Farg'ona davlat universitet Sitqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi 20-115 guruh talabasi Anvarov Diyorbek Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvga solinadigan soliq o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rni Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga undirish shakli hisoblanadi.
Aksiz solig‘ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendensiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13 noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUAvto» YoAJi (hozirgi «Jeneral Motors O‘zbekiston» YoAJi) ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to’lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq bazasi soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo’lsa, aksiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqib, soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo’lsa, realizatsiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo’lmagan qiymati asosida aniqlanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq bazasi aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o’z ichiga oladi.
Aksiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo’lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo’lsa, soliq bazasi, agar Soliq kodeksining 285-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq kodeksining 289-moddasida soliq stavkalari keltirilgan. Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o’lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o’z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
Amaldagi Soliq kodeksining 290-moddasiga ko’ra, soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to’lanadigan, o’ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo’yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo’llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo’lishi mumkin emas.
Aksiz markalari Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Aksiz markalari Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
Aksiz markalari «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:
- alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar.