Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi.
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma'lum holatini o’rganadi,
6
A.Navoiy Maxbub ul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. 13tom, - Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. – 192-193-betlar
20
o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma
fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid
tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr
Forobiy, -qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat'iy nazar quyidagi uchta shartga
amal qilish kerak:
-
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
-
ushbu tamoyil va ma'lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya'ni, mulohaza
yuritish qoidalarini bilishi kerak;
-
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni,
shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy, bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon
sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati,
hozircha noma'lum bo’lgan jihatlarini kеlajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning, bilish nazariyasida sabab haqidagi ta'limot alohida
o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi
holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning
mohiyati uning yuzaga kеlish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin,
deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti,
kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta'sirini kuzatish asosida
aniqlagan.
Sharqdagi Uyg’onish davrida (9-11 asrlar) arab, musulmon madaniyatining
Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan
birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha sinkretismos
-
birlashish, yaxlitlik,qo’shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kеlgan.
Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870950
yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu
Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur
bo’ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo
hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida ta'lim usullari,
qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining
21
mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil
shuqullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan
sifatida emas, boshqa fanlarga o’rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida
tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va
tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo’llanilmoqda.
Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, AlKindiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Musliqiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy,
Alisher
Navoiylar
ham
ta'limning
ilmiyligi,
ongliligi,
ko’rgazmaliligi,
tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi,
shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga
olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib
berganlar.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa
sifatida kun tartibiga qo’yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi
ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom
ta'limoti g’oyalariga ko’ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo’lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining
yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni
shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun,
yaxlit ikki yo’nalishi ekanligiga urg’u beradi.
Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi
mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o’zida eng oliy insoniy
fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql ma’nolari tog’risidagi»
risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo’lishi lozim
bo’lgan o’n ikki fazilatni kеltirib o’tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har
bir zamonaviy shaxsda o’z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini
mo’'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda
muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo’lishda deb
hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi.
22
Allomaning fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin
tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo’lish
komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn
Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida
qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini
ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning
muhim ko’rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi
va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida
gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga
ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli,
ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli,
muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana
shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi
kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til
taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o’rni va roliga
alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning
borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas,
balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta'sir
etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini
inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta'minlashda bolalarga jamoa
asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda
bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega.
23
Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga
yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida
o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy
muhitdagi roli va o’rnini bеlgilab beradi.
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga
alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni
anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida
baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda
mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy
sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit
ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan
yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma'lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan
holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va
hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib
ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar
tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib
kеlishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar
ularga qo’shilib borsa, ko’payadi.
Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm aqllilarini hurmatlashi o’sha
iqbolning bеlgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm aqllini hurmat qilishi turli
ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi».
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga
bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm
narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni
idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan
turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin
24
bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga xikmat - donishmanlik
deyildi».
Yusuf xos Hojibning «Qutadqu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari
ta'bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson
kamolotini ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi
tog’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar
tantanasini ta'minlovchi garov bo’lib, uning yordamida xatto osmon sari yo’l
ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-
o’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt
etishga muvaffaq bo’ldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma'rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma'rifat
zulm va bid'atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat
dar anjuman», «Safar dar vatan»g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda
amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda xosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam
bo’ladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim
qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kеlishi, bu yo’lda chidamli,qanoatli,
bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini
ta'kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar
ekan,quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir.
Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni,
harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur,
25
ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi:
«Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur,
yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun
hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz,
g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur»
7
.
Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan
tuyg’udir. Inson o’z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan
ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda
ezgu g’oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo’lib kеlgan.
Chunonchi, Hadisi Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi.
Alisher Navoiy quyidagi misralarda Vatandan ayrilish inson uchun og’ir
judolik ekanligiga urg’u beradi:
G’urbatda harib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo’lish og’ir
judolikkina emas, balki «yuzi qaroliq» ekanligini Zaqiriddin Muhammad Bobur
quyidagicha ifodalagan edi:
Tole yo’qi jonimga baloliq bo’ldi,
Har ishniki, ayladim - xatoliq bo’ldi.
O’z yerni qo’yib hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo’ldi.
Abdulla Avloniy o’z asarlarida «Vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning
ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha
qayd etadi: «Har bir kishining tug’ulub o’sgan shahar va mamlakatini shul
kishining vatani deyilur. har kim tug’ilgan, o’sqon yerini jonidan ortiq suyar. xatto
bu vatan hissi – tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan -
7
A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992. 22-23-betlar
26
uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...Biz turkustonliklar va
vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik,
issiq cho’llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini
boshqa yerlardan ziyod suyarlar.
Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab
xijrat qilur edi»
8
.
Dostları ilə paylaş: |