Falsafa asoslari


səhifə66/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   221
Falsafa asoslari

Madaniy meros. 
Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajri- 
ba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq 
madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy 
boyliklar «Madaniy meros» tushunchasida ifodalanadi. Har bir
158


davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masa­
lan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni 
hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan 
yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi 
namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazina- 
sida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassa- 
mlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, 
matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, 
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o‘lmas 
osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproq- 
da qadimdan buyuk madaniyat mavjud bolganidan guvohlik be­
radi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan 
ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namuna- 
si sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas- 
diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni 
tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga 
yetkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshi- 
rilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, 
Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz 
kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad- 
rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas 
qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum 
davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islo- 
miy -qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat 
tili maqomiga ega boldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga 
ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asar­
lari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoq- 
da. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko‘z 
qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol 
yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin