Etnomadaniyat



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə21/21
tarix25.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#134678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
O‘ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR VA QARASHLARNING ARXAIK IZLARI

GLOSSARIY

Etnomadaniyat

Biror xalqning kelib chiqishi (bu borada o‘zbek xalqi), uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq to‘ib xozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini o‘rganadigan fan.

Yetno

Yunon so‘zi-yelat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lum bir yelat yoki xalqqa bo‘lgan ishora, ko‘rsatuv.

Yetnografiya

Biror xalqning kelib chiqishi (yetnogenez)i.

Yetnonim

Xalq nomi yoki xalq nomini ifodalovchi so‘z sifatidagi atama.

Yetnonimka

Leksikologiyaning xalq, qabila hamda urug‘chilik nomlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘limi

Yetnograf

Yetnografiya fani bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassis.

Madaniyat

Bu so‘zning talqini kishilar xayotini ikki turdagi ko‘rinishi, ya’ni ko‘chmanchi-dashtu-sahrolarda yashovchi xalqlar hamda shaharda yashab, shaxarga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilib kelingan.

Madaniyat

Jamiyat va inson tarixiy tarqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar xayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek ular yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar.

Madaniy meros

O‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklari majmui.

Zardo‘sht

Markaziy Osiyo va Yeron xalqlarining islomgacha bo‘lgan dini-zardushtiylik hamda uning asoschisi.

Tarixiy manba

o‘tmishdan qolgan hamda jamiyat xayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklar.

Ashyoviy manbalar

Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari, binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar.

Yetnografik manbalar

Xalqlarning kelib chiqishi, turmush tarzi, ma`naviy xayotini, sodir bo‘lgan va bo‘layotgan yetnik jarayonlarni o‘zida aks yettirgan materiallar.

Fol`klor manbalar

Xalq og‘zaki ijod orqali avloddan-avlodga o‘tib kelgan turli rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari aks yettirgan manbalar.

Lingvistik manbalar

O‘zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida mavjud bo‘lgan va hozir ham mavjud atamalar va toponimlar (joy nomlari)ni tadqiq yetish jarayonida qo‘lga kiritilgan qimmatli tarixiy materiallar.

Fotoxujjatlar

Fotograf hamda kino san`ati paydo bo‘lgandan so‘ng vujudga kelgan, tariximizning turli laxzalarini jonli tarzda gavdalantiradigan tarixiy manbalarning yangi bir guruhi.

Fonoxujjatlar

Grammafon ’lastinkalari hamda magnit tasmalarga yozib olingan nutqlar, suxbatlar, adabiyot va san`at asarlari.

Yozma manbalar

Tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi hisoblangan, q’oyalarga, taxta va matolarga, pergament qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo‘lgan manbalar.

Urf-odat

Kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko‘nikmasi.

An’ana

Ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab olgan tushuncha.

Marosim

Inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatda o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir.

Xalq o‘yinlari

O‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra g‘ayri oddiy hodisa yemas, balki xalqning hayotini muayyan aks yettiradigan va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadli faoliyat.

O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi

O‘zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosi.

Folklor

Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” ma`nolarini anglatuvchi tushuncha.

Qadimgi davr folklori

Qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro yetilgan folklor asarlari.

Mif

Ibtidoiy jamoa a`zolari tomonidan olam va odamning paydo bo‘lishi haqida to‘qilgan yeng qadimgi hikoyalar.

Totemizm

ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan dinning alohida shakli bo‘lib, odamning ko‘pincha bir hayvon yoki o‘simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - ye`tiqodi.

Fetish

Qadimgi ajdodlarimiz topingan jonsiz narsa – predmetlar.

Animizm

Insonning tabiatdagi g‘ayri tabiiy voqea-hodisalarga ishonch bildirish xususiyati bilan bog‘liq ye`tiqod.

Axuramazda

Yaxshilik, yorug‘lik, obodonchilik va yezgulik kuchlarining ma`budi.

Ahriman (Angra Manyu)

Barcha yozuvlik va yomonlikning rahnamosi.

Yepos

Rivoyat, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash.

Maqol

Xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlar.

Doston

Fors tilidan olingan, “qissa”, “hikoya”, “tarix” ma’nolarini ifodalovchi tushuncha.

Xalq teatri

Paydo bo‘lishi ovchilik, dehqonchilik, xalq bayram va boshqa ommaviy marosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining yana bir serqirra san’at turi.

Tarbiya

Asli arabcha so‘z bo‘lib, “parvarish qilish, ta’lim berish, o‘rgatish” degan ma’noni anglatuvchi tushuncha.

Xalq pedagogikasi

Xalqimizning ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotining barcha tomonlarini – xalq donishmandligi va odobnomasini, xalq og‘zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo‘nalishlarini, shu bilan birga diniy-axloqiy ta’limotni ham qamrab oluvchi tushuncha.

Bayram

Biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda, kuy-qo‘shiq, xursandlik bilan nishonlash.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin