va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigma-
lari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va
dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliy-
lik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat va an’analar, tarixiy
tajribaga asoslangan holda soglom turmush tarzi va qulay sharoit
yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va
farovonlik bilan belgilanadi.
Dizaynning estetik xususiyatlari.
Italyanchada loyiha, rasm
ma’nolarini anglatuvchi disegno so‘zi o‘rta asrlarda inson tabi-
atida mavjud bolgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan.
Ammo, «ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ing-
liz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan
narsalar namunasiga nisbatan qollanilgan. Bunda u aniqroq ifo-
dalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design» sano-
atga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini
anglatuvchi so‘z birikmasini qollaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu ter-
min xalqaro ahamiyatga ega bolib bordi»1.
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional
sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoli-
yati bolsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va
ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoli-
yatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan
dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyiha-
laydi.
Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot
sifatini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy ta-
fakkurning so‘nggi muvaffaqiyatlarini o‘zida gavdalantiradigan,
eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste’molchilik
talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh
bolishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir.
Dizayn bu ijodiy faoliyat bolib, uning maqsadi sanoat mahsu-
lotlari shakli va sifatini belgilab berishdir. Bu xususiyatlar mah-
Yüklə
Dostları ilə paylaş: