V. L. Marishuk esa psixodiagnostik testlar: prognostik ahamiyatga ega bo’lishi, ishonchlilik, turg’unlik, ilmiylik, asoslanganlik, ixtisoslashganlik, adekvatlik, ob’yektivlik, aniqlik, samaradorlik, qulaylik kabi talablarga javob berishi kerak deb ko’rsatadi.
Psixodiagnostik test sinovlarini o’tkazishdan avval psixolog quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak:
1. Biror test materiallarini o’tkazishdan avval u bilan yaxshilab tanishib chiqishi yoki o’zida sinab ko’rishi kerak. Bu unga testning nozik jihatlari haqida ham kengroq ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi hamda ba’zi xatoliklarning oldini olishga yordam beradi.
2. Test topshiriqlarini bajarishdan avval tekshiriluvchilar uning yo’riqnomasini yaxshi tushunib olishlariga erishish kerak.
3. Test topshiriqlarini bajarish jarayonida tekshiriluvchilarning mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatishi, bir-birlariga salbiy ta’sir etmasliklarini nazorat qilib turish zarur bo’ladi, chunki bu test natijalarida aks etishi mumkin.
4. Har bir test sinovlari uchun natijalarni statistik tahlil qilish va talqin etishning aniq va asoslangan usullari ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
Psixodiagnostik metodlarni qo’llash muayyan tayyorgarlikni, tegishli ko’nikma va malakalarga ega bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilgan talablar va qoidalar asosida tashkil etilgan psixodiagnostik metodlar shaxs ruhiyatini o’rganishning samarali vositasi bo’lib xizmat qiladi.
B. G. Ananьevning nuqtai nazaricha psixologik kuzatish metodlari psixologik ob’ektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining gneseologik obьektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosini ko’rib chiqilayotganda (agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo’lmaganda beshta darajasini ajratish mumkin.
Metodika darajasi.