Ishdan maqsad: Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligi, aqliy ishchanlik qobiliyati haqidagi bilimlarni tajribalar tekshirish orqali mustahkamlash.
O’quv jihozlari:1 dan 25 gacha tartibsiz yozilgan raqamlar tablitsasi (10x10) 4 ta, sekundomer, korrektura jadvali.
Nazariy qism: Ixtiyoriy harakat tezligini aniqlash Bolaning asab va muskullar tizimining rivojlanganligi darajasi, qo’l panjasining ixtiyoriy harakatlari tezligi bilan aniqlanadi. Buning uchun har bir o’quvchi oq varaqqa uchta 10x10 o’lchamdagi to’rt burchak chizadi.
“Boshladik” buyrug’i berilganda har bir o’quvchi iloji boricha birinchi to’rt burchak ichiga ko’proq va tezroq nuqtalar qo’yishi kerak. 10 soniyadan so’ng “to’xta” buyrug’i beriladi va ish to’xtatiladi. Bu tajriba uch marotaba takrorlanadi. So’ng har bir to’rtburchak ichidagi nuqtalarni sanab, yoniga yozib qo’yadi va o’rtacha natijani hisoblanadi. Buning uchun natijalar qo’shilib tajribalar soniga bo’linadi. O’rtacha natija jadval bilan solishtiriladi.
Yosh
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
Nuqtalar soni
O’g’il
40
45
52
56
58
60
63
65
67
70
75
80
Qiz
35
38
41
44
47
51
53
55
55
62
66
72
Bajarilgan ishni foizlarda hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.