Falsafa 21-mavzulari mundarija



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə15/47
tarix02.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Qur'oni Karim (Abdulazim Mansur tarjimasi). -Т.: «Cho'lpon», 1992.

  2. Imom Buxoriy. Hadis (Jome' as-sahih). -Т.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991-1997.

  3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: «O'zbekiston», 2007.

  1. Karimov I. Istiqlol va ma'naviyat. -Т.: «O'zbekiston», 1994.

  1. Karimov I. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. 1-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

  1. Karimov I. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

  2. Karimov I. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

  3. Karimov I. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. 4-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

  4. Karimov I. Yuksak ma'naviyatsiz kelajak yo'q. 5-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1997.



10 MAVZULAR SHARQ VA G’ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI
Reja:


  1. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

  2. Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va muammolardagi farqlar.

  3. O‘rta asrlarda G‘arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari

Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.

Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.

Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko‘rsatgan.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin