kattalikni aniqlash konduktometriya usuli deb ataladi. Konduktometriyadan
dissotsiatsiya darajasi va konstantasini aniqlash uchungina emas, balki
eritmalardagi elektrolitlarning konsentratsiyasini, ularning eruvchanligini;
kislotalarning asosligini aniqlash uchun ham foydalaniladi.
Titrlash paytida eritmaning elektr o'tkazuvchanligi turli sabablarga ko'ra
o'zgaradi. Masalan, kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlashda juda harakatchan
vodorod ioni o'rniga kamroq harakatchan metall ioni keladi, shuning uchun elektr
o'tkazuvchanlik minimal qiymatgacha kamayadi (bu ekvivalent nuqtaga to'g'ri
keladi), titrlash davom ettirilishi hilan metall ionlarining soni ortadi, ayniqsa,
ortiqcha O ionlar paydo bo'lishi bilan elektro'tkazuvchanlik keskin ortadi:
Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlashda eritmaning elektr o'lkazuvchanligi ionlar konsentratsiyasi ortishi hisobiga ortadi, chunki kuchsiz ionlanuvchi kislota o'rniga yaxshi ionlanuvchi tuz hosil bo'ladi. Sekin ortib kelayotgan elektr o'tkazuvchanlik ekvivalent nuqtadan keyin ortiqcha OHionlari hisobiga keskin ortib ketadi:
Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlashda esa, avval kuchli kislota
neytralianib, so'ngra kuchsiz kislota neytrallanadi. Shuning uchun ham elektr
o'tkazuvchanlik kuchli kislotaning ekvivalent miqtasigacha kamayadi, so'ngra
sekin-asta ortib borib, kuchsiz kislota ekvivalent nuqtasidan keyin keskin ko'tarilib