barchasiga tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan universal dixotomik tasnif prinsiplarini
ishlab chiqish g‗oyasiga asoslanadi. Bunday tasnif usuli dastlab P.O. Yakobson,
63
G.M. Fant va M. Xalle tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, unda tovushlarning
akustik va artikulyatsion jihatlariga asoslangan 12 nafar differensial (farqlanuvchi)
belgisi borligi aniqlanadi, shu belgilar asosida zidlanishning quyidagi turlari
yuzaga kelishi mumkinligi qayd etiladi:
1
1) unli – unli emas (akustik jihati: aniq ifodalangan formant strukturasining
borligi yoki yo‗qligi;
artikulyatsion jihati: havo oqimining ovoz yo‗lidan o‗tishida
un paychalarining tebranishi);
2) undosh – undosh emas (akustik jihati: energiyaning past yoki baland
darajada bo‗lishi; artikulyatsiya jihati: og‗iz bo‗shlig‗ida to‗siqning borligi yoki
yo‗qligi);
3) kompakt - diffuz;
4) kuchli -kuchli emas;
5) jarangli - jarangli emas;
6) burun - og‗iz (yoki: nazallashgan - nazallashmagan);
7) bo‗lingan - bo‗linmagan;
8) keskin - keskin emas;
9) glottal - glottal emas;
10) past tonallik - yuqori tonallik;
11) bemol tonallik - oddiy tonallik (mac., rus tili undoshlarining lablangan
unlilar oldida qo‗llanishi)
12) diez - oddiy tonallik (mas., rus tilining t‘ va t, k‘ va k undoshlari) kabi.
Fonemalarning farqlanish belgilari barcha tillar uchun umumiy bo‗lgan bu
dixotomik tasnifni A.M. Shcherbak turkiy tillarga, prof. A. Abduazizov esa o‗zbek
tiliga ham tatbiq etishgan.
Dostları ilə paylaş: