Fe’lning sifadosh shakli haqida Fe’llardagi ravishdosh shakli Harakat nomi shakli haqida



Yüklə 133,92 Kb.
səhifə1/5
tarix13.04.2023
ölçüsü133,92 Kb.
#125261
  1   2   3   4   5
Fe’lning vazifaviy shakllari


Fe’lning vazifaviy shakllari
REJA:

  1. Fe’lning sifadosh shakli haqida

  2. Fe’llardagi ravishdosh shakli

  3. Harakat nomi shakli haqida

Fe'lning vazifadosh shakllari deganda fe'lning gapda ma'lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushuniladi. Fe'lning vazifadosh shakllari 3 xil:



    • Fe'lning vazifadosh shakllari deganda fe'lning gapda ma'lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushuniladi. Fe'lning vazifadosh shakllari 3 xil:

  • Sifatdosh.

  • Ravishdosh.

  • Harakat nomi.

  • Bu shakllarning mavjudligi uchun fe'llar gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi bo’lib kela oladi.

Sifatdosh
Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi.

  • Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi.

  • Sifatdosh fe'lning sifatga yaqin shakli bo’lib, xuddi sifatlar kabi otga bog’lanadi va uning belgisini aniqlab keladi.

  • Sifatdoshlar quyidagi qo’shimchalar yordamida hosil - qilinadi:gan (-kan, -qan) . O’qigan bola, cho’kkan kema, oqqan daryo. -digan, -yotgan. keladigan mehmon, yugurayotgan kishi.

  • -r, -ar (bo’lishsizi -mas). qaytar dunyo, uchar уigit, so’nmas hayot.

  • -ajak. Bo’lajak kuyov, qurilajak bino. -asi. kelasi киn, kelasi zamon.

  • -vchi, -uvchi. azon aytuvchi, kechira oluvchi.

Tarixiy asarlarda sifatdoshning -mish (kelmish mehmon), -g’lik (yasatig’lik uy, chirog’i yoqig’lik xonadon), -rlik (qorin to’ydirarlik bir kasb) kabi affikslar bilan yasalgan shakllari ham uchraydi.

    • Sifatdoshlar ham barcha fe'llar singari o’timli-o’timsiz, bo’lishli- bo’lishsiz va zamon ma'nosini ifodalash xususiyatiga ega: rasm chizgan qiz -o’timli, rasm chizilgan daftar - o’timsiz, o’qigan - bo’lishli, o’qimagan – bo’lishsiz, kelgan – o’tgan zarnon, kelayotgan - hozirgi zamon, bo’lajak - kelasi zamon.

    • Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umumiy inazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi: Topshiriqni birinchi bajargan (bajaradigan) o’quvchini taqdirlayman. Buning ustiga, mamlakatning har yeridan sen tanimagan (tanimaydigan) odamlardan har xil xatlar, g’alati-g’alati sovg’a kelib turadi (A.Qahhor).
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin