Madaniy muhit institutlar va boshqa kuchlardan tashkil topgan bo’lib, jamiyatga
va uning asosiy qadriyatlariga, tasavvurlaiga, xoxishlariga va xulq-atvoriga ta’sir
ko’rsatadi. Insonlar ularning e’tiqodlari va qadriyatlarini shakllantiruvchi aniq
jamiyatda o’sib-ulg’ayadillar. Ularning olam tasavvurlari boshqa insonlar bilan o’zaro
aloqalarini aniqlab beradi.
Quyidagi madaniy xususiyatlar marketing qarorlarini qabul qilishga ta’sir
o’tkazadi.
Madaniy qadriyatlarning doimiyligi.Aniq jamiyatda insonlar ko’pdan ko’p
e’tiqod va qadriyatlarga ega bo’ladilar. Misol uchun amerikaliklarning ko’pchiligi
shaxsiy erkinlik, mexnatsevarlik, turmush qurish va omadga sazovor bo’lishga
ishonadilar. Ushbu e’tiqod va qadriyatlar kundalik xayotdagi spetsifik munosabatlar va
xulq-atvorni shakllantiradi. Asosiy e’tiqod va qadriyatlar ota-onalardan farzandalariga
o’tadi va maktab, maschit, biznes va xukumat tomonidan boyitib boriladdi.
Ikkilamchi e’tiqod va qadriyatlar o’zgarishlarga molliroq bo’ladi. Nikoxga
ishonch asosiy e’tiqodlardan biri xisoblanadi; barvaqt nikoxga kirish taxmini
ikkilamchi e’tiqodga kiradi.
Marketologlar ikkilamchi e’tiqodlarni o’zgartira olishga imkoniga egadirlar,
biroq birlamchi e’tiqodni o’zgartirish imkoniyatlari juda past darajadadir. Misol uchun
oilani rejalashtirish soxaidagi marketologlarning insonllarni kechroq nikoxga
undashlari umuman nikoxga kirmaslikka undashlaridan ko’ra samaraliroq ta’siga ega
bo’ladi.
Ikkilamchi madaniy qadriyatlardagi o’zgarishlar.Asosiy qadriyatlar
o’zgarmadek tuyulsada, xaqiqatda madaniy tubranishlar xosil bo’ladi. Yoshlarnig soch
prichyoskalari va kiyinish me’yorlariga mashxur musiqiy gurux, shaxslar, kinoning
ta’sirini ko’rib chiqamiz.
Marketologlar yangi imkoniyatlarni yoki taxdidlarni aniqlash uchun madaniy
o’zgarishlarni bashorat qilishga urinadilar. Jamiyatning asosiy madaniy qadriyatlari
insonlarning o’zlari va o’zgalarni tasvirlashlarida, takshilotga, jamiyatga, tabiatga va
Olamga bo’lgan tassavurlarida ifodasini topadi.