avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o‘rin tuta-
di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha
bolgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik
va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga
o‘ziga xos munosabatlari namoyon boladi va bu pirovard natijada
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is-
lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va
barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu-
nar o'rganish bilan bogliq to‘garaklar aholi turmush estetikasiga
ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sha-
roitini yaxshilash, hayotdan rozi bolib yashashiga erishish bu
gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan
Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti
sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib,
shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi
ness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati
shundaki, ushbu ro‘yxatda 0 ‘zbekiston 158 mamlakat orasida
44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida
birinchi o‘rinda qayd etildi»1.
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar-
saga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira-
digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan
muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa-
batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari.
Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bogliq.
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan
narsa va buyumlar yaratish '''a unga bolgan munosabatida aks
etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va
tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratgan-
ligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib
turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: