Etnomadaniyat


-mavzu: ETNOMADANIYATNING SHAKLLANISHIDA XALQ



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/21
tarix25.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#134678
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
O‘ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR VA QARASHLARNING ARXAIK IZLARI

4-mavzu: ETNOMADANIYATNING SHAKLLANISHIDA XALQ
O‘YINLARINING O‘RNI
Reja:
1. Urf-odatlar, an’analar va marosimlar.
2. Dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq qadimiy udumlar, an’analar va marosimlar.
3. Yeng qadimiy davrdan boshlab shakllana boshlagan xalq o‘yinlari–Etnomadaniyatning tarkibiy qismi.


1-masalaning bayoni: Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, urf-odatlari, marosimu-an’analari tashkil qiladi. Bu yesa shu xalqning ma’naviyati nechog‘lik shakllanganligini, uzoq o‘tmishga yega yekanligini bildiradi. O‘zbek xalqi ana shunday boy ma’naviyatli xalqlardan hisoblanadi.
Urf-odat – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko‘nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa, qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish qo‘ni-qo‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi. “Odat” degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Muayyan bir jamoaning turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Marosim – inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatda o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan, ism qo‘yish, chaqaloqni beshikka belash, nikohdan o‘tish, dafn qilish, xotirlash, yekishga kirishish (urug‘ qadash), o‘rishga kirishish, Navruz ayyomi kunlari ko‘pchilik bo‘lib sumalak taomini tayyorlash marosimlaridir.
Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim yesa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi yeng muhim voqealarni tug‘ilish, uylanish, o‘lim kabilarini qayd yetadi, rasmiylashtiradi. Marosimlarni o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘tadigan, ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi.
Marosimga, bo‘layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan to‘zilishi (boshlanishi, o‘rtasi, oxiri) bo‘ladi. Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani nishonlash jrayonida an’ana ham, odat ham marosim ham mujassamlashadi.
“An’ana”, “odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an’analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi yesa marosim ham bo‘lishi mumkin. 
Masalan, bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Bu muhim voqea munosabati bilan an’anaviy tadbirlar tashkil qilish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi – yoshlarni tantanali ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish o‘z-o‘zidan marosimga aylanadi.
Ba’zi xolatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so‘zlar qo‘shilib, masalan, “an’anaviy bayram”, “an’anaviy festival”, “an’anaviy kecha” yoki “mukofotlash marosimi”, “to‘y marosimi”, “nafaqaga kuzatish marosimi” tarzida qo‘llaniladi. “Marosim” so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi. Oilaviy urf-odatlar oila paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga o‘zgargan, rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bergan urf-odat yanada kuchayib zamonga qarab rivojlanib bormoqda.
O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan va zamon chig‘iriqlaridan o‘tib, muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan.
Urf-odatlarimizga aylanib qolgan chaqaloqni beshikka solish kabi marosimlarimiz mavjud. Urflarimizga aylanib qolgan beshik to‘yini yoritar yekanmiz, beshik to‘yi qadim zamonlardan har bir oilada o‘tkazilib kelingani tufayli, bu marosim xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. 
Urf-odatlar, marosimlar, an’analar o‘zining betakror tabiati bilan yoshlarning ma’naviy dunyosiga katta ta’sir yetadi, ularning badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har bir davrning, har bir xalqning ijtimoiy–iqtisodiy, tabiiy –geografik sharoitiga xos bo‘lgan va uni o‘zida aks yettiradigan urf-odat va an’analari bo‘ladi. Odamzod ongli hayot kechira boshlagandan buyon vujudga kelgan urf-odatu marosimlar, udum va an’analarni hisoblab chiqish qiyin. Ular xalq hayotining ma’naviy qiyofasida muhim o‘rin tutadi.
Milliy urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy yehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug‘iladi, har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum normada yo‘l- yo‘riqlarini yaratadi. Bu norma va yo‘l-yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an’analarga aylanib qoladi.
Shakllangan urf-odat va an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishuvida shaxsning xulq-atvori ijtimoiy jihatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi. Qaysi bir urf-odat va an’anani, udum yoki marosimni kelib chiqish sabablarini o‘rganmasdan turib qaraydigan bo‘lsak, ular bir qarashda, be’mani, behuda bo‘lib ko‘rinadi. Aslida yesa ularni barchasi kelib chiqishi buyicha xalqning ijtimoiy-iqdisodiy va amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan va ularning ma’lum yehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilganligini ko‘ramiz. Chunki ular xalqning ma’naviy-ruhiy hayotining ajralmas qismi sifatida o‘ziga xoslikni ifodalaydi.
An’analar yesa ijtimoiy xayotning hamma sohalarida mavjud bo‘lish bilan birgalikda, yana kelib chiqish jarayonini ham qamrab oladi. An’anada kishilarning narsa va buyumlarga, tabiatga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi. Ma’lumki, san’at va adabiyotda, armiya va oliy o‘quv yurtlarida, sport va ishlab chiqarish jamoalarida urf-odat bo‘lmaydi, balki an’analar mavjud bo‘ladi. Masalan, armiyaga yangi borgan soldatning qasamyod qabul qilish, oliy o‘quv yurtiga kirgan yoshlarni talabalar safiga qabul qilinishi, yirik sport musobaqalarida g‘olib sportchi sha’niga mamlakat bayrog‘ini ko‘tarilishi va madhiyani yangrashi bular an’analar hisoblanadi. Bundan tashqari an’analarning ta’sir doirasi nisbatan keng bo‘lib, bitta an’ana bir necha urf-odat, udum va marosimlarni o‘zida qamrab olgan bo‘lishi mumkin. Masalan, xalqimizda mavjud bo‘lgan mehmondo‘stlikni olib qaraydigan bo‘lsak, mehmondo‘stlik u yoki bu darajada har bir xalq va millatga xos bo‘lgan xususiyatdir. Lekin bu narsa yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ta’siri ostida, oilaviy-maishiy hayotdagi munosabatlar natijasida o‘zbek xalqida o‘ziga xos bir yo‘sinda namoyon bo‘ladiki, bu o‘zbek xalqining milliy xususiyatiga, milliy an’anasiga aylanib qolgan. Mana shu mehmondo‘stlik an’anasi bir necha urf-odatlar, udumlar orqali to‘la namoyon bo‘ladi. Masalan: o‘zbek qoidalarida mehmon har doim ochiq chehra va shirin kalom bilan kutib olinadi. Xonadondagi yeng noyob narsalar mehmon oldiga qo‘yiladi. Mehmonni qadr-qiymati o‘ta yuqori qadrlanadi.
Yendi udum va marosimlarga kelsak, ular kuchli psixologik va hissiy ta’sir yetish kuchiga yega bo‘lib, shular yordamida urf-odat va an’analar bevosita yuzaga chiqadi. Udum u yoki bu urf-odat va an’ananing bajarish vaqtida amal qilinadigan tartib va qoidalar. Marosim yesa, udumni ko‘z-ko‘z qilib turadigan tashqi bezagi tasviri, ya’ni bajarilishi jarayonidir.
O‘zbek oilalarida o‘tadigan biron-bir yig‘ilish, marosim, tantali tuy-tomoshalar, hashar va obodonlashtirish ishlari kattalarsiz, keksalarsiz, ularning maslahatisiz o‘tmaydi. Uzoq safarga ketayotgan har bir kishi, qaytayotgan har bir kishi albatta, mahalla va qishloqning hamma keksalarini va xasta bo‘lib yotgan kishilarni borib ziyorat qilishi zarur. Agar safardalik davrida mahalladagi biror kishi vafot yetgan bo‘lsa, birinchi navbatda uning oilasiga borib ta’ziya bildiriladi. Millatimizning asriy an’ana va urf-odatlarisiz, milliy mafkurani shakllantirish mumkin yemas. Bunda G‘arb xalqlari uchun notanish, ammo milliy tabiatimizga xos bo‘lgan o‘z-o‘zini boshkaruv usuli mahallani rivojlantirish hamda uning mavqeini oshirish muhimdir. Jamiyat hayotida totuvlik va ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda mahallaning ahamiyati beqiyosdir. Bu haqda olim Ibrohimov A. “Odam-odamlarga suyanib, orqa qilib yashaydi. Odam-odamlardan odamiylikni o‘rganadi. Bu xalqimizning falsafiy mushohadalaridandir. Bir so‘z bilan aytganda, biz asta yig‘lab, baralla kuladigan xalqmiz. O‘zbek mahallalarida inson shunday ta’lim-tarbiya oladi” deydi,
Urf-odatlar va an’analar har bir xalqda abadul-abad berilgan va hech o‘zgarmaydigan narsa yemas. Hayot ularni g‘alvirdan o‘tkazib, puchini-puchakka, sarasini-sarakka ajratib boradi. Yangi davrga moslasha olgani saqlanib qoladi. Shuning bilan birga har bir davr o‘zining udum va marosimlarini, urf-odatlar va an’analarini yaratadi. Yangi vujudga kelayotgan urf-odatlar o‘z-o‘zidan, quruq yerda paydo bo‘lmasdan, asosan ilgari mavjud bo‘lgan ilg‘or an’analar o‘zgartiriladi va yangilari paydo bo‘ladi.
2-masalaning bayoni: Dunyodagi barcha xalqlarning, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlarining an’ana va bayramlari ularning kundalik mehnati, turmush sharoiti, madaniyati va shuningdek, yashayotgan iqlim sharoitiga xos xususiyatlar asosida shakllanib hamda rivojlanib borgan. Deyarli barcha xalqlarda mehnat mavsumi va har bir faslga mos, ya’ni yerta bahorda - mehnat mavsumiga kirishdan oldin, yozda - hosilni yiqishtirishdan oldin, kuzda - hosil to‘plangandan so‘ng va qishda, ayniqsa, dalalar uyquga ketgan vaqtda uyushtiriladigan mavsumiy marosim va bayramlar mavjud bo‘lgan va ular zamonga mos o‘zgarib borgan. Bu hodisaning o‘rta asrlarda hozirgi O‘zbekiston territoriyasida yashovchi aholining yil fasllari va mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiy ("kalendar") bayramlari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Bahor bayramlari yangi mehnat mavsumi boshlanishidan darak beruvchi bo‘lib, u mehnatkash xalq hayotida muhim o‘rin tutgan. Bahor kirib kelishini kutib olish bayramlari qadimdan barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan. Bahor bayramlari insoniyat vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan bayramlardan bo‘lib, odamlarning dunyo boylab tarqalishi natijasida ular ham barcha yerlarga yoyilgan va keyinchalik bu an’analar barcha xalqlarda turli nomlar va har xil shaklda uyushtirilgan.
O‘rta asrlarda "Navro‘z" bayrami yanada rivojlanib, ommaviy tus olgan, bu bayram haqida deyarli barcha o‘sha davrning allomalari so‘z yuritadi. O‘rta asr va keyingi davrlarda "Navro‘z"ning xalq turmushi va ma’naviy hayotidagi mavqei, fayzu tarovati, fazilat va xosiyati haqida qomusiy bilim yegalari Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Mahmud Qoshqariy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Fayziy-Fayyoziy, Muhammadali Soib, Mirzo Bedil, Kalim Koshoniy, Furqat, Muqimiy, Sadriddin Ayniy va Hamza kabilar ajoyib fikr-mulohazalar bildirganlar, go‘zal she’rlar bitganlar. "Navro‘z"ni Beruniy "Navro‘z - olamning boshlanishi" desa, Firdavsiy ""Navro‘z"-bayramlar shohi". deydi. Navoiy odamlarga istak bildirib: "Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsun Ravro‘z" desa, Sadriddin Ayniy: "Navro‘z"da, tabiat jonlanibgina qolmay inson tabiati ham uyqonar -yedi" deydi.
Bahorning boshlarida bu faslning "shohona" taomi - sumalakka bag‘ishlangan sayl o‘zbek xalqining yeng yaxshi an’analaridan sanalgan. Bahorda dehqonlar hayotidagi yeng muhim voqea - bu yangi mehnat mavsumiga kirishishdir. Shu boisdan dehqonlarning yerga urug‘ qadashlari munosabati bilan o‘tkaziladigan maxsus marosimi-tantanala-ri mavjud bo‘lgan. Ular turli joylarda turlicha "Dalaga qo‘sh chiqarish", "Shox moy", "Yekin sayli", "qo‘sh oshi" kabi nomlar bilan-uyushtirilgan. Bahor bayramidan so‘ng dehqonlar yangi mehnat mavsumiga kirishishgan. Lekin tog‘li rayonlarda bahor boshqa yerlarga qaraganda birmuncha kech boshlangani sababli bu joylarda yangi mehnat mavsumini sabrsizlik bilan kutishgan. Shu sababli urug‘ qadash payti yetib kelganda bu haqiqa o‘ziga xos bayram holatini vujudga keltirgan.
O‘rta Osiyo xalqlari orasida bahor fasli o‘tkaziladigan yana bir tadbir" darvishona" deb nomlangan. Har yili bahor faslida qishloqlarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib, pul yoki oziq-ovqat to‘plagan, so‘ngra biror kishining hovlisida yoki masjidda ovqat (halim) pishirib, butun mahalla baham ko‘rishgan. Bu marosim yurtda biror ofat bo‘lganda undan xalos bo‘lish yoki dehqonchilikda mo‘l qosil tilash va boshqa niyatlarda xudoga sig‘inish, undan goyo madad so‘rash mazmunida o‘tkazilgan. Mazkur marosim darvishlar odatiga o‘xshab uyma-uy yurib, oziq-ovqat yig‘ish bilan boqliq bo‘lgani uchun Darvishona (darvishlarga o‘xshab) deb nom olgan .
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari qatori vodiy o‘zbeklarining ham an’anaviy dehqonchiligi sharq xalqlari taqvimi asosida olib borilgan bo‘lib, bahorgi dala ishlari, mahalliy taqvimga ko‘ra, yangi yil - quyoshning Baliq (Hut) burjidan Qo‘y (Hamal) burjiga o‘tgan vaqtdan boshlangan. Hozir amaldagi oy kalendari bo‘yicha bu 21 martdan boshlanib 21 aprelgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Boshqacha kilib, aytganda dastlabki dehqonchilik yumushlari Navro‘z tantanalari bi­lan­ bir Dehqonlar, bog‘bonlar va chorvadorlar ayozli kun­lardan omon-yeson chiqib, bahorning issiq vaqtda boshlangan.
kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlar, omoch-bo‘yinturuqlarni, molalarni sozlab, taxt qilganlar, otlar sovutilgan, aravalar tuzatilib ishga yaroqli holga keltirib qo‘yilgan. Shu bois ham o‘rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami «Navro‘zi kishavorzon» - «dehqonlar bayrami» deyilgan. Zahmatkash dehqonlar aynan shu kuni dalaga qo‘sh chiqarib dastlabki urug‘ni yerga qadaganlar. Andijon o‘zbeklarida bahorgi yer haydashni shanba kuni boshlash lozim deyilgan bo‘lsa, Xorazm o‘zbeklari orasida hosil barakali bo‘lishi uchun dushanba va chorshanba kunlari yer haydab yekin yekish xayrli amal hisoblangan. Boshqa kunlarda yer haydash xayrsiz deb hisoblangan va shu bois haftaning boshqa kunlari yer haydash ta’qiqlangan. Agar yer haydash kunduz kuni bo‘lsa shimolga, kechasi bo‘lsa janubga qarab haydalgan.
O‘zbeklarning Movarounnahr va Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalardagi o‘troq dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga yega xalq yekanligiga xalqimizning ona tabiatga, yerga, suvga, havoga, olovga bo‘lgan cheksiz hurmati va ularni ye’zozlash bilan bog‘liq turfa xil urf-odat va marosimlari, an’anaviy dehqonchilik va hunarmandchilik udumlari, ko‘p asrlik islom sharoitidan qat’iy nazar, o‘zbek xalqining turmush-tarzida, urf-odatlarida saqlanib kelayotgan son-sanoqsiz zardushtiylik yelementlarida ayniqsa yaqqol ifodalangan.
"Urug‘ (chigit) qadash", "Birinchi gul", "Qizil karvon" bayramlari ham o‘ziga xos muayyan mehnat jarayonlarining boshlanishi, ya’ni cqigit yekishning birinchi kuni, ilk bor g‘o‘za gullashi va yetishtirilgan hosilning birinchi mahsulini olish munosabati bilan uyushtirilgan. "Urug qadash" va "Birinchi gul" tantanalari. Xalqda qadimdan dalalarda ish boshlanishi, ilk bor yerga uruq qadash munosabati bilan maxsus marosimlar uyushtirish odati shakllanib, davrlar o‘tishi bilan keng ommalashgan yedi. Bizning davrimizga kelib, bu xalq odatlari hayotdagi o‘zgarishlar bilan ma’lum ma’noda o‘z mavqeini, tantanavorligini yo‘qotgan bo‘lsada, uning zaminida paxta yetishtiriladigan regionlarning ba’zi joylarida "uruq qadash" nomli zamonaviy marosim vujudga kelgan. Yerga cqigit qadash paxtakorlar hayotida yeng muhim yumush bo‘lib, shu kompaniyadan keyin haqiqiy mehnat mavsumi boshlanadi. Shuning uchun ham, chigit qadash ishlarining boshlanishi paxtakorlarda ko‘tarinki ruh, yaxshi kayfiyat va xursandchilikni vujudga keltiradi.
3-masalaning bayoni: Buyuk ajdodlarimizning Buyuk ajdodlarimizning bizga meros qilib qoldirgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq o‘yinlari ham kiradi. Xalq o‘yinlari o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra g‘ayri oddiy hodisa yemas, balki xalqning hayotini muayyan aks yettiradigan va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadli faoliyatdir. Xalq o‘yinlari xalq ijodiyotining xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga yega. Qadimdan o‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni o‘z ichida aks yettirgan. Shuningdek, taassurotlarni, kuzatishlarni tajriba va hissiyotlarni gavdalantirib, o‘zida so‘z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati — ularni urf — odati, an’analari tarixi bilan, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi: rivoyatlar, qo‘shiqlar raqslar bilan ifoda yetgan. O‘zbek xalq o‘yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir.
Ularni xalq yaratgan va keng xalq ommasiga tarqatgan. Hozirga qadar o‘zbek xalqining tantanalari katta tomoshalar — sayillar bilan nishonlanadi.Masalan, ommaviy tomoshalar, sayillar, Navro‘z ayyomida, Hosil bayramlarida xalq o‘yinlaridan keng foydalanilgan. Sayillar vaqtida «Olomon poyga», "Qiz quvish", «Kurash», «Ag‘darish», Ko‘pkari", «Duppi yashir» kabi musobaqa o‘yinlari, sport o‘yinlari sifatida o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbek xalq o‘yinlarining ko‘pida milliy musiqa asboblaridan karnay, surnay, nog‘ora, childirma asboblaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni hamda metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq tarbiyalashni ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarini rivojlantirish, ijodkorlikka xos bilim. ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iborat.
O‘zbek xalq o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o‘quvchilarda hayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilishga juda qiziqish uyg‘otadi, shuningdek, ularga o‘z xalqining tarixi va hayotining turli sohalariga, moddiy va ma’naviy madaniyatiga, ijtimoiy turmush tarzi, odatlari va an’analariga taalluqli ma’lumotlarni beradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o‘zaro hamkor bo‘lishiga yordam beradi.
Demak, o‘yin davom yetayapti, ishtirokchilar marraning uzoqlik masofasini kelishib olishadi. Masalan, marra masofasi yuz qadam deb olishsa, o‘yinni davom yettirayotgan bola tayoq bilan “yalov” markazidan tayoqchani zarb bilan uradi. Tayoqcha borib tushgan joyida yana uradi va yana tayoqcha borib tushgan joyidan uchinchi marta ham zarb bilan uradi. Shundan keyin “yalov” chizig‘idan to tayoqcha borib tushgan joyigacha qadar qadamlab o‘lchab chiziladi. O‘lchov yuz qadam chiqmasa, tayoqchani yana bir marta uradi. Agar o‘lchaganlarida masofa yuz qadam yoki undan ortiq chiqqandagina tayoqcha boshqa urilmaydi. O‘yin qoidasiga binoan ikkinchi bola tayoqchani borib tushgan joyidan tishlab olib to “yalov” gacha nafas olmasdan “zu –u- u -uv” tovush chiqarib yetib borishi shart. Agar yetib kelsa, o‘yinni u yendi o‘zi boshidan boshlaydi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin