Eshitishida va ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalashning pedagogik tizimlari reja



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə1/7
tarix18.11.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#132809
  1   2   3   4   5   6   7
maxsus metodika


ESHITISHIDA VA KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK TIZIMLARI
R E J A :

  1. Kirish

Maxsus pedagogika nimani o`rganadi.

  1. Asosiy qism

  1. Anomal bolalar kategoriyalari

  2. Nutq murakkab ruhiy faoliyat

  3. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va Zaif eshitishda bola nutqidagi kamchiliklar

  4. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar va ularning kelib chiqishi

  5. Eshitishida va ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tashkil etilgan muassasalar


  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Kirish:
Maxsus pedagogika - jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan. Maxsus pedagogika jismoniy yoki ru-hiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga xos oʻquvtaʼlim faoliyatlarini hisobga olgan holda ped.ning umumiy tamoyillari asosida rivojlanadi.
Maxsus pedagogikaning bosh vazi-fasi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlimtarbiyasini tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratish hamda shunga mos defektolog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Maxsus pedagogika, shuningdek, bolalarni psixikpedagogik va klinik jihatdan oʻrganish, nuqson sabablarini aniqlash, pedagogik tasniflash va turlarga ajratish, maxsus taʼlim va tarbiya muassasalari sharoitida bolalarga individual muomala qilish, nuqsonli bolalarni jismoniy mehnatga tayyorlash kabi masalalarni ishlab chiqishdan iborat.
Maxsus pedagogika qanday nuqsondagi bolalarni oʻrganishiga qarab surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya kabi sohalarga boʻlinadi. Bularning har biri umumiy ped. tarmogʻini va barchasi birgalikda defektologiyani tashkil etadi. Oʻzbekistonda Maxsus pedagogika boʻyicha muay-yan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, ped. institutlarining defektologiya fakultetlari uchun Q.Q.Mamedov, M. I. Soatov va P. M. Poʻlatovalar tomonidan "Oligofrenopedagogika asoslari", L. R. Moʻminova va M. Y. Ayupovalarning "Logopediya" qoʻllanmalari yaratildi. Bulardan tashqari, S. A. Aytmetova, M. Y. Ayupova, D. A. Gordiyenko, Q. Q. Mamedov, L. R. Moʻminova, P. M. Poʻlatova, V. S. Rahmonova, M. I. Soatov, R. Shomahmudova va boshqalarlarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning nuqsonlarini aniqlash, toʻgʻrilash va bartaraf etishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan qoʻllanma, dastur, maʼruza matnlari, uslubiy tavsiya va maqolalari eʼlon qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturiga mos ravishda yaratildi. Yangi ishlangan davlat talablari muayyan yoshdagi bolaning rivojlanishi va yutuqlarini baholash darajasi mezonlarini, indiqatorlarini aniqlab beradi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida yoshlarni komil inson, barkamol shaxs qilib tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish pedagogik muammo sifatida o‘rganilmoqda. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari Imom al-Buxoriy, atTermiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy asarlarida sharqona ma’naviyat va komil insonni tarbiyalash muammolari o‘z aksini topgan. Insonni ulug‘lash, uning qadriga etish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularni kamolga etkazish sohasida etuk olimlarimiz bir qancha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu borada o‘zbek xalq pedagogikasining imkoniyatlari ham nihoyatda kattadir. Respublikamizda uzluksiz ta’limni modernizasiyalash, ta’limning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’limdan boshlanadi. «2008-2012 yillarda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizasiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish Dasturi»ning asosiy vazifalaridan biri – bolalarni maktabgacha tayyorlashning turli shakl va uslublaridan keng foydalangan holda maktabgacha ta’limning samaradorligini oshirish, ularga bolalar qamrovini ko‘paytirish, oilaviy ta’limga e’tiborni kuchaytirish, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini erta aniqlash va rivojlantirishdir



  1. Yüklə 40,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin