qismini (sintagmani) alohida ta‘kidlash, ajratish uchun qo‗llangan urg‗u.
Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu
mezonlar sintagmaning grammatik - semantik jihatdan yaxlit bir butun kons-
truksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg‗usi fraza (gap) ichidagi
uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan
fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha taxlilida ko‗rib chiqaylik: "Iktisodiy
va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda
yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib
berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal
rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‗onish
g‗oyasini ro‗yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning
eng muhim vazifalaridan biri bo‗lib qoladi". (Prezident I. Karimovning 1995 yil
fevral oyidagi O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi
Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1." Iktisodiy va
30
yashayotgan barcha fukarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib
berishdan iboratdir". 2."Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal
rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorifni yuksaptirish, milliy uyg‗onish
g‗oyasini ro‗yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning
eng muhim vazifalaridan biri bo‗lib qoladi". Har bir gap nutqning fonetik
bo‗linishida bir frazaga teng bo‗lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada
ikkita fraza borligi ma‘lum bo‗ladi. Frazalar, ma‘lumki, katta pauzalar bilan bir-
biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan
biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo‗linadi. Demak, sintagmalar
frazaning kichikroq (kisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir.
Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor: a)
"Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi"; b)
"yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini
tashkil qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg‗u
(sintagma urg‗usi) bilan yakunlangan bo‗lib, uning fonetik tabiati quyidagi
belgilarga ega: sintagma oxiridagi "maqsadi" so‗zining so‗nggi bo‗g‗ini ochiq
bo‗lib, bu bo‗g‗indagi "i" unlisi cho‗ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg‗u),
tovush toni ko‗tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu
hol shu sintagmaning ma‘nosini alohida ta‘kidlash imkonini bergan. Sintagma
urg‗usidan so‗ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan
ajratish vazifasini bajargan. Sintagma urg‗usining o‗rni kuzatilgan maqsad va nutq
situatsiyasiga qarab o‗zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning
grammatik jihatlariga ham ta‘sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor - Dilbarning
onasi. (Bu shifokor - ega sostavi; Dilbarning onasi - kesim sostavi). Bu - shifokor
Dilbarning onasi, (Bu-ega, shifokor Dilbarning onasi - kesim sostavi).
Dostları ilə paylaş: