Экономика и социум



Yüklə 293,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix23.04.2022
ölçüsü293,34 Kb.
#115484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
b06fdc ce01f7a2794c4d75ba1b4f209f2ebadf

__________________________________________________________________ 

"Экономика и социум" №10(77) 2020                                           www.iupr.ru

 

ezgulikning  boshi  til  odobi,  asar  uning  foyda  va  zararlariga  bag‘ishlanadi  deya 



ta’kidlaydi.  Til  insonning  qadr-qimmatini  oshiradi  yoki  shu  til  orqali  inson  yuz 

tuban  ham  ketishi  mumkin.  Kishi  ikki  narsa  bilan  hayotda  mangu  qoladi:  biri 

xushxulqlik  bo‘lsa,  ikkinchisi  yaxshi  so‘z,  deydi.  Insoniy  munosabatlarning  eng 

oliy mezoni sanalgan hurmat va ehtiromni tarkib toptirishning barcha ko‘rinishlari 

asarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Yusuf  Xos  Hojib  jamiyat  taqdirini  hal  etuvchi  eng 

ulug‘  mansabdorlardan  tortib,  oila  a’zolarigacha  bir-biriga  bo‘lgan  muomala-

munosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi. 

Yusuf  Xos  Hojibning  amaldorlar  axloqi haqidagi  o‘gitlari diqqatga  sazovor 

va  bu  fikrlar  hozirgi  davrda  ham  qimmatli  sanaladi.  Allomaning  beklar,  hojiblar, 

vazirlar,  saroyboshilar,  elchilar,  lashkarboshilar,  devonboshilar,  xazinadorlar, 

sarkotiblar  kabi  ko‘plab  amaldorlarning  hatti-harakatlari,  ish  yuritishlari,  xulq-

odobi haqidagi o‘gitlari va yo‘l-yo‘riqlari har bir amaldor uchun dastur sanaladi. 

(Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa, 

El va xalqning dardlari (qismati) achchiq bo‘ladi. 

Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo bo‘lsa, 

Elini buzadi (xarob qiladi), o‘zi (esa) tilamchi 

Bo‘lib qoladi

.

 



Yusuf  Xos  Hojib  takabburlik,  mag‘rurlanish,  kekkayishga  kamtarlik, 

xushsuxanlik,  xushfe’llikni  qarshi  qo‘yadi.  Shuningdek,  amaldorlarga  xoh  katta, 

xoh kichik bo‘lsin, baland himmatlilik, muruvvatli bo‘lish, samimiylik, xos fazilat 

ekanligini  alohida  ta’kidlaydi.  Insonning  haqiqiy  boyligi  uning  ko‘z  va  ko‘ngil 

to‘qligi  deb  baho  beradi.  Zero,  ochko‘zlik,  ta’magirlik  insonda  poraxo‘rlik  kabi 

yomon illatning tomir otishiga olib keladi, deydi. 

Yusuf Xos Hojib o‘z asarida davlat va huquq haqidagi qarashlari bilan ilm-

fan  taraqqiyotiga  ham  munosib  hissa  qo‘shdi.  U  o‘rta  asrlar  sharoitida  ilm-fan 

rivoji,  insonparvarlik,  adolat  va  haqiqat  g‘oyalarining  tantanasi  uchun  kurashib, 

butun  insoniyat  madaniyatining  rivojlanishida  muhim  rol  o‘ynadi.  Bu  haqida 

H.Boboev  va  Z.G‘ofurovlarning  quyidagi  fikrlari  e'tiborga  molikdir:  “Yusuf  Xos 

Hojib  O‘rta  Osiyo  xalqlari  ma'naviyat  va  ma'rifat  haqida  ta'limotlarining  paydo 





Yüklə 293,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin