Fuqoroli huquqi



Yüklə 99,9 Kb.
tarix11.02.2023
ölçüsü99,9 Kb.
#123286
FUQOROLI HUQUQI


FUQOROLI HUQUQI
Fuqarolik huquqi - huquq ajiralmas qismi hisoblanadi ; yuridik jihatdan teng boʻlgan subʼyektlar oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi huquq normalari yigʻindisidan iborat. Fuqarolik huquqi oʻzining predmeti hisoblangan mulkiy va shaxsiy munosabatlarni tartibga solishda ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxilsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga bironbir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar jumlasiga mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq munosabatlar va shahrik. kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda Fuqarolik h uquqi

XX asr muqaddam vujudga kelgan, Rim quldorlik davlatining fuqarolik 
xususiy huquqi tarixini o'rganish O'zbekiston yuristlari uchun dolzarb masalalardan 
biridir. O'zbekiston Respublikasi insonparvar, mustaqil, suveren, huquqiy davlat 
sifatida fuqarolik jamiyatini qurar ekan, u o'zining iqtisodiy siyosiy, ijtimoiy va 
huquqiy munosabatlari orqali jahondagi barcha davlatlar bilan shartnomalar tuzish, 
ularni bajarishlik munosabatlarini olib bormoqda va barcha davlatlar tomonidan 
deyure sifatida tan olingan. 
 
O'zbekiston yuristlari jahon madaniyatining huquqiy yodgorligi sifatida o'z 
o'rnini qoldirgan Rim huquqini o'rganmasdan, uning ildizlariga yetmasdan, burjua 
huquqini to'liq anglab olishlik nihoyatda murakkab ekanligini juda yaxshi tushunib 

yetadi. 1804 yilgi Napoleon Fuqarolik Kodeksidan boshlab, 1900 yilgi Germaniya 


Fuqarolik tuzuklari majmuasi (ulojeniyelari)va boshqa Yevropa, Osiyo va Afrika 
mamlakatlarining fuqarolik va savdo kodekslari Rim fuqarolik xususiy huquqining 
normalariga asoslanib qabul qilingan, chunki ularning eng asosiy maqsadi, xususiy 
mulkni «muqaddaslashtirish»dir. Shu bilan birga iqtisodda hukmron bo'lgan sinf 
vakillarining erki, irodasi va manfaatlarini qonun darajasiga ko'tarib, uni 
mustahkamlashdan iboratdir. 




Yüklə 99,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin