Fotosintyez ekologiyasi


Fotosintez va o’simliklarning umumiy hosildorligi



Yüklə 68 Kb.
səhifə4/4
tarix10.12.2023
ölçüsü68 Kb.
#139036
1   2   3   4
Fotosintez ekologiyasi

4. Fotosintez va o’simliklarning umumiy hosildorligi
Ertalab kuyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. Kunning o’rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki yorurlikning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo’ladi. Eng Yuqorii fotosintez kunning o’rta qismida (soat 12-14 larda) sodir bo’ladi. Kechga tomon yana fotosintez jadalligi pasayib boradi, bu ham yorug`likning va xaroratning o’zgarishi asosida sodir bo’ladi. Fotosintezning bu turi bir chuqqili (yoki bir maksimumli) deyiladi. Bir cho’qqili fotosintez ko’p o’simliklarda va ayniqsa, o’rta iqlim sharoitlarida sodir bo’ladi.
Fotosintezning ikkinchi turi ikki cho’qqili (maksimumli) deyila­di. Fotosintezning bu turi juda issiq, sharoitda yashaydigan o’simlik­larda sodir bo’ladi. Masalan, buni Uzbekistan sharoitida yoz kunlarida kuzatish mumkin. Ertalab yorurlikning boshlanishi bilan fotosintez jarayoni ham boshlanib, soat 10-11 larda eng Yuqorii jadallikka zrishadi. Chunki bu vaqtlarda o’simliklar eng kulay yorug`lik, xarorat va suv bilan ta‘minlangan bo’lib, ogizchalar ochik, va SO2 ning yutilishi ham jadallashgan bo’ladi. Kunning o’rta qismlarida (ayniqsa, soat 13-14 larda) fotosintez sekinlashgan yoki tuxtagan bo’lishi mumkin. Chunki kunning urta qismiga yaqinlashganda harorat maksimalga yaqinlashgan yoki undan oshgan bo’lishi mumkin. Bundam tashqari suvning kam bo’lishi sababli (kamchilligining ko’tarilishi) og`izchalarning yopilishi va S02 ning yutilishi kamayadi. Bunday kunning urta qismida Fotosintezning sekinlashishi yoki tuxtab kolishiga fotosintez depresiyasi deyiladi. Kunning ikkinchi yarmida fotosintez yana jadallashib, Yuqorii nuktaga ko’tarila boshlaydi va kechga tomon yana pasaya boradi.
FOTOSINTYeZ VA HOSILDORLIK Fotosintez jarayonida o’simliklarda organik modda hosil bo’ladi va to’plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya‘ni fotosintez jarayonida Hosil bulayotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgan organik modda nisbatiga bogliq bo’ladi:
Fotosintez jaraenida hosil bo’lgan va to’plagan organik modtsa ikki guruxga bo’linadi: 1) biologik (U -bishg); 2) xujalik (U-o’j).
O’simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo’lgan quruq modda­ning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning xujalik maksadlariga ishlatiladigan k,ismi (donlari, urug`lari, il-diz mevalari va boshqalar) xujalik hosili deyiladi.
Xo’jalik hosilning miqdori xar xil o’simliklarda turlicha bo’ladi va bu koeffitsient (Kxuj) bilan ifodalanadi:
Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuk.ori hosildorlik darajasiga erishish mumkin: 1) ekinzorlarda barg sathini ko’paytirish; 2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish; 3) fotosintezningjadalligini va maxruldorligini oshirish; 4) fotosin­tez jaraenida sintezlangan organik moddalarning harakatini va o’simlik azolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar.
Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (ugitlash, sugorish, yerga ishlov berish, zararkunandalarga karshi kurashish va xrkazolar) o’z vaqtida sifatli o’tkazilishi zarur.
Yashil o’simliklarda yorug’lik energiyasi ishtirokida organik moddalar hosil bo’lishi va molekulyar kislorod ajralib chiқishini ifodalovchi sxematik tenglamani ko’rsatgan edik:
6SO2, + 12N2O----------S6 N12O6 + 6N2O +6O2
Bu tenglama oddiy kimyoviy reaktsiya tenglamasi bo’lmay, balki minglab reaktsiyalar yirindisini ifodalovchi xarakterga ega. Barcha reaktsiyalar yirindisi asosan ikkita bosқichni uz ichiga oladi: 1) yorurlikda boradigan reaktsiyalar; 2) yorug’lik shart bulmagan, ya‘ni қorongilikda boradigan reaktsiyalar.
Yorug’likda boradigan reaktsiyalar. Fotosintezning birinchi bosk,ichidagi reaktsiyalar fakat yorurlik ishtirokida boradi. Bu jarayon xlorofill "a"ning boshq.a yordamchi pig-mentlar ishtirokida (xlorofill "b", karotin o idl ar, fikobilinlar) yorurlik yutishi va o’zlashtirishidan boshlanadi. Natijada suv yorurlik energiyasi ta‘sirida parchalanib, molekulyar kislorod ajralib chikadi, NADF.N2 (digidronikotinamid - adenin - dinukleotid fosfat) va ATF (adenozintrifosfat) hosil bo’ladi.
Yorug’lik enyergiyasi. Yorug’lik energiyasi elektromagnit tebra-nish xususiyatiga ega. U fakat kvantlar yoki fotonlar xrlida ajraladi va tarkaladi. har bir kvant yorurlik ma‘lum darajada energiya manbasiga ega. Bu energiya miqdori asosan yorug’likning tulkin uzunligiga bog’liқ bo’lib, kuyidagi formula bilan aniklanadi: E=hc
bu yerda, Ye-kvant energiyasi, djoul (kDJ) hisobida, h-yorurlik konstantasi, doimiy son 6, 26196. 10-34 Dj/s-tulkin uzunligi, S-yorurlik tezligi 3. 1010 sm/s.
Kuyosh yorug’ligining kuzga kurinadigan va fotosintetik faol қismi-dagi (400-750 nm) nurlarda xar bir kvantning energiyasi turlicha bo’ladi. Masalan, tulk.in uzunligi 400 nm.ga teng bo’lgan spektrning bir kvantining energiyasi 299, 36 kDJ ga teng, shu asosda 500 nm-239, 48 kDJ, 600 nm-199, 71 kDJ, 700 nm-170, 82 kDJ va hokazo. Ya‘ni tulkin uzunligi қisқa bo’lgan yorurlikning energiyasi ko’proқ. va uzunlariniki aksincha oz. Shuning uchun x.am қisқa ultrabinafsha nurlar (tulkin uzun­ligi 300 nm.dan қisқa) Yerdagi tirik organizshtarga zararli ta‘sir қilishi mumkin. Chunki ularning energiyasi kugt. Tulkin uzunligi 300-400 nm.ga teng nurlar asosan o’sish va rivojlanishni boshqarishda ishtirok etadi. Bu nurlar ta‘sirida xujayralarning bulinib ko’payishi va o’simlik-ning rivojlanish jarayoni tezlashadi.Tulkin uzunligi 400-700 nm.gacha bo’lgan nurlar fotosintezda ishtirok etadilar, chunki bu spektrlarning energiya darajasi fotosintetik reaktsiyalarni yuzaga keltiradi. Tulkin uzunligi 750 nm va undan uzun nurlarning energiyasi juda kamligi sababli ular fotosintezda ishlatilmaydi.


Xulosa
Er yuzida tirik va jonsiz mavjudotlar o'rtasida bog'lanishni yaratgan boshqa muhim jarayon yo'q. tabiat yashil o'simliklarning fotosintezidir. Fotosintetik o'simlik organizmlari yashil pigmentlar ishtirokida xlorofillar cheksiz kosmik ushlaydi quyosh nurlarining yorug'lik energiyasi, erning noorganik birikmalarini assimilyatsiya qilish kelib chiqishi, ularda kimyoviy bog'larda saqlanadigan organik moddalarni yaratadi yorug'likning elektromagnit energiyasi, o'zini va Yerdagi barcha hayotni quvvatlantiradi. Holda Mubolag'asiz aytishimiz mumkinki, fotosintez doimiy harakat mashinasi va saqlovchidir Yerdagi hayot. Bundan tashqari, fotosintez biosferada muhitni hosil qiluvchi omil rolini o'ynaydi
Yer, atmosferaning gaz gomeostazini ta'minlaydigan, karbonat angidridni o'zlashtiradigan mahsulot barcha tirik organizmlarning nafas olishi - va aerob nafas olish uchun zarur bo'lgan kislorodni chiqaradi tirik organizmlar. U ishlab chiqaradigan kislorod ozon qalqoni ham qo'llab-quvvatlaydi, barcha tirik mavjudotlarni ultrabinafsha nurlarining halokatli ta'siridan himoya qilish. Oxirgi narsa okeandan yer yuzasiga hayot paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T.1995 y.
4. Xujaev J. X O’simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
7. www.ziyonet.uz
Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin