Birinchi modelda ikki (yoki bir necha) element bir xil qurshovda o‗zaro
zidlanish munosabatida bo‗lib, ma‘nolarni farqlash imkonini beradi. Buni o‗zbek
tili materiali misolida quyidagicha izoxlash mumkin: oxir va og‗ir so‗zlari
o‗rtasidagi "x" va "g‗" tovushlari ikki unli orasida ( bir xil qurshovda) "jarangsiz va
jarangli undoshlar zidlanishini xosil qilib, shu so‗zlarning ma‘nolarini
farqlamoqda, demak, ularni ("x" va "g" undoshlarini) yuqoridagi "birinchi model"
elementlari deb hisoblash mumkin.
Ikkinchi modelda tovushlar ko‗shimcha distributsiya munosabatida bo‗lib,
ulardan biri o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi. Mac., ko‗l (kөl) so‗zidagi sayoz
til orqa "k" undoshidan so‗ng qo‗llangan old qator "ө" unlisini qo‗l (qol) so‗zidagi
"q" undoshidan so‗ng qo‗llab bo‗lmaydi, shunga ko‗ra qo‗shimcha distributsiya
munosabatida bo‗lgan " ө " va "o" tovushlari bir fonemaning variantlari
(allofonlari) sanaladi, fonemaning o‗zi esa deskriptiv tilщunoslikda allofonlar sinfi
(klass allofonov) deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: |