Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 7 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal August, 2023
40
MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA ILK DAVLATLARNING
KELIB CHIQISHI
Marhabo Dilshadovna Hamroyeva
69-maktab tarix fani o‘qituvchisi
Toshkent shahar
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik va ularning shakllanishi tarixi
shimoliy Baqtriya ning bronza davri sopolli madaniyati misolida paydo bo‘lishi haqida
Maʼlumotlar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlari:
bronza davri, sopol, «Avesto»,arxeologlar.
Markaziy Osiyo xalqlarining necha ming yillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz,
O‘zbekiston hududining janubiy mintaqalarida miloddan
avvalgi II mingyillikning
oxirlarida so‘ngi bronza davrida shakllangan hamda bir qator zabardast arxeologlar
tomonidan “Sopolli madaniyati” deb atalib ilmiy muomalaga
kiritilgan madaniyat
sohibkorlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.[Asqarov, 1977] Avvalambor ushbu
hudud Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy O‘zbekiston
hamda Janubiy Tojikiston
mintaqalarini o‘z ichiga olgan. Asosan Amudaryoning, chap
sohillari uzra yastanib
yotgan bepoyon hududlar va bugungi kunda qurib qolgan Bo‘stonsoy va Ulonbuloqsoy
kanallari yoqasida bronza davrining qadimiy dehqonchilik vohalari bo‘lgan Sopolli
madaniyati shakllandi va ushbu madaniyat arxeolog
olimlar tomonidan bir necha
bosqichlarga bo‘linib o‘rganiladi. Sopolli madaniyatining majmualari ya’ni tarixiy
obyektlari misolida bir qancha arxeologlar tomonidan o‘zbek
davlatchilik tarixini
yanada qadimiylashtirish uning yoshini ahamoniylar davridan bronza davriga borib
taqalishini asoslab beruvchi qimmatli risolalar dunyo yuzini ko‘rdi. [Shaydullayev
2000]
Markaziy Osiyo mintaqasida so‘ngi bronza davri yodgorliklari Dashtli va Sopolli
madaniyatining ochilishi va ular fanda o‘z tasdig‘ini topishi Amudaryo va Sirdaryodek
azim daryolar oralig‘ida ham ahamoniylar sulolasi davrigacha ham O‘rta
Osiyoda
sinfiy munosabatlatlarning shakllanishi hamda aholining hukmron qatlam va jamoaviy
tarzda yashaganligi Sopolli madaniyatining obyektlari sanalgan Jarq’oton, Mo‘lali,
Ko‘zali va Bo‘ston aholi yashash manzilgohlari va qabristonlaridan topilgan moddiy
ashyolar ham aks ettiradi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk davlatchilikning qaror
topishi masalasi tarixchi olimlar tomonidan uzoq tortishuv va bahslarga sabab bo‘lib
kelmoqda. Ammo Markaziy Osiyoda ilk davlatchilikning
ildizlari va uning qaror