Zardushtiylik. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarimida Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini keng tarqaldi. Zardushtiylik o`shanda olov (quyosh)ga, er, suv, oy, yulduzlarga sig`inganlar va ularni muqaddas deb bilganlar
Oʻrta Osiyoda Zardushtiylik dinining tarqalishi
Zardushtiylik. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarimida Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini keng tarqaldi. Zardushtiylik o`shanda olov (quyosh)ga, er, suv, oy, yulduzlarga sig`inganlar va ularni muqaddas deb bilganlar.Zardushtiylik dinining nomi shu dinning asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug`ulgan joyi nima`lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi choragida yashagan. Zardusht-ajdodlarimizning zadushtiylik deb ataladigan qadimgi dini asoschisidir. Zardusht o`z ta`limonitini Xorazim yoki Baqtriyada targ`ib qilgan. U 77 yoshida zardushtiylik e`tiqodi dushmanlari qo`lida halok bo`lgan. Keyinroq Evropada bu din targ`ibotchisini Zoroastr (yunoncha "astron"-yulduz) deb atashganlar.
Zardusht vafotidan bir necha asr o`tgacha barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi "Avesto" edi. "Avesto" so`zi "qat`iy qonunlar" ma`nosini bildiradi.
Zardushtiylik.
Zardushtiylarning eng muqaddas
sanalgan ilohlari Ahuramazda,
Mitra, Anaxita bo`lgan.
Ahuramazda
buyuk va mutafakkur
iloh, Zardo`shtning
homiysi bo`lgan. Mitra
quyosh va yorug`lik xudosi,
dehqonlar va chorvadorlar
himoyachisi, hosil, ma`murchilik
va to`kin-sochinchilikni
ta`minlovchi bo`lgan.
U Ahuramazda bilan odamlar o`rtasidagi asosiy vositachi edi.
Zardushtiylik.
Zardushtning g`oyalari, matnlari miloddan avvalgi IV asrda to`planib, 21 kitob qilingan. Ular "Avesto"ning asosini tashkil etgan. Matnlarga yozilgan tafsirlar "Zand" deb ataladi.
"Avesto"ning qimmati shundaki, u Ozbekiston qadimgi tarixini o`rgainshda dastlabki yozma manbalardan biri hisoblanadi. "Avesto"("Asos") kitobida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga doir ma`lumotlar jamlangan. Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi.
Yomonlikni muqaddas erga ko`mish, kuydirish, suvga tashlash man etilgan. Jasadni qushlarga em bo`lsin deb maxsus baland joyga qo`yganlar. Suyaklar tozalanib, qurib qolgach, ularni maxsus idish "ossuariy"-"suyakdon, ostadon" larda saqlanganlar. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo`yiladi.
Zardushtiylik dini
Diniy marosimlar ibodatxonalar, ochiq maydonlar va dindorlarning uylarida o'tkazilgan. Zardushtiylik vujudga kelgan dastlabki davrlarda ommaviy diniy marosimlar ochiq maydonlarda va dindorlarning uylarida o'tkazilgan. Dastlab ibodatxonalarning qurilishi Ahmoniylar imperiyasi davridan boshlangan. Ibodatxonalar «olov uylari» deb atalgan. Ularning rejasi bir xil bo'lib, tosh yoki paxsadan qurilgan. Binoning ichki va tashqi qismidagi devorlari suvoqlangan. Binolarda qimmatbaho bezaklarning yo'qligi sababli ko'rinishi boshqa jamoat binolaridan deyarli farqlanmagan. Ibodatxonaning markazida doimo olov yonib turadigan hujra bo'lgan.
Ahmoniylar davrigacha zardushtiylikda
xudolarning tasviri aks ettirilmagan.