Fe’llardagi zamon va shaxs-son kategoriyalari reja



Yüklə 39,89 Kb.
səhifə4/4
tarix13.04.2023
ölçüsü39,89 Kb.
#125262
1   2   3   4
FE’LLARDAGI ZAMON VA SHAXS-SON KATEGORIYALARI

O`tgan zamon maqsad fe’li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O`tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo`shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

I

o`qimoqchi edim, o`qiydigan edim,

-moqchi+edi, -digan+edi

-m


o`qimoqchi edik, o`qiydigan edik,

-moqchi+edi, -digan+edi

-k


II

o`qimoqchi eding, o`qiydigan eding,

-moqchi+edi, -digan+edi

-ng


o`qimoqchi edingiz, o`qiydigan edingiz,

-moqchi+edi, -digan+edi

-ngiz


III

o`qimoqchi edi, o`qiydigan edi,

-moqchi+edi, -digan+edi

-


o`qimoqchi edilar, o`qiydigan edilar,

-moqchi+edi, -digan+edi

(-lar)


2. Hozirgi zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi:

Shaxs


Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

SHaxs-son qo`shim-chasi

I shaxs

o`qiyman, boraman

-y,
-a

-man

o`qiymiz, boramiz

-y,
-a

-k

II shaxs

o`qiysan, borasan

-y,
-a

-san

o`qiysiz, borasiz

-y,
-a

-ngiz

III shaxs

o`qiydi, boradi

-y,
-a

-di

o`qiydilar, boradilar

-y,
-a

-di(-lar)



Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shim-cha

I

o`qiyapman, o`qimoqdaman, o`qiyotibman

-yap,
-moqda,
-yotib

-man


o`qiyapmiz, o`qimoqdamiz, o`qiyotibmiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-miz


II

o`qiyapsan, o`qimoqdasan, o`qiyotibsan

-yap,
-moqda,
-yotib

-san


o`qiyapsiz, o`qimoqdasiz, o`qiyotibsiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-siz


III

o`qiyapti, o`qimoqda, o`qiyotibdi

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti
-
-di

o`qiyaptilar, o`qimoqdalar, o`qiyotibdilar

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti(-lar)
-
-di(-lar)

SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o`qib yotibman, o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi.




3. Kelasi zamon

Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.


Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

I

o`qirman, borarman

-r,
-ar

-man

o`qirmiz, borarmiz

-r,
-ar

-miz

II

o`qirsan, borarsan

-r,
-ar

-san

o`qirsiz, borarsiz

-r,
-ar

-siz

III

o`qir, borar

-r,
-ar

-

o`qirlar, borarlar

-r,
-ar

(-lar)



Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimcha

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

o`shimcha

I

o`qimoqchiman, o`qiydiganman

-moqchi,
-digan

-man

o`qimoqchimiz, o`qiydiganmiz

-moqchi,
-digan

-miz

II

o`qimoqchisan, o`qiydigansan

-moqchi,
-digan

-san

o`qimoqchisiz, o`qiydigansiz

-moqchi,
-digan

-siz

III

o`qimoqchi, o`qiydigan

-moqchi,
-digan

-

o`qimoqchilar, o`qiydiganlar

-moqchi,
-digan

(-lar)

Asosiy darsliklar va oquv qollanmalari
1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili
(darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil.
2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (oquv qollanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil.


Qo`shimcha adabiyotlar

1. Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 682.


2. Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet.
3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 42-bet.
Yüklə 39,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin