Farmasevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Mustaqil Ish
Landshaftlarda biosfera atmosferaning bog’liqligi
23-f 105-guruh
Bajardi:
Tekshirdi:
Rajabova S.
Atabekova D.
Toshkent 2023
Reja:
1. Biosfera haqida ma’lumot
2. Atmosfera haqida ma’lumot
3. Biosferada hayotning chegaralari
•
Biosferaning yashash muhiti sifatidagi imkoniyatlari cheklangan bo`lib,
undagi barcha tabiiy resurslar va tuzilmalar o`zaro bog`liq. Ulardan birining
o`zgarishi, masalan kamayib ketishi, boshqasiga ham ta'sir ko`rsatadi.
Shuning uchun ham hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri
biosferani
biologik tartibga solib turish
ya'ni ekotizimlarning barqarorligini
va ulardagi tabiiy muvozanatni ta'minlashdan iborat.
•
Ekotizimlar hozirgi taraqqiyot davrida insoniyat ta'siriga bardosh
beraolmay o`zgarib ketmoqda. Ba'zan bir qarashda nazarga ilinmaydigan
ishlar ham uning muvozanatini buzib yuborishi mumkin. Misol uchun
shakarqamishni kalamushdan himoya qilish uchun 1872 yil Yamaykaga
mangustlar keltirildi. Ular bu yerda qulay sharoit topib benihoya ko`paydi
va kalamushlar bilan birga ko`pgina foydali hayvonlarni ham kirib yubordi.
Xuddi shunga o`xshash qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy
zaharlarning ishlatishidan zararkunandalar bilan birga foydali hasharotlar
ham yoppasiga qirilib ketadi.
•
Biosfera – (gr. “bios”-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik
organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va
energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga bog`liq. Biosfera Yer
yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi
to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo
u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda avstriya
geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera –
bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa
po`stlog`idir. U biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi.
•
Yerning tiriklik muhiti ekanligi to`g`risidagi o`zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan
rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu
ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat:
•
1)tirik organizmlar
•
2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral
moddalar.
•
3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen modda
aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.
Atmosfera
•
– Yer sharini o`rab olgan havo qatlamidan iborat bo`lib, uning og`irligi Yer
og`irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani
tashkil qiladi va yer yuzasining har bir kvadrat santimetr maydoniga 1,32 kg.
dan to`g`ri keladi. Ana shu miqdordagi havoning teng yarmi 6 km.
balandlikkacha bo`lgan qavatda joylashgan. Qolgan yarmining 99% 30 km.
balandlikkacha bo`lgan qavatda va 1 % - 3000 km. balandlikkacha bo`lgan
qavatida joylashgan. Bu balandlik atmosferaning yuqori chegarasi bo`lib,
bu yerda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo`shlik havosining
zichligiga tenglashadi. Yerdan balandga ko`tarilgan sari havoning
siyraklashayotganini barcha organizmlar, shuningdek odam organizmi ham
yaqqol sezadi.
•
Atmosfera 3 ta asosiy qavatdan – troposfera, stratosfera va ionsferadan
tarkib topgan. Biz bu to`g`rida keyinroq ma'lumot beramiz. Havo
zarrachalarining eng zich joylashgan qavati troposfera bo`lib, u biosfera
tarkibiga kiradi. Hozirgacha fanda havoda yashovchilar –
atmobiontlar
ma'lum emas. Ammo ko`pgina organizmlar bor-ki, ular
havoda harakatlanish va oziqlanishga moslashib olganlar.
•
Shunday qilib, biosfera tirik va tirik bo`lmagan tarkibiy qismlardan iborat
murakkab ekotizim bo`lib, u iyerarxik (ya'ni tobe'lik) tartibda joylashgan
individ, populyatsiya, biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |