Estetikaning


Bilimli, ma’rifatli qilish - san’atning muhim vazifasi



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə10/21
tarix26.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#135469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Bilimli, ma’rifatli qilish - san’atning muhim vazifasi. Insonni bilimli, ma’rifatli qilish ham san’tning asosiy vazifalaridan. Uni, odatda ma’rifiy – evristik vazifa deb atashadi. Har qanday haqiqiy san’at asari insonga turli xil bilim beradi, uni birvarakay ko‘p sohalar bo‘yicha ma’rifatli qiladi. M., Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» romanini o‘qir ekansiz, siz dengiz haqida, kemalar, qayiqlar, elkanlar, kit ovi, Afrika qit’asining o‘ziga xosliklari u erdagi qabilalalarning odatlari, qul savdosi v.b. to‘g‘risida ma’lumot olasiz. YA’ni bir asar orqali bir yo‘la geografik, navigatsion, etnografik, tarixiy v.h. ilmlardan xabardor bo‘lasiz. To‘g‘ri, bu bilimlaringiz mazkur fanlarni maxsus o‘rganganlik – mutaxassislik darajasida bo‘lmasa ham, lekin siz bundan buyon o‘zingizga va mintaqangizga xos bo‘lmagan ijtimoiy hodisalar to‘g‘risida yaxshigina ma’rifatli kishi hisoblanasiz. Agar bordi-yu Jyul Vernning asosiy asarlarining barchasini o‘qib chiqsangiz, siz har qanday geograf olim bilan bahslasha olasiz. Umrida biror-bir mamlakatga sayohat qilmagan bu yozuvchining badiiy asarlari uning ko‘pgina mamlakatlar geografiya jamiyatlari faxriy a’zosi etib saylanishiga, hatto o‘zining ham geografiyadan ilmiy ishlar qilishiga sabab bo‘ldi, ko‘pdan- ko‘p olimlarning ilmiy kashfiyotlariga turtki berdi.
Tarbiyaviylik - san’at uchun ustuvor vazifa. Tarbiyachi sifatida san’at inson hissiyotlariga ta’sir qiladi, estetik kechinmalar uyg‘otadi va shu orqali bizda ezgulikdan yovuzlikni farqlay bilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu jarayon ikki yoqlama ta’sir tufayli ro‘y beradi. Birinchisi – bevosita, ikkinchisi– bilvosita. Birinchisi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri didaktik usul orqali amalga oshiriladigan tarbiya. Bunda san’at asarining o‘zi, shakli va mazmuni bilan, butunisicha nasihat ruhidagi tarbiyaga qaratilgan bo‘ladi. Misol tariqasida SHayx Sa’diyning «Guliston», Ahmad YUgnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq» pandnomalarini, Maxtumqulining she’rlarini, Ezopning masallarini keltirish mumkin. San’at tarbiyaviyligining ikkinchi, bilvosita tomoni real hayot tajribasi sifatida asardan idrok etuvchi o‘ziga «yuqtirgan», ya’ni qalb prizmasidan o‘tkazib, o‘zi uchun zarur deb qabul qilgan axloqiy-estetik qadriyatlar bilan bog‘liq.
Bunda san’at asari ijtimoiylashgan badiiyat, undagi qahramon g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik tarzida tarbiyaviy rol o‘ynaydi.

Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin