I. «Fonema» atamasi va tushunchasiga chuqur asos solgan olim I. A. Boduen
de Kurtenedir. Hozirgi zamon tilshunosligida mavjud bo‗lgan fonologiya
nazariyalari ham (ular bizning hisobimizda 14ta) zabardast olim Boduenning
yaratgan poydevoriga suyanadi.
I.A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlarini quyidagicha
umumlashtirish mumkin:
1. I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga oid dastlabki qarashlarida
tovushlarning o‗zaro aloqalari va munosabatlari birinchi o‗ringa qo‗yilgan.
2. XIX asrning 90 - yillaridan boshlab olim fonemaga nutq materialida
bevosita kuzatib bo‗lmaydigan hodisa sifatida qarab, uni psixologik jarayon
mahsuli sifatida baholaydi.
3. I.A. Boduen de Kurtenening fikricha, tilning sistema sifatida o‗rganilishi
qiyosiy-tarixiy metodga emas, statik (tavsifiy) metodga asoslanishi kerak.
1
4. I.A. Boduen de Kurtene jonli tillarni va tovushlar fiziologiyasini o‗rganish
jarayonida nutq tovushlarining ikki xil belgisi – ma‘noni farqlaydigan va ma‘noni
farqlamaydigan belgilari borligini aniqlagan. Keyinroq bu belgilar fonologiyada
differensial va integral belgilar nomini olgan.
5. I.A. Boduen de Kurtenening fonema tushunchasini kashf etishi,
fonemadagi konstitutiv (farqlovchi) belgilarni aniqlashi tilshunoslikda buyuk
kashfiyotlar bo‗ldi. Unda olimning fonemaga oid quyidagi qarashlari o‗z ifodasini
topgan:
a) fonema – mavhum hodisa, ilmiy abstraksiya mahsuli;
b) fonema til sistemasi tarkibida relyatsion qiymatga ega, shunga ko‗ra u
tilning strukturaviy elementi deb qaralishi kerak;
v) fonemalar morfemalar bilan bog‗lab qaralishi lozim, chunki ular jonli til
elementlari, masalan, semasiologik va morfologik darajadagi birliklar –
1
Амирова Т.А., Ольховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. 1975. С. 483.
53
morfemalar tarkibidagina lisoniy qiymatga ega bo‗ladi va lisoniy birlik deb
qaraladi;
g) fonema morfemaning harakatchan komponenti va ma‘lum morfologik
kategoriya belgisi sifatida fonologiya bilan morfologiya o‗rtasidagi bog‗lovchi
zveno sanaladi. I.A. Boduen de Kurtenening bu fikri uning til sistemasidagi quyi
(fonologik) va yuqori (morfologik) bosqichlar o‗rtasida aloqa borligiga, bunday
aloqalar mexanizmini aniqlashga jiddiy e‘tibor berganligini ko‗rsatadi. Ayni shu
qarashlar keyinchalik tilshunoslikda fonologiya bilan morfologiya o‗rtasida yana
bir bosqich - morfonologiya bor degan g‗oyaning yuzaga kelishiga asos bo‗lgan.
6. I.A. Boduen de Kurtenening ilg‗or g‗oyalari uning shogirdlari G.Ulashin,
T. Benni, V. Doroshevskiy, Ye.D. Polivanov, L.V. Shcherba ishlarida yanada
ko‗proq rivojlantirildi va fonologiya ilmining hozirgi darajaga erishuvida muhim
omil bo‗lib xizmat qilib kelmoqda.
1
Dostları ilə paylaş: |