EKOLOGIYA VA UNGA TEGISHLI SOHALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
REJA:
1.Dastlabki hayot muhiti haqida tushuncha.
2. Ekologiya fanining vujudga kelishi.
3.Markaziy Osiyo olimlarining fan rivojiga qo’shgan hissasi.
4. Ekologiya fani sohalari va yutuqlari.
Dastlab, ekologiyaga old ilmiy tushunchalarni quyidagicha ko'pchilikka yaxshi ayon bo'lgan fikr-mulohazadan boshlaganimiz ma'qul: Yer sayyorasi, ya'ni biz yashayotgan kurrai zamin, bu turfa Olamda hozircha birdan-bir, yagona tirik organizmlar, shu jumladan, insonlarning «yashash joyi-makoni» hisoblanadi. Bunda 4 ta ulug'—bebaho tabiat in'omi: suv, tuproq, havo, tirik organizmlar mavjud.
Hayot uchun eng zarur ana shu hayotiy omillar, so'zsiz, juda uzoq davrlar, aniqrog'i, 3-4 mlrd. yillar oralig'ida Yer sayyorasining shakllanishi va shu bilan bir vaqtda, bunda amalga oshgan o'ta murakkab flzik va biogeokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo'lgan. Ana shunday tabiiy shart-sharoit, yashash muhitlari barpo bo'lgandan so'nggina. inson zoti Yerda paydo bo'lgan. Lekin u hozirgidek barkamol hayot ko'rsatkichlariga yetgunicha, bir necha 10 millionlab o'tgan uzoq tarixiy davrni boshdan kechirib, evolyutsion tarzda rivoj topgan.
Yerdagi 4 ta hayotiy muhitning ilmiy nomlanishi quyidagicha: havo—atmosfe-ra, suv—gidrosfera, qattiq yer yuzasi—litosfera. o'simliklar va hayvonlar - «jonli qobiq» - biosfera deb ataladi. Insonlar Yerning jonli qobig'i. ya'ni biosfera muhiti tarkibida, boshqa barcha tabiiy unsurlar bilan bevosita bog'liqlikda dunyoga kelib, boshqa jonzotlardan farqli ravishda, yuqori ong - tafakkur sohibi (Homo sapiens) hisoblanadi.
Inson haqiqatdan ham, boshqa tirik organizmlardan o'zining chuqur idrok eta oilishi, aqlliligi bilan keskin ajralib turadi. Shu sababdan ham odamlar ma'lum joy — muayyan hududlarda jamoa bo'lib, o'zaro uyushib, ongli turmush tarzida hayot kechirishadi, faoliyat ko'rsatishadi va hokazo. Quyida, ekologiyaga old bir qator umumiy tushunchalar xususida ma'lumotlar bayon qilamiz. Dastavval, «E k о 1 о g i у a» so'zi nimani anglatadi? O'ziga u qanday ma'no, mazmun - mohiyatni qamrab olgan? Uning turli ko'rinishda alohida fan sifatida shakllanishi qaysi davrga to'g'ri keldi va qaysi olim — donishmand-larning xizmatlari bunda muhim ahamlyat kasb etgan? Hozirgi davrda ekologiya-ning qanday yo'nalishlari ko'proq rivoj topmoqda? Shu kabi qator savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Ilk bor, «Ekologiya» atamasini 1866 yilda nemis tabiatshunos olimi Ernst Gekkel (1834-1919) o'zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida ishlatgan. Olimning ta'kidlashicha, har qanday tirik organizm evohutsion taraqqiyoti davrida atrof-muhitga moslashib, o'ziga xos morfologik ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Agar rnoslasha olmasa, qirilib yo'q bo'ladi.
«Ekologiya» ikki yunoncha so'z: «Oykos» - yashash joyi, makoni, muhiti va «Logos»-ta’limot, bilimlar majmuidan tashkil topgan. Xullas, ekologiya-tirik organizmlaming yashash joyi, muhiti va ularning shu makondagi turli xil tabiiy omillar bilan o'zaro bog'liqligi hamda munosabatlarini tahlil-tadqiq etuvchi fandir. Shunday qilib. ekologiya — jonzot (organizm) larning o'zaro bir-birlari bilan va o'z yashash makoni - muhiti tarkibidagi barcha tabiiy omillar bilan munosabatini o'rganadigan fan deyilsa, to'g'ri bo'ladi.
Dastlab, ta'lim muassasalarida u boshqa tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, geografiya, kimyo, fizika, geologiya kabi fanlar tarkibida o'rganilgan. XX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologiya mustaqil — fan sohasi sifatida shakllanib, alohida o'qitila boshlandi.
Hozirgi davrda, shuni qayd etish joizki, ekologiyaning turli sohalari tarkib topib, mustaqil fan shaklida ko'plab o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida o'rganilmoqda. Bu esa, Respublikamizda xalqaro kelishuv, qaror va dasturlar asosida, shuningdek, qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga binoan ham barkamol avlod tarbiyasi uchun ekologik ta'lim - tarbiyaga katta e'tibor qaratilganidan dalolatdir. Hozirgi zamon talablari darajasida, ekologik tushuncha va ijodiy - amaliy g'oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirishda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosi hainda xalqimizning milliy qadriyatlaridan ham foydalanishimiz foydadan holi bo'lmaydi, albatta.
Tarixiy qadriyatlarimiz negizida, qadimgi davrlardan boshlab, to shu kungacha o'tgan tabiatshunos olimlarning atrof-muhit va barcha hayotiy omillar bilan bog'liq ilmiy kashfiyotlari, falsafiy ta'limot va qonuniyatlari mujassamlangan. Xullas. ekologiya boshqa fanlar kabi. tabiiy-ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi. Ekologiya fani XX asrda nihoyatda rivoj topdi.
Ekologiyaga oid tushunchalarning paydo bo'lishi va ko'plab tabiat qonu-niyatlarining kashf etilishi, pirovard natijada, ekologiya fani ilmiy asoslarining shakllanishida boshqa olimlar bilan bir qatorda qadimdan Markaziy Osiyoda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimizning ham xizmatlari beqiyosdir. Fikrimizning isboti sifatida, insoniyat uchun nihoyatda hayotiy zarur omillar: havo, suv, tuproq, o'simlik va hayvonlarning yer tabiatidagi o'rnini bilgan holda, ularga oqilona munosabatda bo'lish, shu bilan birgalikda, muhofazasini ta'minlashni o'z asarlarida targ'ib etgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin. Aynan ana shu donishmand-olimlar jonli va jonsiz tabiatni chuqur tahlil va tadqiq qilib. ko'plab ilmiy asarlar qoldirganlar. Bular o'tmish ajdodlarimizning bizga qoldirgan bebaho merosidir. Ulardan kishilik jamiyati hozir ham bahramand bo'lmoqda. Buni butun dunyo hamjamiyati ham tan olgan.
Yer sayyorasidagi atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalar hamda boshqa tabiiy hayotiy omillar, ya'ni energetik manbalar, yerosti-usti qazilma boyliklari va hokazolar ekologiya fanining ob'ektlari hisoblanadi. Demak, ekologiya fani va uning turli sohalari tabiiy unsurlarning muayyan holatlari, sifat va miqdor ko'rsatkichlarini o'rganadi. Buning ahamiyati o'ta muhimdir. Chunki ekologik ob'ektlar doim o'zgarishga moyii. U havo muhitimi, suv muhitimi, o'simlik va hayvonlar olamimi, qat'iy nazar, iqlim va ob-havo sharoiti bilan bog'liq abiotik, shuningdek, biotik hamda antropogen omillar tufayli yil davomida o'z ko'rsatkichlarini uzluksiz o'zgartirib turadi.
Barcha tabiiy unsur-ekologik tizimlarning o'zgarishlari, umuman, tabiat o'zgarishlari ma'lum turdagi omillar ta'siri doirasida. muayyan qonun va qonuniyatlar asosida boladi. Hozirgi davrgacha olimlar tomonidan barcha hayotiy omillar bilan bog'liq tabiiy qonunlarning ko'pi kashf etilgan. Bu alohida va o'ta muhim mavzu.
Ilmiy va adabiy manbalar shundan dalolat beradiki, juda qadim zamonlardan boshlab, o'tmish ajdodlar, atrof-muhit va barcha turdagi tabiiy resurslar: havo, suv, tuproq, o'simlik, hayvon va boshqalarni muhofaza qilish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlarni ham bajarishgan. Misol uchun, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xonliklarda muayyan tabiiy resurslardan foydalanish (ov qilish, daraxtlarni kesish va boshqalar) bo'yicha rasmiy hukm va qarorlar qabul qilingani ma'lum. Bu kabi amaliy ekologiyaga oid chora-tadbirlar Yer yuzidagi boshqa o'lkalarda ham o'z davrida ishlab chiqilgan hamda amalda qo'llangan.
Yana bir narsaga e'tiborni qaratmoq kerak. Insonlar o'z hayot—faoliyatlari bilan doim tabiatga, atrof—muhitga o'z («antropogen») ta'sirlarini o'tkazganlar. Bu esa ekologik tizimlar holatini o'zgarishiga, ayniqsa. ularning sifat — miqdor ko'rsatkichlarining buzilishiga olib keldi. Hozirgi ekologik muammolar bunga yorqin misollardir (bu haqda keyinroq, alohida saboq beriladi).
Insoniyat o'zining uzoq davrlardan boshlab, hayot-faoliyati davomida tabiatdagi barcha omillardan uzluksiz bahramand bo'lgani ko'pchilikka yaxshi ayon. Havodan nafas olish, suvni turli maqsadlarda ishlatish. o'simlik va hayvonot olamidan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalangan. hozir ham xuddi shunday. Odamzotning uzluksiz ravishda rivojlanishi va ko'payib borishi (bir asr ilgari 1,5 mlrd dan ko'proq, hozir 6,5 mlrd dan ortiq kishi bor) uchun ham, tabiiy manbalarning borgan sayin tanqisligi sezilib bormoqda. Qator tabiiy resurslar, masalan, yerosti qazilma boyliklarining deyarli barchasi qayta tiklanmaydigan bo'lgani sababli, ularning tanqisligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Yaqin kelajakda, yanada katta ekologik muammo (masalan, energetik inqiroz) kelib chiqishi mumkin.
Muqaddas Qur'oni Karim va Hadislarda, hamda islomiy mutafakkir-olimlar ta'limotlarida ham odamlarni tabiatga, atrof-muhitdagi barcha turdagi hayotiy omillarga nisbatan mehrli, oqibatli bo'lish, tejamkorlik bilan ulardan foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, har doim tabiatga oqilona munosabatda bo'lishga dav'at etilgan. Bu ko'pchilikka yaxshi ayon. Ana shunday dav'at va targ'ibotlar ham, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, ekologik ta'limotning xuddi o'zginasidir.
Shuni alohida qayd etmoq kerakki, buyuk ajdodlarimiz, ya'ni qadimda yashab ijod qilib o'tgan mutafakkir-olimlarimizning ko'plari hozirgi ekologik tuslumcha va ta'limotlarmng fan sifatida shakllanishida xolisona xizmat qilishgan. Al Xorazmiy (780-850), Ahmad al Farg'oniy (797-865), Abu Bakr Roziy (865-925), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Nasr Forobiy (980-1051), Abu АИ Ibn Sino (980-1037), Mirzo Ulug'bek (1394-1449), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ular qoldirgan ilmiy asarlarning aksariyati chuqur ekologik mazmun-mohiyatga ega.
Davrlar o'tishi bilan ilm-fan va texnika juda rivoj topdi, natijada ishlab chiqarish ham misli ko'rilmagan darajada taraqqiy etdi. Kishilik jamiyati ham son jihatidan ko'paydi. Bular hammasi tabiiy resurslardan jadal sur'atlarda foydalanishga olib keldi. Pirovard natijada, atrof-muhitda keskin o'zgarishlar kuzatila boshlandi. Aynan shunday holat va omillar tufayli ham ekologiya fanining turli yo'nalish va sohalari vujudga keldi.
Ushbu ma'lumotdan, shuningdek, ekologiya insonlar hayot faoliyatining deyarli barcha jabhalarini qamrab olganidan ham yaqqol ko'rish mumkin.
Keyingi paytda taraqqiy etgan va mukammal shakllangan turli ekologik fanlar bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Shu haqda quyida batafsil fikr yuritiladi.
Ekologiyaga oid har xil yo'nalish va sohalar markazida «Umumiy ekologiya», ya'ni butun biosfera (Yer sayyorasining jonli qobig'i) haqidagi tushuncha va bilimlar majmui turadi. Boshqacha ifodalansa, «Umumiy ekologiya» tabiatda mavjud bo'lganjami jonzotlar va ular hamjamoalarining o'zaro va tashqi muhitlar hamda boshqa tabiiy omillar bilan o'zaro ta'siri va munosabatlarini o'rganadi. O'z navbatida, u jonzotlar, populyatsiyalar, hamjamoalar va inson ekologiyasi kabi sohalarga bo'linadi.
Jonzotlar ekologiyasi (Autekologiya) muayyan tur yoki uning populyatsiyasiga bevosita tegishli va tashqi omillar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni xarakterlasa, hamjamoalar ekologiyasi (Sinekologiya) tabiatdagi jonzotlar hamjamoalari hayot-faoliyatlarini tahlil va tadqiq qiladi.
Insonlarning o'zi, tirik organizm sifatida, o'z atrofidagi barcha jonli va jonsiz unsurlarga, jumladan, Yerdagi asosiy hayotiy muhit (havo, suv, tuprog'u zamin va boshqa) larga o'tkaziladigan ta'sir hamda munosabatlaridan kelib chiqib, ekologiyaning alohida bir sohasini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. U «Inson ekologiyasi» deb atalib, odamlarning yashash joyi-makoni, undagi shart-sharoit va atrofidagi turli tabiiy omillar bilan bevosita aloqasi, ta'sirlashuvi kabi, har xil munosabatlarini o'rganadi. Inson ekologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lanishlarni tahlil etish natijasida, «Ijtimoiy ekologiya» sohasi vujudga keldi.
Qadim zamonlardan tabiatda mavjud bo'lgan, keyinchalik ma'lum sabablarga ko'ra yo'qolib ketgan organizmlarning qoldiq va asoratlari bilan bog'liq ma'lumotlarni, paleontologiya fani bilan birgalikda, ekologiyaning yangi bir sohasi — Tadrijiy (evolyutsion) ekologiya o'rganadi. Mazkur yo'nalishning ilmiy asoslari, xususan, kelajak taraqqiyoti uchun ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos.
Yer sayyorasi - kurrai zamin sathining ekologik ko'rsatkichlari bir xil bo'lmasligini ko'pcliilik yaxshi biladi. Har bir mintaqa, iqlimiy hududlar, so'zsiz, o'ziga xos tarkibli muhitlar, sharoit va tabiiy omillarga ega. Ayrim joylarda o'ta xavfli ekologik muammolar ham yuzaga kelgan, masalan, Markaziy Osiyoda «Orol» fojiasi. Shunga o'xshash ekologik o'zgarish va muammolar sababli, ayniqsa, XX asr oxirlariga kelib, «Mintaqaviy ekologiya» yo'nalishi ham tashkil topdi. U o'z tarkibiga «Shaharlar ekologiyasi», «Qishloq xo'jaligi ekologiyasi», «Sanoat va muhandislik ekologiyalari»ni mujassamlagan. Ba'zi holatlarda mazkur sohalar majmuini, qisqacha, «Amaliy ekologiya» deb atash ham qabul qilingan.
Keyingi davrda, fan-texnika rivojlanishi sababli insoniyatning atrof-muhitlarga ta'siri jadallashishi, ayniqsa, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari vujudga kelishi va boshqa omillar tufayli, «Sanoat ekologiyasi» tarkibida «Muhandislik ekologiyasi» yo'nalishi ham kelib chiqqanini qayd etish kerak. U asosan shu kungi ishlab chiqarish jarayonlaridagi turli texnik vositalarning bir-biriga o'zaro bog'liqligi va munosabatlarini tadqiq etadi. Nihoyat, hozir o'ta muhim hisoblangan va ulkan nufuzga ega bo'lgan «Umumbashariy ekologiya» mavjudligini alohida qayd etmoq lozim. Mazkur yo'nalish butun kurrai zamirmi qamrab olgan biosferaga oid ekologik ma'lumotlarni o'zida mujassamlaydi. Bu sohaning asosiy vazifalariga, biosfera qismatiga ta'sir etadigan barcha katta-kichik hodisa va omillarni o'rganish kiritilgani muhim ahamiyat kasb etadi,
Yuqoridagilardan tashqari, shuni ham ta'kidlash zarurki, bugungi kunda insoniyatning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarda rivojlanishi bilan bog'liq ravishda,
ekologiya-ning yanada yangi sohalari vujudga kelmoqda. Masalan, «Koinot eko-logiyasi», «Hujayralar va mikroorganizmlar ekologiyasi» kabilar shular jumlasiga kiradi. Demak, ekologiya fani o'zining ko'p qirraliligi bilan boshqa fanlardan keskin farqlanishi yuqoridagi fikr — mulohazalardan yaqqol ko'rinib turibdi.
Xulosa qilib shuni ham qayd etish mumkinki, Sayyoramizda aholi sonining tez ortib borishi liamda fan-texnikaning kelajakda yanada rivojlanishi sababli, atrof-muhitlarda kuzatiladigan turli-tuman o'zgarishlar, shubhasiz, ekologiyaning yanada yangi sohalarini ham uijudga keltiradi. Ekologik ta'lim-tarbiyaning samarasi yuqori darajada bolishi uchun bunday ma'lumotlarni chuqur o'zlashtirib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xullas, kelgusida ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirishdan maqsad, shu kungi eng muhim atrof-muhit muhofazasiga tegishli vazifalarni anglab yetmoq va ekologik muammolar yechimi ustida bosh qotirmoq zarur. Ekologik dolzarb vazifalar xususida gap borganda. avvalambor, quyidagilarni ko'rsatib o'tish o'rinli:
*Yerdagi barcha hayotiy muhit va tabiiy omillar holati, ularning sifat-miqdor ko'rsatkichlari bo’yicha doimiy ekologik monitoringni amalga oshirish;
*har xil umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy (hududiy) ekologik muam-molarni bartaraf etish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish;
*atrof-muhitda kuzatilishi mumkin bo'lgan yangi ekologik o'zgarish, yuzaga keladigan ekologik tanglik, muammo va talofatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash:
*tabiatda mavjud bo'lgan har xil ko'rinishdagi hayotiy ornillar, jonli va jonsiz xomashyo rnanbalari hamda boshqa xil resurslarga oqilona jnunosabatda yondashish. ularni sui iste'mol qilmaslik va hokazolar.
Yuqorida ko'rsatilgan va boshqa shunga o'xshash ekologik vazifalarni o'ta mas'uliyat bilan yechmoqlik dunyodagi hamma xalqlarning, shu jumladan, Respublikamiz xalqlarining ham muqaddas burchidir. Buning uchun, birinchi navbatda j'amiyatimizning har bir a'zosi kerakli ekologik ong va ma'naviyat sohibi bo'lmog'i darkor.
Dostları ilə paylaş: |