F. I. Salomova 2014 yil O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə77/116
tarix26.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135139
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
F. I. Salomova 2014 yil-fayllar.org (1)

MASALALAR VA MASHQLAR TO‘PLAMI
Mavzu №1. Vaziyatli masala:
1.Bemor o‘ng tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga 5 kun avval tushgan. Hozirgi kunda holati qoniqarli, tana harorati – 37,3oS, EChT – 20 mm/soat, leykotsitoz – 9000. Bemorga qaysi fizioterapevtik muolajalarni tavsiya etish mumkin? Agar bemorga induktotermiya muolajasi tavsiya etilsa, u qanday o‘tkaziladi?
Javob : bemorga fizioterapevtik muolajalardan UVCh-terapiya, SVCh-terapiya, induktotermiya va past chastotali magnitoterapiya muolajalarini tavsiya etish mumkin. Induktotermiya o‘tkazish mumkin, u induktor disk yordamida, ko‘krak qafasi sohasiga qo‘yish bilan o‘tkaziladi.


2.Bemor qo‘zg‘alishsiz o‘ng yelkaning sinishi tashxisi bilan travmatolog tomonidan yuborildi. Jarohat sohasida immobilizatsiya – gipsli bog‘lam. Jarohatdan keyin 7 kun o‘tgan. Shikoyatlar yo‘q. Laborator analizlarida deyarli o‘zgarishlar yo‘q. Bemorga qaysi fizioterapevtik davolash muolajasini tavsiya etish mumkin? Qanday ko‘rsatkichlar qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin?
Javob : bemorga jarohat sohasida Ca moddasini jamlash maqsadida UVCh-terapiya va induktotermiya muolajalarini qo‘llash mumkin. Agar bemorning jarohat sohasida drenajsiz kechayotgan yiringli jarayon va tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida metall shtiftlar qo‘llanilgan bo‘lsa UVCh-terapiya va induktotermiya muolajalarini o‘tkazish mumkin emas.
Mavzu№2. Vaziyatli masala:
1. Bemor A. 44 yosh tashxisi: Bronxial astma. Bosqich-III. Remissiya davri. Shikoyati: yo‘tal, vaqti bilan bo‘g‘ilish xurujlariga , tez charchab qolishga.
Tana harorati 36,6 oS. Puls 90/min, ritmik. AQB 120/90 mm.sim. ust. Nur muolajasi bering.
J: Solyuks lampasi.
2. Bemor D. 58 yosh tashxisi: Osteoartroz: gonoartroz, sekin rivojlanuvchi kechishi, BFe-II, RB II.Fizioterapevtik muolaja bering.
J: Lazer terapiya tizza bo‘g‘imiga, yorug‘lik vannasi.
3.Bemor K. 28yosh tashxisi: O‘pkani o‘ng pastki bo‘lak pnevmoniyasi.UTTni to‘g‘ri buyuring.
J: O‘ng o‘pkani pastki bo‘lak soxasiga (yalig‘lanish o‘chog‘iga). Kontakt to‘g‘ridan-to‘g‘ri, labil usulda,o‘zgarmas rejimda. Intensivligi 0,1-0,6 Vt/sm, eksp. 5minut, har kuni 5-10 muolaja.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin