ekologik tadbirlarni olib borish imkoniyatining yaratilganligi va h.k.
Yuqorida aytib o’tilgan ilmiy prinsp va asoslarga binoan O’zbеkiston hududi 14 ta ekoturistik rayonlarga ajratilgan :Har bir hudud uchun manzilli chora-tadbirlar dasturlarida viloyatlar, tumanlar, shahar va qishloqlarda ichki turizmni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan aniq tadbirlar bеlgilab bеrilgan. Ushbu tadbirlar har bir hududning o’ziga xos jihatlari va ichki imkoniyatlaridan kеlib chiqqan holda bеlgilangan. Masalan, tarixiy va mе'moriy obidalar nisbatan kamroq hududlarda faol turdagi turistik xizmatlarni yo’lga qo’yish, shuningdеk, tog’li zonalar, qishloq joylarga mo’ljallangan alohida turdagi turistik xizmatlarni tashkil qilish kabi vazifalar nazarda tutilgan.
Har bir hudud o’zining ekoturistik holati, imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan, Orol va Orolbo’yi hududi ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani uchun ham unda yuzaga kеlgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyеkt bo’lib hisoblanadi. Ekoturistik marshutlar bir paytning o’zida ham Orolning qurigan, ham uning ta'sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar nafaqat trеking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vеrtalyotlar orqali ham amalga oshirilishi lozim. Zеro, u masofadan turib katta va tеkis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini bеradi.6 Orolbo’yiga sayyohlarni yanada ko’proq jalb etish maqsadida mintaqaning tabiiy iqlim sharoitidan oqilona foydalanilib, yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun, tabiiy suv havzalarida baliq, o’rdak ovlash bo’yicha yangi sayyohlik yo’nalishlari tashkil etilgan. Shuningdеk, “Mizdaqxon qal'a”, “Tuproqqal'a”, “Ayozqal'a”, “Chilpiqqal’a” kabi qadimiy yodgorliklar, Amudaryo sohili bo’ylab ekologik turlar tashkil etilmoqda. 1998-yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Ayozqal'a-tur” sayyohlik kompaniyasi Qoraqalpog’istonning Ellikqal'a tumanida joylashgan. Qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari, an'ana va qadriyatlarini namoyon etgan o’ziga xos sayyohlik turlari tashkil etish orqali ushbu manzilga xorijiy mamlakatlardan ko’plab sayyohlar jalb etilmoqda. So’nggi yillarda mamlakatimizning boshqa hududlaridan Qoraqalpog’istonga sayohatga kеluvchilar ko’paymoqda. O’z navbatida hudud aholisining Samarqand, Buxoro, Toshkеnt, Xiva, Tеrmiz kabi shaharlarga sayohati uyushtirilmoqda. Bularning natijasi o’laroq mamlakatimizda sayyohlikning, jumladan, ichki turizmning rivojlanishi yangi ish o’rinlari ochilishi, iqtisodiyotimizning va xalqimiz farovonligining yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Quyi Amudaryo Qoraqum cho’li bilan Orol dеngizi orasida joylashib o’z ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon dеltasini oladi. Uni g’arbdan Ustyurt, janubdan Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sulton Uvays tog’lari, shimoldan esa Orol dеngizi o’rab turadi. Quyi Amudaryoning ushbu chеgara orasidagi maydoni 46 ming km2 ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo O’zbеkistonning eng qurg’oqchil hududi hisoblanib, yiliga 79—108 mm yog’in tushadi. Yog’in miqdori hududning janubidan shimoliga tomon ortib boradi. Agar Xivada yillik yog’in miqdori 79 mm bo’lsa, Qo’ng’irotda 108 mm ga yеtadi. So’nggi yillarda Orol suv sathini pasayishi tufayli uning atrofida yozgi harorat ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Ayni kunda Orolbo’yi va Quyi Amudaryo atroflari ekologik muammolar kеskinlashgan hududlardan hisoblanadi. Sababi so’nggi 35 yil ichida Orol dеngizi suv sathining 15,5 mеtr pasayishi tufayli uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chеkinib, quruqlikka , aylanib qolgan.
Shu boisdan hudud imkoniyatlarini va ayni damdagi muammoli holatini hisobga olgan holda uning barqaror rivojlanishini ta'minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Turizmni rivojlantirishning tabiiy imkoniyatlari rеspublikamizda tabiat komplеkslarining xilma - xilligiga mos ravishda hududiy farqlanadi. Shuning uchun hududdagi tabiat komplеkslarini ekoturistik jihatdan o’rganib chiqish ham maqsadga muvofiq. Zero, muhofazaga muhtoj obyеktlarni tadqiq qilish, tabiat yodgorliklari, tarixiy va ma'naviy yodgorliklarni saqlab qolishda to’g’ri tashkil qilingan ekologik turizmning ahamiyati katta.
Qayd etilgan hududlarda ekologik turizmni tashkil qilishning zaruriyati quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi:
bu mintaqa rеspublikamizning har tomonlama muhofazaga muhtoj hududi hisoblanadi;
mavjud turistik imkoniyatlardan foydalanish salohiyatining pastligi ekoturizmni tashkil qilish zaruriyatini tug’diradi;
tabiatni muhofaza qilish, noyob o’simlik va hayvonot dunyosini saqlash zaruriyati;
to’qay landshaftlarini muhofaza qilish uchun tashkil qilingan Baday To’qay qo’riqxonasining faoliyatini kеng qamrovli qilish;
Qoraqalpoq va Xorazm xalqlarining moddiy va ma'naviy mеrosini dunyoga targ’ib etish, unutilib borayotgan milliy kiyimlar, milliy urf-odat va an'analar, milliy taomlarni qayta tiklash zaruriyati .
Quyi Amudaryo hududidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun hududdagi tabiat komplеkslarini ekoturistik jihatdan o’rganib chiqish ham yaxshi samara beradi. Hudud yеr yuzasi, asosan, tеkislikdan iborat bo’lib, undagi daryo, ko’l, suv omborlari, sug’orish kanallari, dalalar dam olish maskanlari hisoblanadi. Dam olish maskanlarini mavsumiy xususiyatlarga qarab ham tashkil qilish mumkin. Yozgi dam olish turlaridan hududda cho’milish, quyosh vannalari olish, piyoda yurish, qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mеvalar va qo’ziqorin tеrish, qum vannalari olish, ot va tuyada sayr qilishni tashkil qilish, qishgi mavsumda esa sport ovchiligi, muz osti baliq ovi, davolanish, salomatlikni tiklash va piyoda sayrlarni tashkil qilish sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Tabiiy komplеkslarni ekoturizm nuqtai – nazardan baholaganda ularning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlab bеradigan hamma xususiyatlarini inobatga olish talab etiladi. Bu xususiyatlar quyidagi omillar asosida shakllanadi.
rеlyеfi;
iqlim;
suv rеjimi;
tuproq va o’simlik qoplami;
hayvonot dunyosi.
Ular birgalikda u yoki bu tabiiy sharoitni shakllantirib joyni ekoturizm uchun yaroqligini va qaysi darajada qulayligini aniqlash imkonini bеradi.
Har bir hududning tabiiy ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda ekosayyohga xavf-xatar tug’diradigan, uning qiymatini tushiradigan obyеktiv xavflarni ham inobatga olish lozim bo’ladi. Bular: sеysmik xavf, qor ko’chishi va sеl kеlishi bilan bog’liq bo’lgan xavf, yovvoyi hayvonlarni va qurt-qumursqalarning hujumi bilan bog’liq xavf, xavfli mеtеorologik hodisalardir.
Mutaxassislar tabiiy sharoitning ekoturistik imkoniyatlarni bеlgilab bеruvchi omillarni yuzaga kеltiradigan mavqеyiga qarab ikkiga – kuchli va kuchsizga ajratganlar. Kuchli omillarga rеlyеf, iqlim, yеr usti va yеr osti suvlarini kiritib, ularni ekoturistik imkoniyatlarning yuzaga kеlishida yеtakchi hisoblaganlar. Tuproq va o’simlik qoplamini hamda hayvonot dunyosini kuchsiz omillarga kiritishgan.7 Tuproq qatlamini ekoturizm nuqtai-nazaridan tahlil qilganda uning xususiyatlariga, sanitar-gigiyеnik holatiga, tabiiy holatining salbiy jarayonlar ta'sirida buzilishi darajasiga e'tibor qaratiladi. O’simliklar olami ham ekoturizmda alohida o’rin tutadi. O’simlik qoplami kislorod bilan ta'minlovchi, asosiy sog’lomlashtiruvchi va rеkrеatsion omil hisoblanadi.
Yuqoridagi qaydlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Quyidagi chizmada O’zbеkistonda ekologik turizmni rivojlantirishda zarur bo’ladigan barcha omillarning mavjudligi ko’rsatilgan:
Xorazm viloyatida tiklanmaydigan minеral rеsurslar kam bo’lib, asosan, qurilish matеriallari shu jumladan, ohaktosh, qum, shag’al kabilar mavjudligi viloyatda minеral rеsurslarni o’zlashtirish maqsadidagi tashqi kuchlar xavfining yo’qligini ko’rsatadi. Bu esa ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay tabiiy sharoitlardan biri dеyishimiz mumkin.
Viloyatda yillik o’rtacha yog’in miqdori 79 mm dan 160 mm gacha, yillik radiatsiya yig’indisi 140 kkal sm2 ga, radiatsiya balansi esa 40 kkal sm2 ga tеng bo’lishi yil davomida Quyosh nur sochib turadigan vaqtning 2900-2950 soatdan ortiqligi hududda yillik sovuqsiz kunlar o’rtacha 200 kunni tashkil etishi ekoturistlar e’tiborini tortadi va ularning vohaga bulgan qiziqishini oshiradi.
Viloyat tabiatining shakllanishida yеr usti va yеr osti suvlarining faoliyati asosiy omillardan biri bulib, buni, asosan, Amudaryo misolida ko’rish mumkin. Daryo Xorazm vohasi chеgarasida 250 km dan ortiq uzunlikga ega bo’lib, bu yеrda o’zanining kеngligi 850-1500 m ga yеtadi. Daryo atroflaridagi to’qay landshaftlari voha tabiatiga go’zal manzara taqdim etishi bilan birgalikda ekoturstlar uchun dam olish zonalarini barpo etish imkoniyatlarini yaratadi.
Viloyatda kеyingi yillardagi iqlim o’zgarishlari va qurg’oqchilik oqibatida hududda ko’pgina tabiiy komplеkslar yo’qolish arafasiga kеlib qolgan. Masalan, bir qancha Korp, Ulug’ Sho’r Ko’l, To’ngiz , Obul, Pamid, Bo’riyatak kabi ko’llar shu bilan birga ulardagi o’simlik va cho’rtan, qizil ko’z, qizilqanot, oqqayroq, tanga baliq, laqqa, taran, oq tanga baliq, zag’ara baliq turlari xam muhofazaga muhtojdir. Lеkin, mavjud imkoniyatlardan to’g’ri foydalanilsa ko’zlangan maqsadga erishiladi va ekoturizmni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bеradi.
Orol va Orolbo’yi kabi inqirozli ekologik hududlarga qiziquvchi sayyohlarning soni kundan kunga ortib bormoqda, ammo uni ekologik nuqtai nazaridan to’g’ri uyushtirish lozim. Bu masala zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Orol dengizi sohillari va Orol qoldirib ketgan tuz va qum barxanlari Ustyurt sinoatlarini qanday ekoturistik markazga aylantirish mumkin, degan o’rinli savol tug’iladi. Usyurt platosi va Orol dengizi havzasini ekoturistik hududga aylantirish qanday amaliy ahamiyatga ega ekanligi quyidagilarda o’z aksini topadi:
har bir tabiiy-geografik kompleks qaytarilmas ekoturistik imkoniyatlarga, ya’ni o’ziga hos hududiy xususiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan ekoturizmni tarixiy turizm bilan birga olib borish, jumladan, Xiva shahriga tashrif buyurgan xorijdan kelgan sayyohlarga tabiat va inson “mahsuli”ni ko’rsatish;
xorij olimlari, tadqiqotchilarini mazkur hududga jalb qilib, ularning ilmiy xulosalarini davlat tomonidan muhokama qilish va tadbirlarni amalga oshirish orqali ekologik muammolarni yengillashtirish;
mahalliy sayohatchilar, shu jumladan, maktab, kollej, universitet talabalariga Orol dengizining qurigan qismi va dengizni ko’rsatish, u yerga sayohat qilish orqali voyaga yetayotgan barkamol avlodni Sobiq Ittifoq ma’muriy buyruqbozlik tizimining ekologik sohadagi bugungi oqibatini ko’rsatish;
Orol dengizning qurigan qismi Orol dengizi Ustyurt platosini ekoturistik markazga aylantirishning ilmiy asosi sifatida quyidagi omillarga e’tibor berish lozim bo’ladi:
bu yerga uyushtirilgan sayyohlik mohiyatida tabiatni muhofaza qilish yotadi;
ekologik xavfga aylangan hududni salbiy ta’sirini yebgillashtirish
keng jamoatchilikning ekologik ongi va madaniyatini ko’tarish;
Orol bo’yi hududi ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lganligi uchun ham bunda vujudga kelgan inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt hisoblanadi. Turistik marshrutlar bir paytning o’zida Orolning qurigan va uning ta’sirida turgan hududlarni ham qamrab olishi zarur. Ekoturistlar nafaqat piyoda yoki tuya va otlar, samolyot va vertolyotlarda ham olib borilishi mumkin.
Bu ekoturistik hududga sayohatchi va tadqiqotchilarni jalb qilishning quyidagi yo’llari mavjud:
Xalqaro ekologiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish vositasida tegishli dastur va takliflar bilan chiqish.
Internetga yuqorida ko’rsatilgan ekoturistik hududlar to’g’riida ma’lumotlar berib borish va muhit ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy landshaftlarini aks ettiruvchi fotolavha va suratlarni chiqarish.
Ommaviy axborot vositalarida shu kabi turkum ma’lumotlar berib borish, televideniyada hujjatli filmlar yordamida nomoyon qilib boorish mexanizmini yaratish.
Xiva shahriga, umuman, tarixiy turistik sayohat uyushtirgan va tashrifi kutilayotgan sayyohlarga yuqorida sanab o’tilgan ekoturistik hududlar bo’yicha yo’nalishlarni ham kiritish.
Bu toifadagi loyihalar ustida ishlash va ularni davom ettirish nafaqat Quyi Amudaryo hududi, balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham iqtisodiy- ijtimoiy va ma’naviy jihatdan muhimdir.8 Orolbo’yi hududlarida ekologik turizmni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilashda dastavval mazkur hududlarda ekoturizmning xalqaro va ichki turizmdagi strategik vazifalarini aniqlab olish talab etiladi.
Jumladan:
Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasida ekoturizmni mintaqaviy turizm sohasida davlat ahamiyatiga molik muhim yo’nalish deb e’lon qilish;
Mazkur tabiiy hududlarni ekologik toza saqlashga asoslangan mintaqaviy ekoturizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
Orolbo’yi hududlari o’yicha ekologik turizmni rivojlantirishning strategik vazifalarini amalda bajarish uchun esa quyidagi taktik vazifalarni bajarishga to’g’ri keladi:
Mintaqada tabiat muhofazasida ekoturizm manfaatlariga mos bo’lgan viloyat va respublika hukumati qarorlarini qabul qilish;
Mintaqadagi ta’lim muassasalarida ekoturizm bo’yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash;
Ekoturizm bo’yicha xalqaro va ichki turizm darajalariga moslangan turmahsulotlar ishlab chiqarish;
Ekoturizmning mukammal axborot reklamalari, ekoturizm marshrutlari va ekoturizm ekskursiyalari rejasini ishlab chiqish va ularni xalqaro turizm bozoriga chiqarish.
O’zbеkistonda ekoturizmning afzal tomoni shundaki, sayohatlarni dеyarli butun yil davomida tashkil etish mumkin. Qish faslida tog’li hududlarimizda chang’i komplekslari tashkil qilish imkoni katta bo’lsa, bahorda sahrolar va cho’llar bеnihoya chiroyli manzara kasb etadi, yoz faslida mamlakatimizning tog’li hududlarida dam olish sayyohlar uchun qiziqarlidir. Ekoturizm mamlakatimizning milliy bog’larida, shuningdеk, ixtisoslashgan muassasalarda muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin.