Falsafa 21-mavzulari mundarija



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə27/47
tarix02.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127549
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Individual ijtimoiy ong. Individual ong – ayrim insonda uning yashash sharoiti va ruhiy xususiyatlari ta'sirida shakllanadigan dunyoning sub'ektiv obrazi. U shaxsning ichki borlig‘iga ega bo‘ladi, aksariyat hollarda hammadan yashirin ong oqimini tashkil qiladi. Ijtimoiy ong ijtimoiy birliklar va guruhlar tashqi omillar – jamiyat hayotining moddiy sharoitlari va uning ma'naviy madaniyati ta'sirida shakllantiradigan kollektiv tasavvurlarni tavsiflaydi.
Individual va ijtimoiy ongning farqi faqat ijtimoiy onggina sotsial xususiyat kasb etishini anglatmaydi. Individual ong – jamiyat ongining ajralmas qismi. Jamiyatda asrlar mobaynida shakllangan madaniyat shaxsni ma'naviy jihatdan boyitadi va individual ongning uzviy qismiga aylanadi. Har bir individ o‘z xalqi, etnosining, o‘zi istiqomat qiladigan joyning vakili bo‘lib, uning ongi jamiyat bilan chambarchas bog‘liq. Ayni vaqtda ijtimoiy ong faqat individual ong bilan muttasil o‘zaro ta'sirga kirishish orqali rivojlanadi.
Ijtimoiy ong tuzilishi. Ijtimoiy ong murakkab tuzilishga ega. U ikki daraja: kundalik ong va nazariy ongni o‘z ichiga oladi. Kundalik ong o‘z tuzilishiga ko‘ra turli jinslidir. U ajdodlar to‘plagan mehnat faoliyati tajribasini, axloqiy me'yorlar, odatlarni, kundalik turish-turmush qoidalarini, tabiatni kuzatish natijasida shakllangan tasavvurlarni, dunyoqarashga doir ba'zi bir mo‘ljallarni, xalq og‘zaki ijodi (folklor) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Kundalik ong asosan mehnatga, kundalik turish-turmushga va odamlarning ular bilan bog‘liq bo‘lgan yashash sharoitlari va munosabatlariga qarab mo‘ljal oladi. Kundalik hayot, ya'ni faoliyat, odatlar va munosabatlarning uzluksiz takrorlanadigan shakllari kundalik ong mazmunini tavsiflovchi asosiy tushuncha hisoblanadi. U o‘zining sinkretik xususiyati, mazmunan qashshoqligi, emotsiyalarga boyligi, stixiyaliligi va amaliyotga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Kundalik ongning bilish imkoniyatlari cheklangan: u hodisalar mazmunini teran anglashga, dalillarni tizimga solishga qodir emas. Nazariy ong kundalik ongga tayanadi, lekin uning tor doirasidan tashqariga chiqa oladi.
Mazkur darajalar ijtimoiy ong tuzilishini bilish harakatidagi uning ob'ektga muvofiqlik darajasi bilan farq qiladigan jihatlari sifatida tavsiflaydi. Ayni vaqtda ijtimoiy birliklar va guruhlar ma'naviy faoliyatining mahsuli sanalgan ijtimoiy ong ularning sub'ektiv qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ijtimoiy ong manbalarining o‘ziga xos xususiyatlari ta'siri ijtimoiy psixologiya va mafkurada aks etadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin