Fan: Bolalar nutqini o’stirish test savollari 1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog`langan holda nechta vazifani bajaradi va to`g`ri ketma- ketlikni toping.
A. 3ta kommunikativ, bilish, tartibga solish. B.3ta bilish, tartibga solish, kommunikativ.
C. 3ta tartibga solish, bilish, kommunikativ. D.3 ta kommunikativ, tartibga solish,bilish.
2. Og`zaki nutqning qonun va qoidalari tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi?
A. fonetika. B. orfografiya. C. orfoepiya .D. grafika.
3. yaxshiroq so`zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A. 5ta undosh va 3ta unli. B. 4ta unli va 4ta undosh.
C. 3ta undosh va 5ta unli. D. 6 ta undosh va 3 ta unli.
4. Til bilgan - el biladi. Ushbu maqoldagi barcha unli fonemalar qanday xususiyatiga ko`ra birlashtiruvchi belgiga ega?
1) lablarning ishtirokiga ko`ra; 2) og`izning ochilish darajasiga ko`ra; 3) tilning gorizontal holatiga ko`ra.
A. 1, 2 B. 1,3 C. 2, 3 D.1,2,3.
5. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar ishtirok etgan so`zni toping.
A. misol B. lola C. makon. D. ashula.
6. Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan.
A. h, ng B. p, v C. n, y. D. d,t.
7. Portlovchilar guruhiga mansub bo`lmagan jarangli undoshlarni toping.
A.v,h,t,k. B. z,k,s,j. C. v,z,l,y. D. b,m,sh,l.
8. Jarangli jufti bo`lgan til oldi jarangsiz undoshlarini aniqlang.
A. t,s,ch,sh. B. z,j,d. C. t,p, s,m. D. x,h,l,b.
9. Qaysi so`zning yopiq bo`g`ini unli va jarangli undoshdan iborat?
A.yo-qim-li B.qad-ri-yat C. iz-ti-rob D. a-shu-la
10. Faqat mustaqil so`z turkumlari berilgan qatorni toping.
A. ot, sifat, son, ravish. B.ravish, bog`lovchi, ot. C. son, ravish, ko`makchi. D.olmosh,yuklama,sifat.
11. . Juft otlar berilgan qatorni aniqlang.
A. ota –ona,kiyim –kechak,baland –past. B.katta –kichik, oq –qora, yam- yashil.
C.o`g`il –qiz,ota- ona, qo`y –qo`zi. D.uzun-qisqa,yaxshi-yomon,keldi-ketdi.
12. Ko`k… boqma, ko`p… boq. Nuqtalar o`rniga qaysi kelishik qo`shimchasini qo`yish mumkin?
A. jo`nalish kelishigi. B. tushum kelishigi.
C. chiqish kelishigi. D. qaratqich kelishigi.
13. Bir yoshgacha bo`lgan bolada nutqqa tayyorgarlik davri nechta bosqichdan iborat?
A. 2 bosqichdan B. 3 bosqichdan C. 4 bosqichdan D. 1 bosqichdan
14. . –ng tovushiga to`g`ri ta`rif berilgan qatorni toping.
A. til orqa, portlovchi, jarangli. B. til oldi, portlovchi, jarangsiz.
C. lab undoshi, portlovchi, jarangli. D. lab undoshi, sirg`aluvchi,jarangsiz.
15. Davlat tili to`g`risidagi Qonun qachon qabul qilingan?
A. 1993-yil 2-sentabrda. B.1995-yil 24- avgust. C. 1995-yil 21-dekabrda. C. 1989-yil 21-oktabrda.
16. Sinonim (ma`nodosh) so`zlar berilgan qatorni toping.
A. shoh-shox,chopon-cho`pon. B.kasal,bemor,xasta. C. oq-qora, uzoq-yaqin. D. A,B,C javoblar to`g`ri.
17. . Og`zaki nutqning tovush tizimini o`rganuvchi bo`lim nima deb yuritiladi?
A. Grafika. B. Sintaksis. C. Fonetika. D. Orfografiya.
18. Qaysi maqolda antonim sifat berilgan?
A.Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib. B. Bir azobning bir rohati bor.
C. Uying tor bo`lsa ham, ko`ngling keng bo`lsin. D.A va B javoblar to`g`ri.
19. MTTda lug`at ishining vazifalari haqida ma`lumotlar to`g`ri berilgan qatorni toping.
A. Bolalar faol lug`atini ularga notanish yoki qiyin so`zlar hisobiga rejali kengaytirish.
B. Narsa –buyumlarning qismlarini,ranglarini,hajmini farqlashga o`rgatish.
20. Tarbiyachi o`z nutqida mahalliy so`zlarni ishlatmasligi, so`zlarda urg`uni to`g`ri ishlatishi lozimligi to`g`risidagi tarbiyachi nutqiga qo`yiladigan pedagogik talablar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
A. Nutq tovush tomonining to`g`riligi.
B. Adabiy til me`yorlariga muvofiq to`g`ri talaffuz.
C. Tarbiyachi lug`tining boy bo`lishi.
D. Tarbiyachi nutqining jo`shqin,intonatsiyaga boy bo`lishi.
21. .Diksiya deganda nima tushuniladi?
A. Sof,aniq,ravshan nutq, to`g`ri tovush talaffuzi. B.Mazmuniga qarab nutqning tezlashishi yoki sekinlashishi.
C. Urg`uli va urg`usiz bo`g`inlarning teng tarzda navbatlashib turishi (ya`ni ularning quyidagi sifatlari: uzunligi va qisqaligi,ovozni balandlatish va pastlatish).
D.Barcha javoblar to`g`ri.
22. .Urg`uni ko`chirish natijasida yangi ma`no anglatuvchi so`zlar qatorini toping.
A. bola, mehr. B.qo`llar, ko`zlar. C.odam, qadr. D. dala, vazn.
23. .Qaysi qatordagi so`zda ikkita burun undoshi qatnashgan?
A.Musaffo. B.Hosil. C. Nutq. D. Mangu.
24. .Grammatika ikki qismdan iborat…
A.Morfologiya va sintaksis. B. Fonetika va grafika.
C.Orfografiya va orfoepiya. D. Morfemika va leksikologiya.
25. “Bolalar bilan so`zlashish- dialog nutqni shakllantirishning asosiy uslubi” mavzusi javoblarda ko`rsatilgan boblardan qaysi bobda o`rganiladi?
A.Nutqni Grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti.
B.Bolalarni bog`lanishli nutqqa o`rgatish uslubiyoti.
C. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
D.Bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash uslubiyoti
F.I.O ______________________________________________________________________ “__________” guruh