Falsafa asoslari


səhifə68/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221
Falsafa asoslari

Istiqlol va madaniyat. 
0 ‘zbekistonning o‘tgan asrning 80-yillari 
oxirida mustaqillik tomon qadam tashlashi bilan, barcha sohalar 
qatori, madaniy hayotda ham o‘zgarish va islohotlar olib borish 
uchun muayyan zamin hozirlana boshladi. Jumladan, Navro‘zni 
umumxalq bayrami sifatida nishonlash va o‘zbek tiliga davlat tili 
maqomi berish haqidagi Qonunning qabul qilinishi bu yoldagi 
eng dadil qadamlar boldi. Shundan so‘ng birinchi navbatda mil-
160


liy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor 
berish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini 
ta’minlash, ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, ma’naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijod- 
kor xodimlarga e’tiborni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan avlodga, 
uning madaniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan 
yondashish vazifalari belgilandi.
Vatanimizning yorug‘ kelajagini belgilaydigan, uning kuch- 
qudratini ta’minlaydigan omillar orasida ta’lim-tarbiya sohasi 
alohida o‘ringa ega. Chunki har bir millatning, xalqning ertangi 
kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bogliqdir. 
Istiqlolimizning ilk yillaridanoq soglom avlod tarbiyasi eng us- 
tuvor vazifa sifatida belgilanib, ushbu masala davlat siyosati da- 
rajasiga ko‘tarildi.
Falsafada qadriyatlar muammosi takror va takror murojaat 
qilib turiladigan azaliy mavzulardan biri sifatida qaraladi. Bu 
mavzu, ayniqsa, tarixda tub burilishlar ro‘y berayotgan, jamiyat 
rivoji bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotgan, ijtimoiy-siyosiy tartib- 
lar, kishilar ko‘nikib qolgan mezonlar o‘zgarib borayotgan davr- 
larda nihoyatda dolzarb muammoga aylanadi. Bunday davrlarda 
jamiyat a’zolarining qadriyatlarga munosabati, ular bilan bogliq 
maqsad va ideallari, qarash va tasawurlari o‘zgarib ketadi. Jami- 
yatda eski tizim va unga asoslangan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy 
mezonlar o‘rniga yangi qadriyatlar tizimiga ehtiyoj tug‘iladi, uni 
shakllantirish zaruratga aylanadi.
XX asr oxirida sobiq ittifoqning barham topishi va 
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shunday davr bosh- 
langanini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa yuqoridagi xulosaning tarixiy 
jarayonlar natijasida isbotlangan hayot haqiqati ekanidan dalolat 
beradi
Istiqlol yillarida xalqimiz hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y 
berdi, davlat va jamiyat qurilishida tub islohotlar amalga oshiril- 
di. Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayot qurish, huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, jahon sivi­
lizatsiyasi andozalariga mos keladigan qadriyatlar tizimini shakl­
lantirish ushbu jarayonning tarkibiy qismiga aylandi.
161


Aynan ana shu davrda mamlakatimizda qadriyatlar va inson 
qadri masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bir-biri bi­
lan uyg‘un va chambarchas aloqador bo‘lgan bunday jarayonlar 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, 
logos — fan, ta’limot ma’nosini anglatadi) falsafaning shu ma- 
salani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblana­
di. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar 
bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz 
shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan parti- 
yaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari ta- 
lablariga javob bera olmay, o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix 
sahifalari bilan birga yopilib ketdi. 0 ‘zbekistonda qadriyatlarga 
e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar to­
monidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiya- 
ning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izla- 
nishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa.
«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi 
Abdulla Qodiriy « 0 ‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday
«Qadriyat d‘zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning 
tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning 
bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bolmaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin