygani aniq- landi. Ko‘z qorachiqlari har xil kattalikda, qovoqlar osilgan.
Qanday kasallik haqida o‘ylaysiz?
Diplopiyaning sababi nimadan iborat?
Bunday bemorlarga tashxis qo‘yishda qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?
masala
U. ismli bemor, 49 yoshda. Kasallik to‘satdan boshlanib, ichi keta boshlagan — najas xarakterini yo‘qotib, suvday tus olgan, qorinda kuchli og‘riq sezilmagan. Ichi 10—15 martagacha ketgan. 3—4 soat- lardan keyin qo‘l-oyoqlari muzlab, mushaklar tortisha boshlagan. Tekshirganda najas loyqa suvni eslatadi. Bemor ahvoli og‘ir, terisi qurigan, burmalar yozilmaydi. Tana harorati 35,5°C, lablari ko‘kargan, puls tezlashgan, arterial bosim pasaygan (80/50 mm simob ustunida).
Bemorda qanday kasallikka xos belgilar kuzatilgan?
Bunday bemorlardan tahlil uchun material olish qoidalarini gapirib bering.
masala
X. ismli 34 yoshdagi bemor kasallikning 5-kuni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Kasallik asta-sekin boshlangan: holsizlangan, ishtahasi pasaygan, ko‘ngli aynib, bir marta qusgan. Siydikning to‘q sariq rangda ekanligi va axlatning rangsizlanganidan shikoyat qiladi. Bemorni ko‘zdan kechirganda teri va skleralarda sariqlik aniqlandi, jigar o‘lchami qovurg‘a ostidan 2 sm katta- lashgan, paypaslab ko‘rganda og‘riydi. Siydik to‘q sariq rangda, axlat rangsiz. Qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari: umumiy bilirubin 80 mkmol//, AsAT 2,8 mmol// va AlAT 4,0 mmol//, timol sinamasi 10 birlikda.
Dostları ilə paylaş: |