«Ta'limning milliy modeli — O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini yangilangan sog'lom pedagogik tafakkur asosida tub-dan isloh qilish, ta'lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadr-larni intellektual, ma'naviy va axloqiy saviyasiga ko'ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo'yicha belgilangan nazariy-metodologik, amaliy pedagogik yondashuvlar majmuyi.
Ma'lumot berish—bu o'rganilayotgan obyekt (ta'lim-tarbiya jarayoni, ta'lim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatla-ri va xossalari haqidagi ma'lumotlarni ifodalash jarayoni bo'lib, unda obyekt to'g'risida sonli va sifatli ma'lumotlar aks ettirilgan bo'ladi. Ma'lumot berish - bunda nafaqat o'qitish, balki o'ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta'sirida bo'lish bilan birga, inson-ning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tutiladi.