Farg’ona davlat universiteti Magistratura Bo’limi 1-kurs magistrlari bilan 2021-2022 o’quv yilini boshlanishi va ushbu o’quv yilida bajarailadigan ilmiy-pedagogik ishlar to’g’risida o’tkazilgan tadbir bayonnomasi farg’ona shahar
Farg’ona davlat universiteti Magistratura Bo’limi 1-kurs magistrlari bilan 2021-2022 o’quv yilini boshlanishi va ushbu o’quv yilida bajarailadigan ilmiy-pedagogik ishlar to’g’risida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
Farg’ona shahar 18.10.2021
Qatnashdilar: Farg’ona davlat universiteti Magistratura Bo’limi boshlig’i Q Sulaymonov, Farg’ona Davlat Universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish ”Komplayens nazorati” tizimini boshlig’i U Jalilov va boshqa professor-o’qituvchilar
EShITILDI: Farg’ona davlat universiteti Magistratura Bo’limi boshlig’i Q Sulaymonov, yeg’ilish davomida magistrlar bilan tanishuv o’tkazdi va bugungi kunda Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va aynan Oliy ta’limda amalga oshirilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdi.
Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg‘ayib kelayotgan o‘spirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt ravnaqi yo‘lida ularning faol ishtirokini ta’minlashni bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilamoqda.
Magistratura Bo’limi boshlig’i Q Sulaymonov 2021 yilda Oliy ta'lim tizimida kuzatilinayotgan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
OTMlarda davlat grantlari soni 25 foizga oshirildi.
Xotin-qizlar uchun grantlar soni 2 barobarga oshirilib, 2 mingtaga yetkazildi. A'lo o‘qiyotgan ehtiyojmand qizlar uchun stipendiyalar ta'sis etildi.
Davlat kadrlar tayyorlash bo‘yicha xususiy OTMlarga ham buyurtma bera boshladi.
30 ta OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berildi.