Экономика и социум



Yüklə 293,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix23.04.2022
ölçüsü293,34 Kb.
#115484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
b06fdc ce01f7a2794c4d75ba1b4f209f2ebadf

Kalit  so‘zlar:  Ta’lim,  tarbiya,  oila,  ilm,  nasihat,  komil  inson,  ma’rifat, 

ezgulik, til, amaldor, siyosat, munozara.  

 

 

Ключевые  слова:  образование,  воспитание,  семья,  наука, 



советы,  идеалный  человек,  просветление,  доброта,  язык,  официалный, 

политика, дебаты. 



Keywords:  Education,  upbringing,  family,  knowledge,  advice,  perfect  human, 

enlitenment, kindness, language, official, politics, debate. 




__________________________________________________________________ 

"Экономика и социум" №10(77) 2020                                           www.iupr.ru

 

“Ta’limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta’limdan  ajratib  bo‘lmaydi  –  bu 



sharqona  qarash,  sharqona  hayot  falsafasidir”

1

.  Ta’lim-tarbiya  nafaqat  ta’lim 



muassasalarida, balki birinchi galda oilada shakllanib boradi. Xususan, mahallada, 

do‘stlar,  qarindoshlar    davrasida.  Tarbiya  borasida  maktab  va  oilani  bir-biriga 

bog‘lamasdan  o‘rganib  bo‘lmaydi.  Ta’lim-tarbiyaga  oid  yaratilgan  asarlarning 

asosiy  o‘zagi  insoniylik,  insonni  ulug‘lash  g‘oyasi  sanalgan.  Bu  g‘oyani,  ya’ni 

insonparvarlik  g‘oyasini  amalga  oshirishning  asosiy  vositalari  sifatida  yuksak 

axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi 

ta’lim-tarbiyani  amalga  oshirish  muhim  masala  qilib  qo‘yilgan.  Ta’limiy-axloqiy 

asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo‘lishi ilm-

fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. 

 O‘rta  asrlarda  savod  o‘rgatish  «Qur’on»  va  «Hadis»larni  o‘rganish  va 

ulardagi  ko‘rsatmalarni  o‘zlashtirib  olib  bilan  birga  olib  borilgan.  Shunga  ko‘ra, 

«Qur’on»  va  «Hadis»lardagi  pand-nasihatlar  ham  olimlar,  ham  adiblar  ijodiga 

ta’sir  etgan.  Hadislarning  ta’siriga  sabab  umuminsoniy  fazilatlarga  alohida  urg‘u 

berilgan. Ularda ilgari surilgan xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, 

ehson,  sharm-hayo,  ilm  izlash,  muomala  qoidalari,  axloq  mezonlari  va  boshqalar 

o‘z  ifodasini  topgan  va  sharq  adabiyotiga,  jumladan,  ta’limiy-axloqiy  asarlarga 

ta’sir etmay qolmagan. Bunday asarlar bizga asrlar osha meros bo‘lib kelgan. 

Hozirgi  zamon  ta’lim-tarbiyasi,  istiqlol  mafkurasi  ana  shu  merosdan 

oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o‘z oldiga qo‘ygan 

maqsad-vazifalari  sharaf  bilan  bajarishi  mumkin.  Chunki  ular  odobnomasi, 

ibratnomasi  oilada  bolalarni  har  tomonlama  tarbiyalash,  kamolga  yetkazish, 

ma’naviyatimizning  ustivor  iymon-  e’tiqodlarimizning  butun  bo‘lishligini,  qadrli 

qadriyatlarimizning  qadrlanishi  garovidir.  Bu  borada  biz,  albatta,  madaniy 

me’rosimizga  o‘zlarining  beqiyos  ulushlarini  qo‘shgan  buyuk  allomalarimiz 

Beruniy,  Farobiy,  Ibn  Sino,  Mahmud  Koshg‘ariy  va  boshqalar  ijodini 

o‘rganish,ularning  milliy  tarbiyamizga  urg‘u  bergan  asarlarini  o‘rganish  kelajak 

avlod uchun katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu silsilada Yusuf Xos 

                                                           

1

 I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, T.:2008, 62-b. 





Yüklə 293,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin