axuir bizzi bir pirivuz bogan (Toshkent) va hokazo.
so‗z shaklida qo‗llanish hollari qayd qilinadi. Bu Qorabuloq shevasida
37
II. O„zbek shevalarining leksik xususiyatlari
O‗zbek shevalarining fonetik va leksik xususiyatlari bilan birga leksik
xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevalarni adabiy tildan va ayni
paytda ularni o‗zaro bir-biridan farqlaydi.
38
Ma‘lumki, o‗zbek shevalari leksik tarkibida umumxalq tiliga xos
bo‗lgan umumiy qatlam va shu bilan birgalikda shevaga xos bo‗lgan leksik
qatlam ham mavjudki, u har bir tilning o‗ziga xos boyligi hisoblanadi.
O‗zbek tilida adabiy til uchun ham, sheva uchun ham umumiy bo‗lgan,
so‗zlar mavjud va ular o‗zbek tili leksik tarkibining asosiy qismini tashkil
etadi. Masalan, tabiat hosisalari(chaqmoq, qor, yomg‘ir, shamol);
mavjudotlar (suv, daryo, daraxt, tog‘, tosh); holat-harakat (yurmoq, uxlamoq,
ichmoq)ni va shu kabilarni ifodalovchi so‗zlar kiradi. Shu bilan birgalikda
shunday so‗zlar mavjudki, ular adabiy til bilan umuman mos kelmaydi.
Yoki bir hudud doirasidagi so‗zni boshqa hududda yashovchi aholi
tushunmaydi. Masalan, Xorazm shevasida ishlatiluvchi gavvora so‗zi bir
qaraganda tushunarsiz. Bu so‗z adabiy tilda beshik degan ma‘noni
anglatadi. O‗zbek xalq shevalarida o‗zbek adabiy tilida bo‗lmagan yoki
shunday tushuncha anglatadigan boshqa so‗z orqali ifodalanadi.
O‗zbek shevalarida yana shunday so‗zlar ham uchraydiki, bunday
so‗zlar shakl jihatidan o‗xshash bo‗lishlariga qaramay, shevalararo boshqa-
boshqa-boshqa ma‘nolarda ishlatiladi. Masalan, shoti so‗zi Toshkentda
aravaning bir qismi ma‘nosida kelsa, Farg‘onada esa narvon ma‘nosida
ishlatiladi. Buvi so‗zi Toshkentda ota yoki onaning onasi; Farg‘onada esa
ona ma‘nosida. Rasmdagi pashsha va chivinlarga diqqatingizni qarating.
Qiziq, aslida qay biri pashsha-yu, qay biri chivin?
Bunday so‗zlarni to‗plash va o‗rganish sheva xususiyatlarini qayd
etish uchun, hozirgi zamon o‗zbek tilini boyitish uchun ham muhimdir.
39
Badiiy adabiyotda shevalar bahsi bo‗yicha bolalar uchun turli qiziqarli
she‘rlar yozishgan. Bundan hozirda o‗quvchilar zehnini o‗tkirlash uchun
ham ishlatmoqdalar, desak adashmagan bo‗lamiz:
Buxoroda inak derlar,
Qipchoq elda uydir oti.
Doim suyib go‗shtin yerlar,
Sut beradi har bir zoti.
Xashak ushlab unga choping,
Nimadir u, qani, toping.
Bibijonlar nabirasin
Atrofida ovoradir.
Bola uchun bebaho taxt
Milliy buyum gavoradir.
Bola yig‘lar, qani, chopping,
Bu nimadir, tezda toping. (U. Qo‗ldasheva)
Yoki A. Abdumalikovning
Andijonlik ―shoti‖ desa,
Toshkentliklar ―Narvon‖ deydi.
Xonim yoki o‗ramani
Yana kimdir ― huvnon‖, deydi.
Qo‗qonliklar: ―Kanalga yur,
Hopitamiz, chop-chop‖,- deydi.
Xorazmlik kulib: ―Qurg‘ur,
Kanal emas, bu- yop‖,-deydi.
Bolalarim, qani o‗ylang,
Qaysi biri to‗g‘ri? So‗ylang.
she‘rlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: