Kirish I bob



Yüklə 71,73 Kb.
səhifə1/11
tarix09.10.2023
ölçüsü71,73 Kb.
#129873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
imomova (2).docx Sitora

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mundarija:
Kirish ……………………………………………….……………………………..2
I BOB. Oilaviy munosabatlar va ularni o‘rganish ……………........………….…..5
1.1. Oila haqida tushuncha uning vazifalari ….……...…………………………….5
1.2. Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar ..………...……………11
1.3. Disfunksional oila tuzilmalarining ayrim turlari .……………………………15
I bob xulosasi
II. BOB. Farzandlarni tarbiyalashda noto‘g‘ri yondoshuv .......………………….20
2.1. Bolaga noto‘g‘ri tarbiya berishning o‘ziga xos turlari ….……...……………20
2.2. Disfuksional oilaning aloxida ko‘rinishlari ………………………………….23
2.3. Disfunksional oilalarning qoidalari ……………………...………………..…26
II bob xulosasi
Xulosa ……………………………………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Oilaviy munosabatlarda nizolar sabab ajrashishgacha yetib borayotgan, disfunksional oilalardagi asoratli holatlarni va bunday oilalalarni qisqartirishga qaratilgan chora tadbirlarni tadbiq etishga qaratilgan.
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi – farzand qurish orqali avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini taʼminlashdan iboratdir.
«Eng yaxshi baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich. 2018-yilning 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga brogan vaqtidagi nutqida.
Darxaqiqat, oila – xar bir shaxsda bolaligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va boy maʼnaviy merosi ravnaqini taʼminlovchi tarbiya maskanidir. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui xisoblanadi. Ota-ona munosabatlarida namoyon bo‘luvchi uzaro xurmat, mexr-oqibat, halollik, poklik, mexnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning tug‘ri yo‘l-yo‘riqlarini kursatadi. Yosh avlodning maʼnaviy qiyofasi, ularning xatti-xarakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi.
«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar kim bo‘lishidan qat’iy nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda axi e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman»,— deya ta’kidlab o‘tgan o‘zlarining yana bir nutqlarida»1
«Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman»,— deya ta’kidlaydi prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovich2.
Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil o‘sib borishi hisobiga yosh oilalar soni ham oshdi. Shuning uchun bugungi kunimiz va ertangi istiqbolimiz uchun eng muhim va dolzarb masala - oilaga e’tiborni kuchaytirish, uni ijtimoiy-psixologik himoyalash va qo‘llab-quvvatlash lozim. Demak, oila instituti jamiyat hayotiy faoliyatida ulkan ahamiyatga ega ekan, ijtimoiy psixologiya, amaliy psixologiya, oila psixologiyasi doirasida uning rivojlanish qonunlarini, barqarorligi va mustahkamligi omillarini aniqlash, aniqlangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqish, oilaning har bir a’zosi uchun psixologik xizmatdan foydalanish imkonini yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila va nikohning mustahkamligini saqlash, oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga ko‘maklashish orqali oila barqarorligini ta’minlash, oilaviy nizolar, ajrimlar, suitsid holatlarining oldini olish hamda psixologik ko‘makka muhtoj bo‘lgan oila a’zosini psixologik bilimlar bilan qurollantirish va uning psixologik himoyalanishiga erishish esa bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Аfsuski, oila-nikox munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayotganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik mamlakatlarida, jumladan Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Аngliya, Fransiya, Germaniya davlatlari, Rossiya va boshqa qator davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘zbek oilalari hayotida oila-nikox munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan davlatlarga qaraganda ancha kam bo‘lsada, afsuski bor. Аjralishning asoratlari oila aʼzolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nixoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va xodisalar keltirib chiarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilaning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli asoratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanining tadqiqot predmeti sifatida keng urganishni taqozo etadi.
Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar taʼsirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar taʼsirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bogliq bulganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.

Yüklə 71,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin