Falsafa asoslari


səhifə155/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221
Falsafa asoslari

Vatanparvarlik 
— insonning o‘z tug‘ilgan joyiga cheksiz mehr- 
muhabbat qo‘yib, uning xizmatida bo‘lishdir. Vatan inson uchun 
or-nomus, shon-shavkat va g‘urur-iftixor manbai hisoblanadi. 
Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, 
mustaqilligining himoyasi yolida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona 
xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch- 
g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyo- 
dagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushun­
cha vatanparvarlik nihoyatda serqirra bolib, tarixiy, ijtimoiy
siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yan- 
gicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan man- 
faati, qadrlashqimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat 
tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha 
yuksak boladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning 
turli bosqichlarida vatanparvarning yangi-yangi qirralari nam o­
yon b olib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o‘z 
xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yolida 
tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jo- 
nini fido qilishni nazarda tutadi.
Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu — mil- 
latparvarlik. U, m a’lum Ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining 
yanada muayyanlashgan shakli.
Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib 
yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga
285


buyuklik maqomini berishga intilish bolsa, millatparvar- 
lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun 
kurashish, bu yo‘lda, lozim bolsa, o‘z hayotini ham fido qilish 
demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bogliq. 
Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon 
boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar — milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U 
o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning 
faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya 
yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning 
ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning 
zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning mafkuraviy jihatlari- 
ni 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari­
mov shunday ta’riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil- 
latchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni 
mensimaslik, ularni kamsitish kayflyati va qarashlaridan mutlaqo 
xoli bolib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami- 
yatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat 
qozonishda poydevor va rahnamo b olishi darkor».
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy 
g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt- 
ga sadoqat yolida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va 
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda 
madadkor bolishi zarur».

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin