I bob. Ekskursiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash



Yüklə 3,47 Mb.
səhifə1/7
tarix20.10.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#130620
  1   2   3   4   5   6   7
Xolmirzayeva Dilobar 101-guruh kurs ishi ,,,,,,,,


MAVZU: EKSKURSIYA – MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN TARBIYALASH SHAKLI
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB. EKSKURSIYADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN TARBIYALASH
1.1. Ekskursiyaning ilmiy pedagogik jihatlari……………………………………..5
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekskursiyani shakllantirishning mazmuni………………………………………………………………………….11
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKSKURSIYANI TASHKIL ETISH USULLARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekskursiyani shakllantirish yo’llari……….17
2.2. Turli yosh guruhlarda ekskursiyaga o’rgatish usullari……………………….20
Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………….…....25
Ilovalar…………………………………………………………………………..27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………28


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to’grisida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo’lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba'zi bir sabab natijali bog’lanishlarni bilib oladigan bo’lib qoladilar. Ular o’quv faoliyatining dastlabki ko’rsatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog’cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko’rgazmali-xarakatli, ko’rgazmali obrazli tafakkur xosdir.
“Bolalarimizni maktabgacha ta’lim tashkilot yoshidan, boshlang’ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o’rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg’aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o’qishga qaytadi1” – deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirsh vazifasi turibdi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm farosatlilik, tanqidiy ko’z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin